Devxona platosi — Qashqadaryo viloyatining janubi-gʻarbidagi plato. Sharq va shimoli-sharqda Qarshi choʻliga tutashgan. Mutlaq balandligi janubida 340-354 m dan shimolida 226-230 m gacha. Doʻng qum (bal. 1—2,5 m), marzali kum shakllari (2-5 m) mavjud. Qumli yerlarda uz. 400 m dan 500 m gacha, eni 170 m dan 1000 m gacha boʻlgan berk botiqlar bor. Ular asosan shamol taʼsirida vujudga kelgan, baʼzilarining tubi shoʻrxokdan iborat.

Devxona platosi zamini neogen (oqchagʻil yarusi) davrining qumtosh, gil, qumlardan tashkil toptan, ular ustida toʻrtlamchi davrning qalinligi 10-15 m li qum va qumoklari bor. Doʻng qumlarda juzgʻun, cherkez, singren, shuvoq, qizboltir, yantoq, efemerlar tarqalgan. Qorakoʻl qoʻylari uchun yil boʻyi yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. „Devxona platosi“ OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil