Doʻmbirobod koʻchasi (Toshkent)
Doʻmbirobod koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Kichik halqa yoʻli va Gavhar koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 3 km.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Uzunligi | 3 km |
1960-yil 22-yanvarda mazkur hududda tashkil etilgan yangi koʻchaga shu nomdagi joyning tarixiy nomi berilgan. Ushbu tarixiy nomining kelib chiqishi chuqur oʻrganilmagan. Mutaxassislarning fikriga koʻra, ushbu nom qadimda joyni obod qilgan shaxsning ismdan (laqabi) yoki chorlov maqsadida chalingan doʻmbiradan kelib chiqqan. Joy qadimda shahar aholisining bogʻdorchilik mavzelaridan biri boʻlgan. XX asrning 2-yarmidan ushbu hududda shahar aholisi uchun yer uchastkalari ajratilgan[1].
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda mazkur koʻcha tubdan taʼmirlandi. Koʻcha yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, toʻyxona, supermarket, oziq-ovqat doʻkoni, mahalla guzari, shohbekat, aholiga xizmat koʻrsatish shoxobchalari va boshka muassasalar bor. Yaqinida Xirurgiya markazi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Doʻmbirobod kasb-hunar kolleji, 131-, 188-, 232-umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 1-maxsus bolalar internati joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.