Dimitrios Papadopoulos (yunoncha: Δημήτριος Παπαδόπουλος; 1981-yil 20-oktyabr, Oʻzbekiston, Jizzax viloyati, Mirzachoʻl tumani) sobiq yunon va oʻzbek professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan[1].

Dimitrios Papadopulos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dimitrios Papadopoulos
Tavallud sanasi 20-oktyabr 1981-yil (1981-10-20) (42 yosh)
Tavallud joyi Gagarin (shahar), Jizzax SSSR, Oʻzbekiston. SSR
Boʻyi 178 sm
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999-2001 Akratitos 57 (20)
2001-2003 Byornli 39 (3)
2003-2008 Panatinaikos 126 (50)
2008-2009 Lechche 14 (1)
2009-2010 Dinamo Zagreb 13 (2)
2010-2012 Celta 25 (1)
2012 Levadyakos (Ijara) 10 (0)
2012-2013 Pantrakikos 25 (11)
2013-2014 Atromitos 35 (14)
2014-2015 FK PAOK 24 (7)
2015-2016 Asteras Tripolis 12 (1)
2016-2017 Atromitos 20 (1)
2017 Panetolikos 9 (1)
Milliy terma jamoa
2000-2002 Gretsiya U-20 27 (11)
2002-2004 Gretsiya U-23 3 (1)
2002-2014 Gretsiya 22 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Akratitos tahrir

Papadopulos oʻz faoliyatini Gretsiyaning „Akratitos“ yoshlar futbol akademiyasida boshlagan va 1999-yilda debyut qilgan. Jamoaning 2001-yilda oʻz tarixida birinchi marta „Alfa Etniki“ga koʻtarilishiga hissa qoʻshgan.

Burnley tahrir

Koʻp oʻtmay, Papadopulos Angliyaning „Burnley“ klubiga oʻtdi, uning transfer narxi 500 000 yevroni tashkil qildi[2]. Futbolchi klubda ikki mavsum qoldi. 2003-yil iyul oyida Burnley Papadopulosni „Panathinaikos“ga 200 000 yevroga sotdi[3].

Panathinaikos tahrir

Papadopulos oʻzining birinchi mavsumida „Panathinaikos“ bilan 26 oʻyinda 17 ta gol urib, klub bilan dublga erishgan holda uning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Bu Olimpiakosning Gretsiya chempionatidagi deyarli 10 yillik hukmronligidagi birinchi chempionlik edi.

Keyinchalik Papadopulos ligada oʻsha yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Yevro-2004 musobaqasida gʻalaba qozongan Gretsiya terma jamoasidan joy oldi. U Rossiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va Gretsiyaning keyingi bosqich saralashini belgilab bergan goliga mualliflik qildi. Futbolchi, shuningdek, 2004-yil yozida Afinada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida Gretsiya olimpiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

Futbolchi „Panathinaikos“ klubining ajralmas qismi boʻlib, u 2006-yilning yozida jamoa bilan shartnomani uch yilga uzaytirdi.

2007-yil 2-oktyabrda xalqaro miqyosdagi eng yaxshi daqiqalaridan birida u Slovakiyaning Artmentiya klubiga qarshi ikkinchi oʻyinda uchta gol urdi va „Panathinaikos“ga UEFA kubogi guruh bosqichiga yoʻllanma berdi.

Lecce tahrir

2007-2008-yilgi mavsum oxirida u „Panathinaikos“ni tark etdi va 2008-yil 13-noyabrda Italiyaning „Lecce“ jamoasiga oʻtdi va u bilan 2009-yilning 18-yanvarida „Jenoa“ga qarshi uy uchrashuvida ilk bor maydonga tushdi. U oʻzining birinchi va yagona golini 19-aprel kuni safarda „Roma“ga qarshi oʻyinda kiritdi.

Dinamo Zagreb tahrir

2009-yilning yozida u Dinamo Zagreb bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[4], αmmo uning Xorvatiya klubidagi qolishi qisqa vaqt ichida 2010-yilning yanvarida yakunlangan, chunki klub jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan. Futbolchi jamoa bilan yillik 650.000 yevrolik shartnoma imzolagan. Dimitrios klubda bir mavsum oʻynaganiga qaramay, jamoa safida maydonga tushib gollar urishga muvaffaq boʻlgan[5].

Dimitris Papadopulos oʻsha paytda Ispaniya ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan Ispaniyaning Telta klubi bilan 2013-yilgacha shartnoma imzolagan. U Ispaniya jamoasiga moslasha olmadi va 2012-yilning yozida ketdi[6] Τ 2012-yilning yanvarida u Levadeyakosga olti oylik ijara uchun Gretsiyaga qaytdi[7].

Celta Vigo tahrir

2010-yilning 22-yanvarida Papadopulos „Celta“ bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. Hammasi uning uchun yaxshi tomonga qarab borayotgan edi, ammo aprel oxirida futbolchi jarohat olgan va muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan. Keyingi yozda Vigoning „Celta“ klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida hujumchi David Rodriges va vinger Kike de Lukas bilan shartnoma imzolagan. Bu Papadopulosni jamoaning uchinchi hujumchisi maqomiga tushirib yuborgan va shuning uchun u oʻsha mavsumda jamoaning koʻpgina tarkiblariga kiritilmagan. 20102011-yilgi mavsum boshida Celta Vigo bosh murabbiyi Pako Errera Papadopulos bilan shartnoma boshqa uzaytirishmasligini eʼlon qilgan[8]. Garchi u 20 dan ortiq oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa-da, bor yoʻgʻi bir marta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Uning shartnomasi 2013-yilda oʻz nihoyasiga yetgan.

Levadiakos tahrir

2012-yilning yanvarida Papadopulos Gretsiya Superligasining Levadiakos klubi bilan ijara asosida shartnoma imzolagan[9]. Uning jamoasi milliy chempionatida 7-oʻrinni egallagan boʻlsada, Papadopoulos birorta gol urishga muvaffaq boʻlmagan.

Panthrakikos tahrir

Futbolchi 2012-yilning yozida Panthrakikosga koʻchib oʻtdi[10]. U oʻzining sobiq jamoasi „Panathinaikos“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va gʻalaba golini kiritdi. 8-oktyabr kuni boshqa sobiq jamoasi „Levadiakos“ga qarshi safarda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda penaltini aniq amalga oshirdi. 2012-yil 11-noyabrda Papadopulos „Asteras Tripolis“ darvozasiga mavsumdagi toʻrtinchi golini urib, „Panthrakikos“ga gʻalaba keltirdi va u oʻyinning eng yaxshi qatnashchisi deb tanlandi. 2012-yilning 26-noyabrida u Aris Saloniki darvozasiga ikkita gol urib, „Panthrakikos“ga 4:0 hisobida gʻalaba olib keldi. Papadopulos 2006-yilning 26-noyabridan beri Gretsiya chempionatining bitta oʻyinida ikkita gol urmagan edi. 2012-yilning 15-dekabrida u Kerkiraga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkinchi golni urdi. 2013-yilning 16-yanvarida u Gretsiya kubogida bir necha yillardan soʻng ilk bor „Apollon Smyrni“ga qarshi oʻyinning 78-daqiqasida Leonidas Kiveldis oʻrniga maydonga tushdi. 2013-yilning 19-yanvarida Afinadagi Olimpiya stadionida „Panathinaikos“ darvozasiga yana bir gol urdi. 2013-yilning 13-martida „Panthrakikos“ bilan Gretsiya kubogi yarim finaliga chiqdi. Futbolchi 2013-yil 7-aprelda penaltini aniq amalga oshirib, OFI Kritga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi; bu gol bilan Papadopulos Gretsiya Superligasidagi gollari sonini 10 taga yetkazdi.

Atromitos tahrir

Ajoyib mavsumdan soʻng, 2013-yilning yozida u oʻtgan yili Gretsiya Superligasida 4-oʻrinni egallagan Atromitos jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U klub bilan ilk golini 2013-yilning 17-avgustida Ergotelis jamoasiga qarshi oʻz uyida 2:2 hisobida durrang bilan yakunlangan oʻyinda urgan. 2013-yilning 30-avgustida Yevropa Ligasi uchun AZ Alkmaarga qarshi dramatik oʻyinda ishtirok etgan[11].

Paok tahrir

2014-yil 29-avgustda Papadopulos Veriya bilan ogʻzaki kelishuvga ega boʻlgan boʻlsa-da, Gretsiya Superligasining PAOK jamoasi bilan bir yilga shartnoma imzolagan. 18-sentyabr kuni u PAOK libosida Yevropa Ligasida Minskning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan (6:1). Oʻyinda u jamoasining beshinchi golini kiritib, debyut oʻyinida gol muallifiga aylangan. 22-sentyabr kuni Gretsiya Superligasida PAOK libosida „Panaitolikos“ jamoasiga qarshi debyut qilgan. 30-noyabr kuni Gretsiya Superligaisdagi oʻzining birinchi golini PAOK jamoasi bilan „Pantrakikos“ga qarshi oʻyinda kiritgan, uning goli jamoasi Paokning 3:2 hisobidagi gʻalabasini taʼminlagan. Papadpoulos 2014-yilda va 2015-yilning 4-fevralida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 18-mart kuni Ergotelisga qarshi oʻyinda jamoasiga gʻalaba keltirgan golga mualliflik qilgan. 21-mart kuni esa „Panatinaikos“ga qarshi kechgan bahsda jamoasining toʻrʻtinchi goliga mualliflik qilgan. 5-aprel kuni u ikkita gol urib, jamoasining „Ksanti“ga qarshi uchrashuvida 2:1 hisobida gʻalaba qozonishini taʼminlagan. 2015-yil 3-may kuni u yana bir gol urib, PAOKning oʻzining sobiq jamoasi „Levadiyakos“ga qarshi oʻz uyida 1:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminlagan.

Asteras Tripolis tahrir

2015-yil 8-sentyabrda Papadopulos Gretsiyaning Superliga jamoasi Asteras Tripolis bilan nomaʼlum toʻlov evaziga bir yillik shartnoma imzolagan. U yangi jamoasi bilan Gretsiya Superligasida debyutini Kalloni jamosiga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilning 18-oktyabr kuni 20152016-yilgi mavsumda asosiy tarkibdagi birinchi oʻyinida u „Skoda Xanthi“ jamosiga qarshi oʻyinda (1:1) penaltini amalga oshira olmagan. 8-noyabr kuni u yangi jamoasi bilan birinchi golini AEK Afinaga qarshi mehmonda boʻlib oʻtgan bahsda kiritgan.

2016-yilning 21-yanvarida Papadopulos oʻzining sobiq jamoasi Atromitos bilan 2017-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan, shartnoma toʻlovi oshkor etilmagan. U Gretsiya Superligasida debyutini 24-yanvar kuni PAS Janninaga qarshi oʻtkazgan. 2016-yilning 10-fevralida u sobiq klubi „Panatinaikos“ga qarshi kechgan Gretsiya kubogi yarim finali bahsida ishtirok etgan. 2016-yilning 28-noyabrida Papadopoulos klubdagi ilk golini PAOKga qarshi safarda boʻlib oʻtgan bahsda kiritgan.

Papadopulos Superliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. „Panthrakikos“ futbolchisi Gretsiya Superligasidagi oʻyinlari bilan ajralib turdi. U 11 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Tanqidiy oʻyinlarda Papadopulos oʻzini yaxshi koʻrsatib, jamoasiga oʻrta oʻrinni egallashga va qulay tarzda quyi ligaga tushib ketmaslikka yordam berdi. „Panthrakikos“ ham Gretsiya kubogi yarim finaliga chiqdi. PSAP matbuot kotibi Stamatis Sirigos qoʻshimcha qildi: „Dimitros Papadopulos oʻzining feʼl-atvori, yetakchilik qobiliyati va tajribasi bilan jamoadoshlariga yordam berdi va ularning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirdi. Bularning barchasi uning axloqi bilan birgalikda Gretsiyadagi professional futbolchilarning ovoz berishdagi birinchi pozitsiyasi bilan eʼtirof etildi“[12].

2013-yilning 10-iyunida u Atromitos Afina bilan ikki yillik shartnoma imzoladi, biroq bir yildan soʻng, u Afina jamoasining asosiy aʼzosi va eng yaxshi toʻpurar boʻlganiga qaramay[13], tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra hamkorlikni toʻxtatdilar. Ligada jami 14 ta gol bilan toʻrarlar safida boʻldi. 2014-yil 29-avgustda uni PAOK sotib olgani eʼlon qilindi va u bilan bir yillik hamkorlik shartnomasi imzoladi[14].

2015-yilning iyul oyida va uning Turkiyaning „Karsiyaka“ klubi bilan kelishuvi avvaliga eʼlon qilingan boʻlsa-da[15], keyinchalik yakunlanmadi[16]. Nihoyat, oʻsha yilning sentyabr oyida u Asteras Tripoli bilan bir yillik shartnoma imzoladi[17], lekin futbolchhi [[2016-yning yanvarida tugatildi[18], Atromitosga 1,5 yillik shartnoma imzoladi[19].

2017-yil yanvar oyida Atromitosni erkin agent sifatida tark etdi va keyingi olti oy davomida Panaitolikos bilan ishlashni davom ettirishga rozi boʻldi[20].

2017-yil 23-sentyabrda u 18 yillik faoliyatidan soʻng nafaqaga chiqqanini maʼlum qildi[21].

Terma jamoalarda tahrir

Dimitrios Papadopulos Gretsiya terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning 20-noyabrida Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻtkazdi va u Yevro-2004 turniri chempioni boʻladigan tarkibga kiritildi. Uning Zisis Vryzas darvozasiga uzatmasi Gretsiyaga Rossiya va Ispaniya hisobiga guruh bosqichidan chiqish va keyin Yevro-2004 chempioniga aylanish imkonini berdi. Shuningdek, u 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gretsiya olimpiya terma jamoasining uchta oʻyinida ham qatnashgan va 1 ta gol urgan. Yevro-2004 gʻolibi sifatida Dimitrios Papadopulos 2005-yilda Germaniyada boʻlib oʻtadigan FIFA Konfederatsiyalar kubogi uchun Gretsiya terma jamoasiga kiritilgan. Otto Rexagel uni ham tarkibga kiritdi. UEFA Yevro-2008 uchun yakuniy tanlovga saralash doirasida harakat qildi, lekin Shveysariya va Avstriyada boʻlib oʻtadigan musoboqaga chiqa olmadi.

2013-yil 29-avgust kuni Gretsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Santos olti yillik tanaffusdan soʻng Dimitrios Papadopulosning 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchun Vaduzdagi  Stadion stadionida Lixtenshteynga qarshi oʻyinga qaytganini eʼlon qildi. U 84-daqiqada Lazaros Kristodulopulos oʻrniga maydonga tushdi.

Xalqaro oʻyinlardagi gollar tahrir

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Gretsiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Papadopulosning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
Dimitris Papadopulos tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2004-yil 18-fevral Afina, Gretsiya Bolgariya 2–0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2005-yil 12-oktyabr Pirey, Gretsiya Gruziya 1–0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

  • Gretsiya chempioni: 2004
  • Gretsiya kubogi: 2004
  • Yevropa chempioni: 2004
  • Xorvatiya chempioni: 2010

Manbalar tahrir

  1. „Жиззахда туғилган "Евро-2004" чемпиони ёхуд "гагарин"лик футболчи ҳақида (мутолаа учун)“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
  2. „Burnley sell Greek striker Papadopoulos“. Yorkshire Post (2003-yil 4-iyul).
  3. „Το πλήρες πακέτο φορ ψάχνει ο ΠΑΟ...Το "κάτι" που (αποδείχθηκε ότι) λείπει από τους Παπαδόπουλο, Μάντζιο, Σαλπιγγίδη“. tovima.gr (2007-yil 26-aprel).
  4. „Ο Δημήτρης Παπαδόπουλος υπέγραψε στη Ντιναμό Ζάγκρεμπ για τρία χρόνια“. 2011-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2013-yil.
  5. „Αποχωρεί ο Παπαδόπουλος από Ντιναμό“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2013-yil.
  6. „Τέλος από τη Θέλτα ο Παπαδόπουλος“. 2012-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2013-yil.
  7. Στον Λεβαδειακό δανεικός από τη Θέλτα ο Δημήτρης Παπαδόπουλος[sayt ishlamaydi]
  8. „¿Habrá un tercer descarte? - Faro de Vigo“ (2011-yil 12-iyul).
  9. „Υπέγραψε στον Λεβαδειακό ο Δημήτρης Παπαδόπουλος“. contra.gr (2012-yil 16-yanvar).
  10. „Στον Πανθρακικό ο Δημήτρης Παπαδόπουλος!“. onsports.gr (2012-yil 30-avgust).
  11. „Europa League: AZ Alkmaar beat Atromitos after fire causes delay“. bbc.com. Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  12. „Papadopoulos stars at Greek player awards“. fifpro.org (2014-yil 25-fevral). 2015-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-mart.
  13. Τέλος επισήμως ο Παπαδόπουλος, www.sport-fm.gr
  14. Ανακοίνωσε Παπαδόπουλο ο ΠΑΟΚ, www.sport-fm.gr
  15. Στην Καρσίγιακα ο Παπαδόπουλος, www.gazzetta.gr
  16. Χάλασε του Παπαδόπουλου στην Καρσίγιακα, www.sport-fm.gr
  17. Στον Αστέρα και επίσημα ο „Παπ“, www.sport-fm.gr
  18. Παρελθόν από τον Αστέρα ο Παπαδόπουλος, www.sport-fm.gr
  19. Ανακοινώθηκε ο Παπαδόπουλος, www.sport-fm.gr
  20. Παπαδόπουλος και με τη βούλα στον Παναιτωλικό, www.sport-fm.gr
  21. „Αποσύρθηκε από τη δράση ο Παπαδόπουλος“ (inglizcha). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.

Havolalar tahrir