Emine Sulton (Sulton Abdulazizning qizi)

Emine Sulton (usmonli turkcha: امینه سلطان) (1874-yil 24-avgust — 1920-yil 30-yanvar) Usmonli malikasi, Usmonli sultoni Abdulaziz va Nesrin Sultonning qizi.

Emine Sulton
Tavalludi 24-avgust 1874-yil
Vafoti 30-yanvar 1920-yil(1920-01-30)
(44 yoshda)
Istanbul
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Mehmed Sharif Posho
Otasi Sulton Abdulaziz
Onasi Nesrin Xotun

Yoshligi tahrir

Emine Sulton 1874-yil 24-avgustda Dolmabahche saroyida tugʻilgan. Uning otasi Sulton Abdulaziz Sulton Mahmud II va Pertevniyal Sultonning oʻgʻli, onasi esa Shahzoda Ismoil Zevsh-Barakayning qizi Nesrin Xotun edi. U otasining kenja qizi va onasining ikkinchi farzandi edi. Uning ismi goʻdakligida vafot etgan otasining oldingi turmushidan boʻlgan oʻgay opasining sharafiga qoʻyilgan edi. U Shahzoda Mehmed Shevketning kenja singlisi edi.

Uning otasi Abdulaziz 1876-yil 30-mayda posholari tomonidan taxtdan agʻdarilgan, uning oʻrniga jiyani Murod V sulton boʻlgan.[1] Ertasi kuni uni Feriye saroyiga koʻchirishadi.[2] Abdulaziz atrofidagi ayollarni Dolmabahche saroyini tark etishni istamadi. Shuning uchun birgalikda Feriye saroyiga joʻnatishdi. Bu jarayonda ular boshdan-oyoq tintuv qilinib, barcha qimmatli narsalar tortib olindi. 1876-yil 4-iyunda[3] Abdulaziz sirli sharoitda vafot etadi. Uning oʻlimi haqida qasddan qilingan degan fikrlar ham bor. dushmanlari boʻynini qaychi bilan kesishgan degan maʼlumotlar bor. Uning onasi bir necha kundan keyin, 1876-yil 11-iyunda vafot etdi, Emine Sulton hali ikki yoshga toʻlmaganida, uni katta akasi valiahd Shahzoda Yusuf Izzeddin oʻz xonadonida tarbiyalagan.

Nikohi tahrir

Sulton Abdulhamid II uning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Abdulqodirni Emine Sultonga uylantirishga qaror qiladi, biroq u bu nikohni rad etadi. Boisi, garchi Sulton buni oʻrinli deb bilgan boʻlsada, oʻzidan yosh shahzoda bilan turmush qurishni istamas edi.[4]

1901-yilda Abdulhamid oʻzining vazifalari boʻlgan akasining qizlarini turmushga berishni amalga oshiradi, Sulton Murod V ning ikki qizi, malikalar Hatiche Sulton va Fehime Sultonlarni turmushga berdi. Emine Sultonni ham yigirma yetti yoshida 1901-yil 3-sentyabrda Yulduz saroyida Mehmed Sharif poshoga turmushga berdi. Mehmed Sharif Posho sharq tarixi va adabiyotidan xabardor olim boʻlgan, tarjimalari bilan tanilgan inson edi.[5] Er-xotinga Mehmed Sodiq Poshoning Chorşikapida joylashgan saroyi berildi.

1910-yilning yanvarida Emine va uning eri Istanbulda Radikal Usmonli partiyasini tashkil qilishda Ahmad Fehmi Bey tahallusi bilan Kamol Beyga yordam berishdi. Ushbu tashkilotning filiallari Bursa va boshqa Anato lian shaharlarida tashkil etilgan edi. Ularning imperiya ichidagi faoliyati kengayganidan koʻp oʻtmay, hukumat fitnachilarning harakatlaridan toʻliq xabardor boʻlib, ularning imperiyadagi aloqalari haqida maʼlumot toʻplashni boshlashdi.[6]

Oʻlimi tahrir

Emine Sulton 1920-yil 30-yanvarda qirq besh yoshida Istanbulda vafot etdi va Istanbuldagi Divanyoʻlidagi Sulton Mahmud II maqbarasiga dafn qilindi.

Faxriy unvonlari tahrir

  • Usmon xonadoni ordeni
  • Javohirli Mejidiy ordeni
  • 1-darajali xayriya ordeni[7]

Shajarasi tahrir

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8. Abdulhamid I
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. Mahmud II
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9. Nakşidil Sulton
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Abdulaziz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5. Pertevniyal Sulton
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Emine Sulton
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6. Ismail Zevş-Barakay
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Nesrin Xotun
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Manbalar tahrir

  1. Zürcher, Erik J.. Turkey: A Modern History, Revised Edition. I.B.Tauris, October 15, 2004 — 73 bet. ISBN 978-1-850-43399-6. 
  2. Shaw, Stanford J.. History of the Ottoman Empire and Modern Turkey: Volume 2, Reform, Revolution, and Republic: The Rise of Modern Turkey 1808-1975, Volume 11. Cambridge University Press, 1976 — 164 bet. ISBN 978-0-521-29166-8. 
  3. Davison, Roderic H.. Reform in the Ottoman Empire, 1856-1876. Princeton University Press, December 8, 2015 — 341 bet. ISBN 978-1-400-87876-5. 
  4. „Sultan Abdülhamid'in Haşari Şehzadesi Abdülkâdir Efendi“. www.erkembugraekinci.com (2019-yil 15-aprel). Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
  5. „Saray'a Damat Olmak...“. www.erkembugraekinci.com (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
  6. Kansu, Aykut. Politics in Post-Revolutionary Turkey, 1908-1913, Social, Economic and Political Studies of the Middle East and Asia. Brill, 2021 — 186 bet. ISBN 978-90-04-49182-3. 
  7. Yılmaz Öztuna. Başlangıcından zamanımıza kadar büyük Türkiye tarihi: Türkiye'nin siyasî, medenî, kültür, teşkilât ve san'at tarihi. Ötüken Yayınevi, 1978 — 165 bet. 

Kitobiy manbalar tahrir

  • Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5. 
  • Mustafa Çağatay Uluçay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara, Ötüken, 2011. 
  • Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6. 
  • Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara, Ötüken, 2011.