Ellen Ochoa (talaffuzi: Ellen Ochua1958-yil 10-mayda tug'ilgan) - amerikalik muhandis, sobiq astronavt va Jonson kosmik markazining sobiq direktori[1]. 1993-yilda Ochoa Space Shuttle bortida to'qqiz kunlik missiyada xizmat qilgan. U kosmosga uchgan birinchi ispaniyalik ayol bo'ldi[2]. Ochoa 2012-yil 31-dekabrda Jonson kosmik markazining direktori bo‘ldi[3].

Ellen Ochoa
Tavalludi 10-may 1958-yil (1958-05-10) (66 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Jonson kosmik markazi direktori
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
41 kun 19 soat 35 daqiqa
Tanlash 1990 NASA guruhi
Missiyalar STS-56, STS-66, STS-96, STS-110
Missiya belgisi

Erta hayot va ta'lim

tahrir

Ellen Lauri Ochoa 1958-yil 10-mayda Los-Anjelesda ( Kaliforniya)[4] Jozef va Rozanna Ochoa oilasida tugʻilgan. U Kaliforniyaning La Mesa shahrida o'sgan[1]. Ochoa o'rtancha farzand bolib, ota-onasining hech biri oliy ma'lumotga ega emas edi[5].

Ochoa 1975-yilda El Cajondagi Grossmont o'rta maktabini tamomlagan. U o'rta maktabda o'qib yurganida ota-onasi ajrashgan. U onasi va ukalari bilan yashagan[6].

Ochoa San-Diego davlat universitetida fizika bo'yicha bakalavr darajasini oldi. 1985-yilda Stenford elektrotexnika bo'limida fan magistri va doktorlik darajasiga ega bo'ldi. San-Diego shtat universitetida o'qigan davrida u fizika, matematika va muhandislik fanlarini yaxshi ko'rardi. Keyinchalik, fizika bo'yicha mutaxassis bo'lishga qaror qildi[5].

Karyera

tahrir

Tadqiqot

tahrir

Ochoa Sandia National Laboratories va NASA Ames tadqiqot markazida tadqiqotchi sifatida faoliyat olib bordi[1]. NASA Ames tadqiqot markazida u asosan avtomatlashtirilgan kosmik tadqiqotlar uchun optik tizimlar ustida ishlaydigan tadqiqot guruhini boshqargan[1]. Sandia milliy laboratoriyalarida u optika haqida bilganlarini yadroviy qurollar bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlarda qo'lladi[5]. Ochoa Shuningdek optik tekshirish tizimi, optik ob'ektni aniqlash usuli va tasvirlardagi shovqinni yo'qotish usuli uchun uchta patent bo'yicha muallif hisoblanadi.


Amesdagi Intellektual tizimlar texnologiyasi bo'limi boshlig'i sifatida u 35 muhandis va olimlarni aerokosmik missiyalar uchun boshqargan. Ochoa texnik konferentsiyalar va ilmiy jurnallarda ko'plab ma'ruzalari bilan chiqqan[7].

 
Ochoa Robonaut 2 yonida, 2010-yil 4-avgustda OAJ media kunida.

1985-yilda doktor Ochoa NASA Astronavt dasturiga ariza yubordi. Udan intervyu olindi, lekin tanlanmadi. U o'z arizasini yangilab turdi, shuningdek, operatsion tajriba orttirish uchun uchuvchi litsenziyasini oldi va 1990-yildagi kosmonavtlar sinfining bir qismi sifatida yana suhbatga taklif qilindi[5].

Ochoa 1990-yilning yanvarida NASA tomonidan tanlangan va 1991-yilning iyulida astronavt bo‘lgan[1]. Uning Astronavtlar idorasidagi texnik topshiriqlari qatoriga parvoz dasturlari, kompyuter texnikasi va robototexnika bo‘yicha vakil, Astronavtlar idorasi boshlig‘ining Kosmik stansiya bo‘yicha yordamchisi, Missiyalarni boshqarish bo‘yicha yetakchi kosmik aloqa operatori (CAPCOM) va missiya boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida xizmat qilish kiradi.

Ochoa 1993-yilda Space Shuttle bortida to‘qqiz kunlik missiyada xizmat qilga[8][9]. U koinotga uchgan birinchi ispaniyalik ayol bo‘ldi. Shuttle missiyasining maqsadi Yerning ozon qatlamini o'rganish edi. To'rtta kosmik parvozlar faxriysi bo'lgan Ochoa kosmosda 1000 soatga yaqin vaqt o'tkazgan[10]. U STS-56 da missiya mutaxassisi (1993), STS-66 da foydali yuk komandiri, STS-96 va STS-110 da missiya mutaxassisi va bort muhandisi sifatida qatnashgan[1][11].

2007-yilda kosmik kemalar operatsiyalaridan nafaqaga chiqqanidan so'ng, Ochoa NASAning Jonson kosmik markazi direktori o'rinbosari bo'lib ishladi. Astronavtlar idorasi va samolyot operatsiyalarini boshqarishga yordam berdi. 2013-yil 1-yanvarda Ochoa Jonson kosmik markazining direktori bo'ldi[12].

Milliy xizmat

tahrir

Ochoa 2018-2020-yillarda Milliy fan kengashi raisining o'rinbosari etib tayinlandi. Hozirda u Texnologiya va innovatsiyalar milliy medaliga nomzodlarni baholash qo'mitasiga raislik qilmoqda [13].

Shaxsiy hayot

tahrir

Ochoaning eri Ko Miles, intellektual mulk bo'yicha advokat bo'lgan[14]. Ularning ikki nafar o‘g‘li bor[14]. Ochoa klassik fleytchi bo'lib, Stenford simfonik orkestri bilan birga nay chalgan. Kosmosga birinchi missiyasida u o'zi bilan nay olib chiqqan[15].

Tan olish

tahrir
 
Ochoa 2014-yil

Vashington shtatining Pasco shahrida joylashgan Ochoa o'rta maktabi, Kudaxidagi Ellen Ochoa boshlang'ich maktabi va Sharqiy Los-Anjelesdagi Ánimo Ellen Ochoa Charter o'rta maktabi uning sharafiga nomlangan. Bundan tashqari, Grand Prairie, Texas Ben Milam boshlang'ich maktabida Ellen Ochoa STEM akademiyasi va Kaliforniyaning Piko Rivera shahrida Ellen Ochoa tayyorgarlik akademiyasi mavjud[16]. Tulsa shahridagi ittifoq jamoat maktablaridan, yangi boshlang'ich maktabga uning nomi berilan[17].

Ochoa Vashingtonning Pasco shahridagi Ochoa o'rta maktabining raketa logotipi tushirilgan bayroq bilan 2002-yil aprel oyida Xalqaro kosmik stansiyaga 11 kunlik missiya uchun Shuttle Atlantis bortida uchib ketdi. Ochoa 2002-yilda maktabga maxsus mehmon sifatida tashrif buyurdi va bayroqni qaytarib berdi shundan so'ng bayroq, doimiy ravishda namoyish etib kelinadi[18].

Ochoa ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan, ular orasida NASAning "Buyuk xizmatlari uchun" medali (2015)[19], Favqulodda xizmat medali (1997), Ajoyib yetakchilik medali (1995), kosmik parvoz medallari (2002, 1999, 1994, 1993) shular jumlasidan[1]. Ochoa Hispanic Executive jurnalining 2017-yilgi “Best of the Boardroom” [20] sonida Jonson kosmik markazi direktori lavozimidagi faoliyati uchun tan olingan. U 2018-yilgi Xalqaro havo va kosmik shon-shuhrat zali sinfiga kiritildi[21].

Ochoa Amerika Fanni Rivojlantirish Assotsiatsiyasi, Amerika Aeronavtika va Astronavtika Instituti, Milliy Ixtirochilar Akademiyasi maʼzosi[13].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Astronaut Bio: Ellen Ochoa“. NASA (2018-yil may). Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  2. „Space Today Online -- Man In Space Firsts -- table of contents“. www.spacetoday.org. Qaraldi: 2019-yil 8-oktyabr.
  3. „Ochoa Named Johnson Space Center Director: Coats to Retire“. NASA (2012-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  4. „Ellen Ochoa“. NNDB. Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Kelly. „Ellen Ochoa: First Latina Astronaut, Inventor and Now Director of “Mission Control”“. 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Iverson, Teresa. Ellen Ochoa. Heinemann-Raintree Library, 2006. 
  7. Ellis, Lee. Who's who of NASA astronauts, 1st, Americana Group Pub, 2004 — 140-bet. ISBN 978-0966796148. Qaraldi: 2020-yil 30-may. 
  8. „Guide to Hispanic Heritage“. britannica.com.
  9. Curtis. „Space Today Online -- Man In Space Firsts -- table of contents“. www.spacetoday.org.
  10. Delmore. „Ellen Ochoa, the first Latina to go to space: How to get more women into STEM“ (en). NBC News (2019-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  11. „Spacefacts biography of Ellen Ochoa“.
  12. „Ochoa Named Johnson Space Center Director“. nasa.gov. Qaraldi: 2013-yil 10-yanvar.
  13. 13,0 13,1 „National Science Board“. National Science Board. Qaraldi: 2018-yil 1-dekabr.
  14. 14,0 14,1 Canales. „NASA Johnson Space Center Director Ellen Ochoa to Be Inducted Into U.S. Astronaut Hall of Fame. Release J17-001“ (2017-yil 14-fevral). Qaraldi: 2018-yil 12-noyabr.
  15. „Honorary Doctorate Awarded to Ellen Ochoa“. San Diego State University (2019-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  16. „Ellen Ochoa Prep Academy“ (en). ochoaprep.erusd.org. 2022-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
  17. Pickard, Arianna. „Union debuts 'community school' model with Ellen Ochoa Elementary“. Tulsa World (2017-yil 27-iyul). Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  18. „Ochoa Middle School“. Ochoa Middle School. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
  19. „Astronaut Ellen Ochoa becomes the first Hispanic woman in space“ (en). HISTORY. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
  20. „Hispanic Executive's 2017 Best of the Boardroom“. Hispanic Executive. Guerrero Media (2017-yil 25-aprel).
  21. „World's Most Prestigious Air & Space Hall of Fame to Enshrine Distinguished Class of 2018“. San Diego Air & Space Museum. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.