Diaspora (yunoncha: diaspora — tarqalish) — oʻz vatanidan tashqarida yashovchi etnik guruhlarga aytiladi. Bunda nazarda tutilayotgan etnik guruh ma'lum bir ijtimoiy ,siyosiy , iqtisodiy hamda tarixiy zarurat sabab o'z vatanidan tashqarida yashashiga tog'ri kelgan bazan esa majbur boʻlgan bo'ladi.Undan tashqari diaspora deganda juda uzoq vaqt davomida qabila, millat yoki e'tiqod a'zolarining o'z vatanidan ajralib, boshqa joylarda ozchilik bo'lib yashashlari ham tushuniladi.

Zamonaviy dunyoda tez o'zgaruvchan iqtisodiy tuzilmalarga moslasha olmagan va sanoatlashtirish bilan ijtimoiy harakatchanlikning kuchayishi ularni iqtisodiy sabablarga ko'ra uylarini tark etishga va hayotning yuqori sifatini ta'minlash uchun boshqa mamlakatlarga ko'chib o'tishga olib keldi.[1]

Tarixi

tahrir

Dastlab diaspora atamasi Falastindan tashqarida tarqalgan yahudiylar (Bobil asirligi davridan, mil. av. 6-asr) majmuiga nisbatan qoʻllangan bo'lib, milodning boshlarida Rim saltanatida yashovchi 60 mln. aholining 10% ni yahudiylar tashkil etgan. Rim davlat organlarida diasporalar baʼzi maxsus xuquqlarga ega boʻlishgan: yahudiy jamoalari faqat imperator dekreti asosidagina tugatilishi mumkin boʻlgan, harbiy majburiyatni oʻtashdan va Rimdagi diniy marosimlarda qatnashishdan ozod qilingan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir
  1. „The Diaspora: Origin and Meaning“.