Dmitriy Loban
Dmitriy Valentinovich Loban (belaruscha: Дзмітрый Валянцінавіч Лобан; 1981-yil 3-may) — belaruslik paralimpiyachi (biatlon va togʻ changʻisi sport turlari boʻyicha). Vankuver paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori, Pxyonchxan paralimpiya oʻyinlarining ikki karra kumush medali sohibi, jahon kubogi sovrindori. Changʻichi Lidiya Grafeevaning turmush oʻrtogʻi. Dmitry Loban LW12 kategoriyasidagi musobaqalarda ishtirok etgan[1].
Dmitriy Loban | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Belarus |
Tavallud sanasi |
3-may 1981-yil Brest viloyati, Gonchari qishlogʻi |
Turmush oʻrtogʻi | Lidiya Grafeyeva |
Sport | |
Qaysi sport | Changʻi poygasi, biatlon |
Tarjimai holi
tahrirDmitriy Loban Brest viloyatining Gonchari qishlogʻida tugʻilgan[2]. Kasb-hunar bilim yurtini tamomlagan. Undan soʻng, qishloqda quruvchilik va qishloq xoʻjaligi ishlari bilan shugʻullangan. 22 yoshida baxtsiz hodisa tufayli poyezdga urilgan va natijada shifokorlar uning oyoqlarini tizzadan past qismini amputatsiya qilishga majbur boʻlishgan[2]. Minskdagi nogironlarni reabilitatsiya qilish markazida davolanganidan keyin Dmitriy nogironlar aravachasida raqsga tushishni mashq qilgan va hatto mamlakat chempioni boʻlgan[2][3].
Keyinchali Dmitriy nogironlar aravachasida sport bilan shugʻullana boshlagan va Belarussiyada eng kuchli sportchi deb eʼtirof etilgan. 2007-yilda esa changʻi sportiga qiziqib qolgan[4]. Birinchi musobaqada u 40 nafar ishtirokchi orasida 12-oʻrinni egallagan. Finlandiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida ikkita yoʻnalishda 4-oʻrinni egallagan. 2008-yilda Shvetsiyadagi musobaqalarda shohsupaga koʻtarilgan. 2009-yilgi mavsum natijalariga koʻra, umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egallab, Kumush globusni qoʻlga kiritgan[2][3]. 2010-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan changʻi poygasi boʻyicha jahon kubogida oʻzining birinchi sovrini qoʻlga kiritgan[3]. Vankuverda boʻlib oʻtgan qishki paralimpiya oʻyinlarida esa 10 kmga klassik uslubdagi changʻi poygasi musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan[5]. Dmitriy Vankuverdagi musobaqada jiddiy jarohat bilan ishtirok etgan. Bronza medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, u oʻz vatanida „Gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi uchun“ (ruscha: „За волю к победе“) nomli mukofot bilan taqdirlangan.
2014-yilda Sochidagi oʻyinlarda Yuriy Buzanov murabbiyligi ostida Dmitriy changʻi va biatlon musobaqalarida qatnashgan. Changʻi poygasida 1 km masofaga yugurish musobaqasida ishtirok etgan. Lekin hatto yarim finalga ham chiqa olmagan. 10 km masofaga oʻtkazilgan changʻi poygasida 11-oʻrinni egallagan. Biatlon boʻyicha 7,5 km (6-oʻrin), 12,5 km (8-oʻrin) va 15 km (7-oʻrin) masofalarga masofalarga yugurish musobaqalarida ishtirok etgan.
2018-yilda Pxyonchxandagi Olimpiadada Dmitriy Belarus paralimpiya terma jamoasi sardori boʻlgan. 7,5 km masofaga biatlon sport turida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, changʻi sporti boʻyicha sprint bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Finalda amerikalik Andrew Soulga fotofinish natijasiga koʻra imkoniyatni boy bergan[6].
Xotini — Lidiya Grafeeva, paralimpiyachi[2][7][8]. Dmitriy Lidiya bilan protezlash markazida tanishgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Беларусь на зимней Паралимпиаде представят 15 спортсменов (фото)“ (ru). Министерство спорта и туризма Республики Беларусь (2018-yil 28-fevral). 2018-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-mart.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Дмитрий Комашко. „Дмитрий Лобан: быть, а не ныть“ (ru). Беларусь Сегодня (2018-yil 7-aprel). 2018-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Dmitriy Loban: „Jivu ojidaniyami startov“ (Wayback Machine saytida 2019-04-13 sanasida arxivlangan)(rus.)
- ↑ „Dzmitry Loban's story before his Paralympic career“. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-mart.
- ↑ „Dzmitry Loban competes in his 3rd Winter Paralympics“. 2018-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-mart.
- ↑ „Biathlon | Event Schedule Menʼs 7.5km, Sitting — Pyeongchang 2018 Paralympic Winter Games“ (en). www.pyeongchang2018.com. 2018-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-mart.
- ↑ „Cross-Country Skiing | Athlete Profile: Lidziya HRAFEYEVA — Pyeongchang 2018 Paralympic Winter Games“ (en). www.pyeongchang2018.com. 2018-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-mart.
- ↑ „Lidziya Hrafeyeva | Paralympic bio“. 2018-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-mart.