Dusan Shvento (slovyan. Dushan Svento) 1985-yil 1-avgustda Chexoslovakiyaning Ruzomberok shahrida tugʻilgan. Slovakiyalik futbolchi yarim himoyachi vazifasini bajaradi. U Slovakiya terma jamoasida oʻynagan. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Dushan Svento Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 1-avgust 1985-yil(37 yosh)
Rujomberok, Chexoslovakiya
Fuqaroligi Flag Slovakii Slovakiya
Boʻyi 178 sm
Pozitsiyasi himoyachi
yarim himoyachi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

 
Shvento „Slaviya“ bilan

Shvento oʻz shahri „Rujomberok“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2003-yilda u asosiy jamoada debyut qildi va ikki mavsumdan soʻng Chexiya „Slaviya“ klubidan taklifni qabul qildi. Yangi klub tarkibida u ikki marta Gambrinus Liga gʻolibi boʻldi va 2006-yilda Chexiya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topildi. 2007-yilda Shvento Angliyaning „Derbi Kaunti“ klubida sinovdan oʻtgan edi, biroq tizzasidagi jarohat transferga toʻsqinlik qildi va Dushan „Slaviya“ga qaytdi.

2009-yil 16-iyunda Svento Avstriyaning „Red Bull“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 2 million yevroni tashkil qildi[1]. 19-iyul kuni u Avstriya Bundesligasida „FC Avstriya“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[2]. 8-avgust kuni „Mattersburg“ga qarshi duelda Shvento yangi klubi safida ilk golini urdi[3]. „Red Bull“ bilan u ikki marta Avstriya chempionligi va kubogini qoʻlga kiritdi.

2014-yilning yozida Shvento Germaniyaning „Kyoln“ klubiga koʻchib oʻtdi. 18-oktabr kuni Dortmundning „Borussiya“ klubiga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi[4]. 2015-yilning 12-dekabrida „Verder“ga qarshi kechgan duelda Dusan „Kyoln“ safida ilk golini urdi[5].

2016-yilning yozida Shvento Praganing „Slaviya“ klubiga qaytib, ikki yillik shartnoma imzoladi[6]. 2017-yilda u klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi.

Xalqaro faoliyati tahrir

Shvento mamlakat yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2006-yil 15-avgustda Maltaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Dushan Slovakiya terma jamoasida debyut qildi.

2006-yil 7-oktabrda Uelsga qarshi 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash bahsida u milliy terma jamoadagi ilk golini urdi.

2016-yilda Shvento terma jamoa tarkibida Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Uels, Rossiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8][9].

Slovakiya jamoasidagi gollar tahrir

Sana Joy Raqib Natija Musobaqa
1. 2007-yil 7-oktabr Millenium, Kardiff, Uels   Uels 1: 5 2008-yilgi Yevropa chempionati saralashi

Manbalar tahrir

  1. „Švento podpísal kontrakt na tri roky s RB Salzburg“ (sk). profutbal (2009-yil 16-iyun). 2011-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-iyun.
  2. „Ред Булл VS. Аустрия 2:1“ (ru). soccerway.com (19 июля 2009).
  3. „Маттерсбург VS. Ред Булл 2:3“ (ru). soccerway.com (8 августа 2009).
  4. „Кёльн VS. Боруссия Дортмунд 2:1“ (ru). soccerway.com (2014—10—18).
  5. „Вердер VS. Кёльн 1:1“ (ru). soccerway.com (2015—12—12).
  6. „Хавбек сборной Словакии поменял бундеслигу на чемпионат Чехии“ (ru). sportbox.ru (2016—06—05).
  7. „Уэльс VS. Словакия 2:1“ (en). soccerway.com (2016—06—11).
  8. „Россия VS. Словакия 1:2“ (en). soccerway.com (2016—06—15).
  9. „Словакия VS. Англия 0:0“ (en). soccerway.com (2016—06—20).