DoʻstlikJizzax viloyatidagi shahar (1983-yildan). Doʻstlik tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi Jizzaxdan 52 km. Temir yoʻl stansiyasi. Shahardan yirik avtomagistral yoʻli oʻtgan. Aholisi 16 ming kishi (2000). Asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Doʻstlikda 2 qoʻshma korxona, oʻsimlik moyi ishlab chiqaruvchi firma, "Doʻstlikdon" aksiyadorlik jamiyati, umumiy taʼlim maktablari, biznes maktabi, litsey, tibbiyot bilim yurti, sport majmuasi, tennis korti, kutubxona, markaziy kasalxona, xotira memorial majmuasi mavjud.[1]

Shahar
Doʻstlik
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Jizzax viloyati
Tuman Doʻstlik tumani
Koordinatalari 40°31′29″N 68°2′9″E / 40.52472°N 68.03583°E / 40.52472; 68.03583Koordinatalari: 40°31′29″N 68°2′9″E / 40.52472°N 68.03583°E / 40.52472; 68.03583
Maydoni 44,869 km²
Aholisi 16,110 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 99872
Pochta indeksi 130500
Avtomobil kodi 25
Doʻstlik (shahar) (Oʻzbekiston)
Doʻstlik

ManbalarTahrirlash

  1. "Doʻstlik (shahar)" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil