Dializ (grekcha: „dialysis“ — ajratish) — kolloid sistemalar va yuqori molekulali birikmalarning eritmalari tarkibidagi kuyi molekulali moddalarni yarimoʻtkazgich membranalar (kichik molekula va ionlarni oʻtkazib, kolloid zarrachalar hamda ionlarni va makromolekulalarni ushlab qoladigan pardalar) yordamida yoʻqotish. Diffuziya qonunlariga asoslangan. Dializatorlarda olib boriladi. Oddiy dializator distillangan suv saqlanadigan idish (3) va suvga botib turadigan shisha silindr (1) dan iborat. Shisha silindrning ogʻzi ochiq boʻlib, tubi parda — membrana (2) bilan toʻsilgan. Silindrga tozalanadigan kolloid eritma quyiladi. Idishdagi suv silindr devorlarini yuvib, muttasil oqib turadi. Kolloid eritmaning ion va molekulalari silindr tagidagi pardadan oʻtib, suvning ion va molekulalari bilan almashinadi. Bu jarayon juda sekin oʻtadi. Ionlarning diffuziyalanish jarayonini elektr maydon taʼsirida tezlashtirish mumkin. Elektr dializator dializlanadigan sistemalarni elektrolitlardan tozalashni bir necha oʻn marta tezlatadi. Dializ sanoatda turli moddalarni tozalashda ishlatiladi. Masalan, sunʼiy tolalar i.ch.da (gemitsellyulozadan ishkrrni ajratish), jelatinani tozalashda, shuningdek, farmatsevtik preparatlar tayyorlashda qoʻllanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil