Ekrem Jevrić
Ekrem Jevrić (Kiril tilida Yekrem Јevriћ, 1961-yil 25-oktabr – 2016-yil 4-mart) Nyu-York shtatining Yonkers shahrida istiqomat qilgan chernogoriyalik qoʻshiqchi va televideniye yulduzi edi. Uning 2010-yildagi „Kuća poso“ (Uy – Ish) nomli mashhur musiqiy videosi orqali shuhrat qozondi, BBC[1] va The Independent[2] nashrlari tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi muhim hodisa sifatida eʼtirof etilgan[3]. Bir oy ichida ikki milliondan ortiq, umumiy 15 milliondan ortiq koʻrilgan turbo-folk[4]janridagi qoʻshigʻi unga sobiq Yugoslaviya hududida bir zumda shuhrat keltirdi[5][6].
Ekrem Jevrić | |
---|---|
Tavalludi |
25-oktyabr 1961-yil Plav, Chernogoriya, Sobiq Yugoslaviya |
Vafoti |
4-mart 2016-yil (54 yoshda) Nyu-York, AQSH. |
Kasbi | Qo‘shiqchi |
Faoliyat yillari | 2010–2016 |
Turmush oʻrtogʻi | Igbala Jevrić |
Bolalari | Enis, Verdin, Hajrudin va Berat. |
Biografiyasi
tahrirEkrem Jevrić Chernogoriyaning Plav shahrida tugʻilgan. Jevrić oʻn toʻrt yoshida chekishni boshlagan va otasi unga sigaret sotib olib berishdan bosh tortgani uchun, pul topish maqsadida yolgʻiz oʻzi Podgoritsaga yoʻl olgan[7]. Shundan soʻng Jevrić Sloveniyaga koʻchib oʻtgan[7]. 1985-yilda Igbala Jevrić bilan turmush qurgan.1988-yilda Kanadaga koʻchib oʻtgan, ammo oxir-oqibat AQShga joylashib, u yerda taksi haydovchisi kabi kam haq toʻlanadigan ishlarda mehnat qilgan[8]. Ularning toʻrtta oʻgʻli bor: Enis, Verdin, Hajrudin va Berat.
Jevrićning eng mashhur qoʻshigʻi „Kuća posô“ (Uy, ish yoki Uydan ishga) boʻlib, qoʻshiq Shimoliy Amerikadagi sobiq yugoslav muhojirlarining kundalik hayotini parodiya qilgan. Qoʻshiq YouTubeʼda bir zumda muvaffaqiyatga erishdi va 16,0 milliondan ortiq koʻrildi. Jevrić 2010-yil mart oyida Kuća posô nomli birinchi albomini yozdi va Dolce & Gabbana Winter 2011 Collectionda italiyalik tikuvchi rolida suratga tushdi[3].
2010-yil oxirida u mashhur serb realiti-shouning Farma namoyishida ishtirok etdi va uchinchi oʻrinni egallaydi.
Jevrić 2016-yil 4-mart kuni Nyu-York shahrida 54 yoshida ishga ketayotgan vaqtida yurak xurujidan vafot etdi.[9]
Televideniyedagi faoliyati
tahrir- Farma 3 (2010) – uchinchi oʻrin
- Farma 4 (2013) – musobaqadan chetlatilgan
- Farma 5 (2013) – musobaqadan chetlatilgan
- Parovi 6 (2015/2016) – ixtiyoriy ravishda tark etgan
Manbalar
tahrir- ↑ „YouTube folk singer reunites ex-Yugoslavia“. BBC News (2010-yil 17-iyul).
- ↑ „How the 'Borat of the Balkans' hit the big time“. The Independent (2010-yil 22-iyul).
- ↑ 3,0 3,1 „Pas do pasa, beton do betona“ (Serbian). Vreme (2010-yil 29-iyul).
- ↑ Marko Valenta, The Bosnian Diaspora: Integration in Transnational Communities, p. 240
- ↑ „New hit - Ekrem Jevrić (Serbian)“. 2012-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-may.
- ↑ Bizarre Balkan musician (Slovenian)
- ↑ 7,0 7,1 Jadadin, Edin. Estrada, n. 18, p. 44
- ↑ „Zvijezda Kanade i Amerike Ekrem Jevrić: Moja pjesma je pjesma o istini (croatian)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.
- ↑ Ovako je izgledala sahrana Ekrema Jevrića! (Serbian)