Dmitriy Pavlovich Tutichenko (ukraincha: Дмитро Павлович Тутиченко; 1970-yil 5-martda tugʻilgan) – sovet va ukrainalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan.

Dmytro Tutychenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dmytro Pavlovych Tutychenko
Tavallud sanasi 5-mart 1970-yil (1970-03-05) (54 yosh)
Tavallud joyi Izmail, Sovet Ittifoqi (hozirda Ukraina)
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi / Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988–1990 Soʻgʻdiyona 96 (1)
1991–1993 SC Odesa 72 (11)
1993–1995 FC Nyva Ternopil 74 (2)
1996–1997 FC Uralan Elista 66 (6)
1998 FC Dnipro 25 (0)
1999–2000 FC Uralan Elista 35 (2)
2000 FC Metallurg Lipetsk 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Ukrainaning Izmail shahridagi yoshlar sport maktabida dastlabki saboqlarni olgan. Birinchi murabbiyi A. Litovchenko. Professional faoliyatini hozirda „Soʻgʻdiyona“ nomi ostida faoliyat yuritadigan Jizzaxning „Yoshlik“ klubida boshlagan. 1991-yildan 1993-yilgacha u Odessaning „SKA“ jamoasida oʻynagan. 1993-yildan 1995-yilgacha „Niva Ternopil“ jamoasida oʻynagan. 1996-yilda „Uralan“ jamoasi tarkibiga koʻchib oʻtgan. 1998-yilda „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) jamoasida oʻynagan. 1999-yilda u yana Uralan jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Dmitriy Rossiya Oliy divizionidagi debyutini 1999-yil 3-aprelda „Zenit“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan[1]. 2000-yilning yozida u Lipetskning „Metallurg“ jamoasiga oʻtgan va u yerda faoliyatini yakunlagan.

Manbalar

tahrir
  1. „Протокол матча «Зенит» — «Уралан» 2:0“. 2018-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.

Havolalar

tahrir