Durbek Omonov

oʻzbek davlat arbobi, diplomat

Durbek Umidovich Omonov — oʻzbek diplomati. 2013-2017-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi boʻlgan[1].

Durbek Umidovich Omonov
 Oʻzbеkistоnning Olmoniyadagi elchisi
 
Mansab davri
2013-yil 4-iyuldan – 2017-yil 27-aprelgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Nabijon Qosimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-fevral 1965-yil (1965-02-28) (59 yosh)
Toshkent

Biografiyasi tahrir

Maʼlumoti tahrir

1989-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining umumiy davolash ishi fakultetini tamomlagan.

1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan.

Hindiston xalqaro munosabatlar institutida „Iqtisodiy diplomatiya“ yo‘nalishida tahsil olgan.

Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega[2].

Rus va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati tahrir

1989-1995 — Toshkent davlat tibbiyot institutida klinik ordinatura, aspirantura.

1995-1997 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi o‘qituvchisi.

1997-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari boshqarmasi ikkinchi kotibi.

1998-2001 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi ikkinchi kotibi.

2001-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari boshqarmasida boʻlim boshligʻi.

2003-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlari boshqarmasida boʻlim boshligʻi.

2004-2007 — O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi.

2007-2010 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar boshqarmasi boshligʻi.

2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsuli.

2013-2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya, Shveysariya, Chexiya va Ispaniyadagi (qarorgohi Berlinda) Favqulodda va Muxtor elchisi.

2017-2021 — Xususiy sektordagi faoliyat.

2021-2022 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori maslahatchisi.

2022-yildan — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori.

Manbalar tahrir