Dmitriy Kuplinov
Dmitriy Alekseyevich Kuplinov (ruscha: Дми́трий Алексе́евич Куплинóв; 1988-yil 25-noyabr, Orenburg, SSSR) – rossiyalik YouTuber, letspleychi va strimer. YouTube, Twitch va VK Play platformalaridagi „Kuplinov ► Play“ kanallarining yaratuvchisi va egasi[1] .
Biografiyasi
tahrirDmitriy Kuplinov 1988-yil 25-noyabrda Orenburgda tugʻilgan[1].
2008-yilda „MISIS“ tadqiqot texnologiyalari milliy universitetining Viksa filialidagi „Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashgan tizimi“ yoʻnalishini tugatgan[2]. Texnikumni bitirgach, Moskva aviatsiya institutiga oʻqishga kiradi[1][3].
Shaxsiy hayoti
tahrirYekaterina Malina bilan yaqin munosabatda[1].
Kuplinovning kanali va ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez koʻrinish bergan va eslatib oʻtilgan bir nechta uy hayvonlari bor. Ilgari „Moxnatiy boyets (Moxnatiy boets)“ deb atagan mushugi bilan yashagan. Biroq mushukning haqiqiy laqabi „Frosya (Frosya)“ boʻlib, uni 2012-yilda asrab olgan[4]. Keyinchalik u ikkita olmaxonsimon uy kemiruvchilarini boqib oladi – „Shlyopka (Shlepka)“ va „Oblepixa (Oblepixa)“[manba kerak].
YouTubeʼdagi faoliyati
tahrir2012-yilda Dmitriy Kuplinov oʻzining „Kuplinov ► Play“ deb nomlangan YouTube kanalini yaratadi[1][5][6]. Kanal mazmuni asosan turli janrdagi videooʻyinlarni oʻynashdan iborat: qoʻrquvdan tortib onlayn oʻyinlargacha .
„Kuplinov ► Play“ kanalidagi birinchi video 2013-yil 12-iyulda chiqadi[5]. Postal 2 oʻyinini oʻtish haqidagi video bir hafta ichida 30 mingdan ortiq koʻrishlarga ega boʻldi, qaysiki oʻsha kezlarda katta muvaffaqiyat sanalar edi[6].
2014-yilda „Kuplinov ► Play“ kanalidagi obunachilar soni 100 mingtalik dovondan oʻtdi[7] va bir muncha vaqtdan soʻng, Dmitriy YouTube’ning kumush tugmasi bilan ragʻbatlantirildi[8]. 2015-yilda kanalning obunachilari 1 milliondan oshdi[9], biroq Kuplinov faqat ikki yil oʻtibgina YouTube’dan oltin tugmani oldi[10].
2015-yilda Kuplinov oʻzining „Kuplinov“ (hozirda „Zapisi strimov Kuplinova“) deb nomlangan ikkinchi YouTube kanalini yaratdi[11].
Xayriya
tahrir2017-yil 22-iyulda Kuplinov jonli yoyin tashkil qilib, unda u onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam uchun „Jizn“ xayriya jamgʻarmasiga 670 278 rubl yigʻdi[12].
2020-yil 7-iyun kuni u ikkinchi xayriya jonli yoyinini oʻtkazdi va translyatsiya davomida „Pravmir“ xayriya jamgʻarmasi uchun 1,17 million rubldan ortiq mablagʻ toʻpladi. Ushbu fond COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashayotgan shifokorlar uchun shaxsiy himoya vositalarini sotib olish uchun mablagʻ yigʻishga qaratildi[13][14].
Mukofot va nominatsiyalar
tahrirYil | Mukofot | Nomzodlik | Natija | Manba |
---|---|---|---|---|
2015-yil | People videosi | Gʻolib | [3] | |
2015-yil | Igromir | „Runetʼdagi eng yaxshi video loyiha“ | Gʻolib | [15] |
„Eng yaxshi oʻyin loyihasi“ | Gʻolib | |||
2015-yil | Vidfest | „Oʻyin uchun layk“ | Nominatsiya | [16] |
2016-yil | Nominatsiya | [17] | ||
2017-yil | Gʻolib | [18][19] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Биография Дмитрия Куплинова“. 7 Дней. 2022-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
- ↑ „Что мы знаем о Куплинове – виртуозно играет на гитаре, имеет техническое образование“. Cyber.Sports.ru (2022-yil 19-sentyabr). 2022-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Дмитрий Куплинов: биография, личная жизнь, чем известен“ (ru). Nur.kz (2020-yil 19-noyabr). 2022-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ Подкаст - #3. МОХНАТЫЙ БОЕЦ! YouTubeda
- ↑ 5,0 5,1 Виктория Молчанова. „Почему зумеры называют Дмитрия Куплинова папой. В его мемных фразах они нашли мотивацию и поддержку“. Medialeaks (2021-yil 28-sentyabr). 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 „13 каналов русскоязычных игровых блогеров, достигших 5 миллионов подписчиков на YouTube“. Чемпионат (2021-yil 29-yanvar). 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ Подкаст - #4. 100К ПОДПИСЧИКОВ И ГОД КАНАЛУ YouTubeda
- ↑ Подкаст - #6. Видеопипл, Видфест и Подарки YouTubeda
- ↑ Подкаст - #7. 1 000 000 подписчиков и 2 года каналу YouTubeda
- ↑ „Стена“. vk.com. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ „Записи стримов Куплинова - YouTube“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ #gaming4good КУПЛИНОВ ПРОВОДИТ БЛАГОТВОРИТЕЛЬНЫЙ СТРИМ YouTubeda
- ↑ „Российский стример Дмитрий Куплинов собрал 1 млн рублей для врачей“. Канобу (2020-yil 10-iyun). 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ „Игра в помощь: как геймеры и стримеры собирают миллионы на благотворительность“. Forbes (2021-yil 21-may). 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ ИгроМир 2015 YouTubeda
- ↑ Алиса Юрченко. „На ВДНХ прошел фестиваль молодых видеоблогеров Рунета“. Московский комсомолец (2015-yil 14-iyun). 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ „Премия «Лайк-2016»“. 2016-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ „В Москве наградили лучших российских видеоблогеров“. Российская газета (2017-yil 11-sentyabr). 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ „BadComedian и Поперечный стали лауреатами премии «Золотой Лайк 2017»“. Канобу (2017-yil 9-sentyabr). 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.