Dioskuriada
(Dioskuriyadan yoʻnaltirildi)
Dioskuriada, Dioskuriya - Qora dengiz qirgʻogʻidagi (hozirgi Suxumi shahri oʻrnida) antik shahar. Miletlik yunonlar tomonidan miloddan avvalgi 6-asrda qurilgan. D. Kavkaz kabilalari bilan tuz, qoramol, mum, bugʻdoy, qullar bilan yirik savdo aloqalari olib borgan. Savdo markazi boʻlgan. Mil. 1-asrning boshlarida Rimga tobe boʻlib, unda Rim garnizoni oʻrnashgan; shahar Sebasto-polis deb atalgan. Mil. 2—3-asrlarda taraqqiy etgan, 4-asrdan tanazzulga yuz tuta boshlagan. 6-asrgacha qalʼa. D. joylashgan yerning choʻkishi natijasida D. harobalari Suxumi buxtasining tubida qolgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |