Yıldız saroyi (turkcha: Yıldız Sarayı) — Turkiyaning Istanbul shahrida XIX asr va XX asr boshlarida qurilgan sobiq imperatorlik Usmonli saroylari va villalarining ulkan majmuasi. Saroy XIX asr oxirida Sulton va uning oilasi tomonidan qarorgoh sifatida foydalanilgan. Saroy qurilishi qachon boshlanganligi haqida aniq maʼlumot yoʻq boʻlib, 1880-yilda foydalanishga topshirilgan.

Yıldız saroyi
turkcha: Yıldız Sarayı

Saroyning old koʻrinishi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Saroy
Shahar Istanbul
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Koordinatalar 41°02′58″N 29°00′40″E / 41.04944°N 29.01111°E / 41.04944; 29.01111
Qurilishi tugagan 1880-yil
Egasi Turkiya hukumati
Yıldız saroyi

Qurilish tarixi tahrir

 
1909-yilda Yıldız saroyi

Yıldız Sarayı „Yulduz saroy“ degan tarjimani beradi. Saroy 1880-yilda qurib bitkazilgan va Abdulhamid II tomonidan foydalanilgan[1]. Bu hudud Sulton Sulaymon I davridan (1520-1566) boshlab sultonlarning ov joyi boʻlgan. Saroy hududi dastlab tabiiy oʻrmonlardan iborat boʻlib, Sulton Ahmad I (1603-1617) davrida imperator mulkiga aylangan. Ahmad Idan keyin turli sultonlar bu yerlarda dam olishni yoqtirganlar va sultonlar Abdulmajid I va Abdulaziz I bu yerda qasrlar qurdirishgan[2]. Yildiz saroyi bogʻlar va vodiylarning katta maydonidan iborat majmua edi. Bu anʼanaviy Usmonli meʼmorchiligining namunasi edi. Birinchi shiypon Sulton Salim III tomonidan 1798-yildan 1808-yilgacha uning onasi Sulton Mihrishah uchun qurilgan[3].

XIX asr oxirida Sulton Abdulhamid II Bosfor boʻgʻozi soxilida joylashgan Dolmabahche saroyiga dengizdan hujum qilinishidan qoʻrqib, saroyni tark etdi. U Yulduz saroyini kengaytirdi va mashhur italyan arxitektori Raimondo D’Aronkoga saroy majmuasiga yangi binolar qurishni buyurdi. Sulton Yildiz saroyiga koʻchib oʻtgach, saroy Usmonli hukumatining tarixdagi toʻrtinchi oʻrni boʻldi. (avvalgilari Edirnedagi Eski Saroy, Istanbuldagi Topkapı saroyi va Dolmabahçe saroylari edi)

Saroy tahrir

 
Yıldız chinni fabrikasi

Saroyda koʻplab masjidlar, xonalar, Teatr va opera uylari, hammomlar, bogʻlar va muzey joylashgan.

Yıldız masjidi tahrir

Abdulhamid II tomonidan Yildiz masjidi 1885-1886-yillarda qurilgan. Masjid reja sxemasi va bezaklari bilan kech Usmonli meʼmorchiligining eng tipik namunalaridan biri hisoblanadi.

Yildiz masjidi Beshiktosh Barbaros bulvarining shimoliy qismida, Yildiz saroyiga boradigan yoʻlda joylashgan. Haqiqiy nomi Hamidiye boʻlsa-da, koʻproq Yildiz masjidi nomi bilan mashhur.

Dizayn tahrir

Saroy murakkab tuzilishga ega boʻlib, uning tarkibiga Buyuk Mabeyn, Shale koʻshki, Malta koʻshki, Chodir koʻshki, Yildiz teatri va opera uyi, Yildiz saroyi muzeyi va imperator chinni ishlab chiqarish zavodi kiradi. Yildiz saroy bogʻi ham Istanbuldagi mashhur dam olish maskani edi. Bir koʻprik Yildiz saroyi va Çırağan saroyini Bosfor boʻgʻozi ustidagn bu bogʻga ulagan.

Yildiz saroyi soat minorasi tahrir

Soat minorasi Yildiz masjidi hovlisining janubi-gʻarbiy burchagida joylashgan boʻlib, 1890-yilda qurilgan. Minora sharqshunoslik va neogotizm uygʻunligidan iborat dizaynga ega boʻlib, burchaklari singan kvadrat rejada koʻtarilgan uch qavatli minora. Minora uchli va dilimlangan gumbaz bilan qoplangan.

Imperial chinni fabrikasi tahrir

1895-yilda yuqori sinfning Yevropa uslubidagi keramika ehtiyojlarini qondirish uchun ochilgan fabrika. Koʻpincha Bosfor koʻrinishi tasvirlangan kosalar, vazalar va laganlar ishlab chiqarilgan. Bino oʻrta asr qal’alarini eslatuvchi koʻrinishga ega.

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „The luxurious palaces of the Ottoman Empire“. DailySabah. Qaraldi: 2018-yil 22-yanvar.
  2. „Yildiz Palace“ (en-US). Istanbul View (2014-yil 25-mart). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  3. Centre, UNESCO World Heritage „Yıldız Palace Complex“ (en). UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.