Dijon
Dijon — Fransiya shim.dagi shahar. Kot-d’Or departamentining maʼmuriy markazi. Oʻrta asrlarda Burgundiya tarixiy viloyatining bosh shahri va iqtisodiy markazi boʻlgan. Aholisi 153,8 ming kishi (1999, shahar atrofi bilan 200 ming kishi). Transport yoʻllari tuguni. Burgundiya kanali sohilidagi port. Mashinasozlik, kimyo, poyabzal, oziqovqat sanoati korxo-nalari bor. D.da mashhur Burgundiya vinosi tayyorlanadi. Aholi gulchilik bilan ham shugʻullanadi. Un-t (1722), badiiy muzeylar bor. 10—18-asrlarga oid koʻplab meʼmoriy yodgorliklar: Sen-Benin sobori, Sen-Filiber roman cherkovi, Notrdam gotika cherkovi, Burgundiya gersoglari saroyi va b. saqlangan. Shahar sifatida 1183 y.dan maʼ-lum.[1]
Dijon | |
---|---|
Kommuna | |
47°19′0″N 5°1′0″E / 47.31667°N 5.01667°E | |
Mamlakat | Fransiya |
Mintaqa | Burgundiya |
Departament | Côte-d'Or |
Fransiya tumanlari|Arrondissement | Arrondissement Dijon|Dijon |
Hukumat | |
Maydon | 404 km2 (156 kv mi) |
Aholisi (2006) |
149,867 |
Zichligi | 3709,6 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i | 21000 |
INSEE kodi | 21231 |
|
Dijon Fransiyaning Burgundiya mintaqasida joylashgan kommunadir. Côte-d'Or departamenti Dijon tumani tarkibiga kiradi.
Aholisi
tahrir149.867 nafar aholi istiqomat qiladi (2006). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 3709,6 nafar kishi.
Geografiyasi
tahrirMaydoni — 40,4 km2.
Manbalar
tahrir