Ella Aleksandrovna Pamfilova (12-sentyabr 1953-yil, Olmaliq, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR)[1][2] sovet va rus siyosatchisi, davlat arbobi. 2016-yil 28-martdan Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi[3]. 2016-yil 3-martdan Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi.

Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Ella Aleksandrovna Pamfilova

12-sentyabr 1953-yil
Olmaliq, Toshkent viloyati, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Moskva energetika instituti
Kasbi muhandis

Ella Pamfilova 1989–1991-yillda SSSR xalq deputati boʻlgan. 1994–1999-yillar oraligʻida I va II chaqiriq Davlat Dumasida deputat lavozimida faoliyat olib borgan. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi inson huquqlari boʻyicha komissiya raisi (20022004). Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlari va inson huquqlarini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha Kengash raisi (20042010). Rossiya Federatsiyasida inson huquqlari boʻyicha vakil (2014-2016).

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli Ella Pamfilova Yevropa ittifoqi, Birlashgan Qirollik, AQSh, Kanada, Shveysariya va Ukrainaning barcha mamlakatlarining xalqaro sanksiyalari ostida qolgan[4].

Tarjimai holi

tahrir

Ella Aleksandrovna 1953-yil 12-sentyabrda Toshkent viloyatining (O'zbekiston SSR) Olmaliq shahrida tavallud topgan. Bolaligi va yoshligini shu yerda oʻtkazgan.

1976-yilda Moskva energetika institutini elektron texnika muhandisi mutaxassisligi boʻyicha bitirgan[5].

Pamfilova 1976–1986-yillarda „Mosenergo“ ishlab chiqarish birlashmasining Markaziy taʼmirlash-mexanika zavodida usta va muhandis-texnolog boʻlib ishlagan[6].

Pamfilova 1985-yil apreldan 1990-yil iyulgacha qayta qurish davrida KPSS aʼzosi boʻlgan. „Mosenergo“ partiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 1990-yilda partiyadan chiqqanidan soʻng, mintaqalararo deputatlar guruhiga qoʻshildi. Bu guruhda Andrey Saxarov va Boris Yeltsin ham bor edi[7].

Ella 1986-yil oktyabrdan 1989-yil avgustgacha „Mosenergo“ kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi boʻlgan[6][8].

2001-yil mart oyida fuqarolik qadr-qimmati harakati raisi etib saylandi.

Pamfilova 2001-yilda Butunrossiya fuqarolik forumining hamkor tashkilotchisi boʻlib, uning maqsadlaridan biri prezident maʼmuriyati va inson huquqlari hamjamiyati oʻrtasida aloqa oʻrnatish edi[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Памфилова, Элла — бывший председатель Совета по содействию развитию институтов гражданского общества и правам человека“ (ru). Lenta.ru. 2013-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
  2. „Биография Эллы Памфиловой“ (ru). РИА Новости (2013-yil 12-sentyabr). 2013-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
  3. „Элла Памфилова возглавила ЦИК“. ТАСС. 2016-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
  4. „Памфилова Элла Александровна - биография, досье, активы | Voyna i sanksii“ (ru). sanctions.nazk.gov.ua. Qaraldi: 2022-yil 25-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  5. „Биография Эллы Памфиловой — РИА Новости, 28.03.2016“. 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „NEWSru.com :: ЦИК объяснил впечатлившие Навального доходы Памфиловой продажей недвижимости, а самого оппозиционера обвинил в «мелкой мести»“. 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  7. 7,0 7,1 Карпенко М., Миллер Л.; Зеленский М., Бекбулатова Т.. {{{editor}}}: „Человек по натуре свободный“. Холод (2021-yil 25-fevral). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  8. Карпенко М., Миллер Л.; Зеленский М., Бекбулатова Т.. Горбачёв А.: „Человек по натуре свободный“. Холод (2021-yil 25-fevral). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.