Divoniy yozuvi- arab xat turlaridan biri bo'lib, ilk Usmonli turklari imperiyasi davrida (VI asr - VII asr boshlari) rivojlangan kursiv uslub hisoblanadi. U Sulaymon I (1520-1566) davrida mashhur bo'lib, keng foydalanilgan.

Diwani calligraphy by Kazasker Mustafa Izzet Efendi
Kazasker Mustafo Izzet afandining Divoniy xattoti

Usmonli devonida qoʻllanilganligi va sulton saroyining sirlaridan biri boʻlganligi uchun unga “Divoniy yozuvi” nomi berilgan. Bu yozuvning qoidalari hammaga ma'lum emas edi, uning ustozlari va bir necha qobiliyatli shogirdlari bilan chegaralangan edi. U qirolning barcha farmonlari, vaqf va qarorlarini yozishda foydalanilgan. Tug'ra ya'ni nafis xattotlik muhri bilan bezatilgan "Divoniy" matni Usmonlilar davlatining qudratini ifodalagan.[1]

Divoniy yozuvni ikki turga bo‘lish mumkin:

  1. Riq'a Divoniy uslubi harflarning pastki qismlaridan tashqari har qanday bezaklardan xoli, chiziqlari toʻgʻri boʻlgan.
  2. Jili Divoniy yoki sof uslub. Qo‘l yozuvining bu turi yuqoridan pastgacha harflar va to‘g‘ri chiziqlarning o‘zaro bog'lanishi bilan ajralib turadi. U tinish belgilari bilan bezatiladi. Divoniy yozuvi oʻz harflarining bir-biriga qoʻshilib ketishi bilan mashhur boʻlib, oʻqish yoki yozishni juda qiyinlashtiradi.
Jeli Diwani font
Jeli Diwani shrifti

Divoniy xat turi go'zalligi va uyg'unligi bilan ajralib turadi. U hozirda podshohlar, shahzodalar, raislar yozishmalarida, marosimlarda, tabriknomalarda qoʻllaniladi va yuksak badiiy qimmatga ega hisoblanadi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Osborn, J.R. (2009). „Narratives of Arabic Script: Calligraphic Design and Modern Spaces“. Design and Culture. 1-jild, № 3. 289–306-bet. doi:10.1080/17547075.2009.11643292.