Eng gullagan yoshlik chogʻimda

Hamid Olimjon sheʼri asosida Kozim Qayumov ijro etgan ashula
(Eng gullagan yoshlik chog'imdadan yoʻnaltirildi)

Eng gullagan yoshlik chogʻimda“ — rejissor Melis Abzalovning „Chinor tagidagi duel“ filmi uchun maxsus yozilgan qoʻshiq[1]. Filmda qoʻshiqni Rashid Malikov oʻynagan Nortoy obrazi ijro etsa-da, aslida ashulani Kozim Qayumov kuylagan.

„Eng gullagan yoshlik chogʻimda“
Kozim Qayumov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1979
Davomiyligi 3:59
Matn muallif(lar)i Hamid Olimjon
Bastakor(lar) Yevgeniy Shiryayev
Klipi
„Eng gullagan yoshlik chogʻimda“ YouTubeda

Qoʻshiq oʻzbeklar orasida keng miqyosda ommalashgan boʻlib, bir necha sanʼatkor, jumladan, „Farhod va Shirin“ guruhi, Nilufar Usmonova, Samandar Hamroqulov, Shuhrat Daryo va boshqalar uning kaverini yozgan.

„Eng gullagan yoshlik chogʻimda“ oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning XX asr oʻzbek lirikasining eng sara namoyandalaridan biri hisoblanuvchi shu nomli sheʼriga bastalangan[2]. Qoʻshiq kuyini rus kompozitori Yevgeniy Shiryayev bastalagan[3].

Originali

Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.
Shunda koʻzim koʻrdi bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.

Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining boʻyi bilan mast.
Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yoʻqoldim.

Quchoq-quchoq gullar terganim,
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda yoding.
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

Filmdagi versiya

Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.
Shunda koʻzim koʻrdi bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.

Quchoq-quchoq gullar terganim,
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda yoding.
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

Kozim Qayumov ijrosidagi toʻliq versiya

Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.
Shunda koʻzim koʻrdi bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.

Quchoq-quchoq gullar terganim,
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda yoding.
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

Quchoq-quchoq gullar terganim,
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda yoding.
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

Manbalar

tahrir
  1. „„Eng gullagan yoshlik chogʻimda“… qayta jonlangan tarona Botir Yaminovdan“. Popcorn (23-mart 2015-yil). Qaraldi: 27-may 2022-yil.
  2. Rahimjonov, Noʻmon „Tiriklik nashidasi“. Ziyouz. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati (2009). Qaraldi: 27-may 2022-yil.
  3. Muxtorova, Muhayyo (2-fevral 2010-yil). „„Chinor tagidagi duel" filmida xarakter masalasi“. 84–90-bet. doi:doi:https://doi.org/10.37547/supsci-ojss-02-01-10. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam); Check |doi= value (yordam)CS1 maint: date format ()

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 6-iyun, 2022-yil(2022-06-06) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.