Dmitro Pidruchniy

Ukrainalik biatlonchi

Dmitro Pidruchniy (ukraincha: Дмитро Підручний; 1991-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — ukrainalik biatlonchi. 2014 va 2018-yilgi qishki olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. 2022-yil mart oyida Pidruchniy Rossiyaning Ukrainaga bosqini paytida jang qilish uchun Ukraina Milliy gvardiyasi safiga qoʻshilgan[1].

Dmitro Pidruchniy
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 5-noyabr 1991-yil (1991-11-05) (33 yosh)
Ternopil, Ukraina
Boʻyi 1.78 m
Vazni 68 kg
Sport
Qaysi sport Biatlon

Faoliyati

tahrir

Pidruchniy Ternopil yaqinidagi Ostriv qishlogʻida tugʻilgan[2]. Dmitrio 2010-yilda Shvetsiyaning Torsby shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida xalqaro maqydondagi debyutini amalga oshirgan. Mazkur musobaqa Dmitro uchun omadsiz yakunlangan. Keyingi mavsumda ham unchalik muvaffaqiyatga erisha olmagan. 2012-yil Kontiolahtida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yaxshi natija koʻrsatgan. Bu natija ortidan IBU kubogi va jahon chempionatida debyut qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan. 2012-yil 13-dekabrda Sloveniyaning Pokljuka shahrida oʻtkazilgan musobaqada 98-oʻrinni egallagan. Mavsum davomida bundan tashqari yana bir nechta sprint musobaqalarida qatnashgan.

Uning sport formasi 2013-14-yilgi mavsumda yaxshilangan. Hochfilzen shahridagi musobaqaning sprint bahslarida 6-oʻrinni egallagan. Oʻshandan beri Pidruchniy doimiy ravishda terma jamoada safiga chaqiriladi. 2014-yilda Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan qishki olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Yakkalik bahslarida 55 ochko toʻplab, 9-oʻrinni egallagan.

2015-yil 6-fevralda Pidruchniy Nove Mesto shahrida oʻtkazilgan aralash estafeta bahslarida faoliyatidagi (jamoaviy bahslarda) birinchi medalni qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili jahon chempionatida debyut qilgan. Ruhpoldingda boʻlib oʻtgan jahon kubogi hozirgacha Pidruchniy faoliyatidagi eng yaxshisi hisoblanadi. Mass-start musobaqasida 4-oʻrinni egallagan. Bronza medalini norvegiyalik Tarjei Bøga boy bergan.

2018-yilgi qishki olimpiya oʻyinlarida Ukraina sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan[3].

Shvetsiyaning Östersund shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi jahon chempionatida gʻolib boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. Ellingworth. „Ukrainian athletes join military after Russian invasion“ (en). ABC News. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  2. „Дмитро Підручний переміг у спринті на відкритому чемпіонаті Швеції з біатлону“ (uk). te.suspilne.media. Qaraldi: 2019-yil 25-noyabr.
  3. „Ukrainian squad for the 2018 Winter Olympics“. Ukrainian Biathlon Federation. Qaraldi: 2018-yil 20-yanvar.