Dimishq (Samarqand)

Samarqand yaqinidagi qishloq

Dimishq — Samarqand shahridan gʻarbda (hozirgi Samarqand viloyati, Past Dargʻom tumani hududi) joylashgan qishloq.

Tarixi

tahrir

Dimishq qishlogʻi XIV asr oxirida Amir Temur tomonidan asos solinib, musulmonlarning eng yirik shahri boʻlmish Damashq sharafiga qoʻyilgan[1]. Amir Temur qishloqda soʻfiylar uchun xonaqoh qurdirgan, Sharofiddin ALi Yazdiyning soʻzlariga koʻra, 1392-yilda Amir Temurning xotinlari qishloqga dam olish uchun toʻxtashgan[2].

1449-yil oktyabrida Dimishq qishlogʻi atrofida Mirzo Ulugʻbek va Abdulatif mirzo qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtadi, jangda Ulugʻbek qoʻshini magʻlubiyatga uchraydi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 62
  2. Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 430
  3. Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 158

Adabiyotlar

tahrir