Ennio De Giorgi (talaffuzi: Ennio De Jorji) (8-fevral 1928-yil – 25-oktabr 1996-yil) — italiyalik matematik. Giorgi qisman differensial tenglamalar hamda matematika asoslari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1990-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Ennio De Giorgi
Tavalludi 8-fevral 1928-yil(1928-02-08)
Lecce, Italiya
Vafoti 25-oktabr 1996-yil(1996-10-25)
(68 yoshda)
Pisa, Italiya
Fuqaroligi Italiya
Sohasi Matematika
Institutlar Pisa oliy normal maktabi
Akademik rahbarlari Mauro Picone
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari Caccioppoli toʻplami
Hilbertning 19-masalasi yechimi
Minimal sath
Mashhur sovrinlari Caccioppoli mukofoti (1960)
Wolf mukofoti (1990)

Giorgi koʻplab mukofot va sovrin bilan taqdirlangan. 1993-yil Paris unviversitetidan matematika boʻycha, 1992-yil esa Lecce universitetidan falsafa boʻyicha faxriy darajalarni olgan. 1995-yil AQSh Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan.

Giorgi minimal sathlar boʻyicha Bernstein masalasini yechgan. 1957-yil elliptik qisman differensial tenglamalar boʻyicha Hilbertning 19-masalasi yechimini topgan. Giorgidan mustaqil tarzda John Nash ham ayni masala ustida ishlayotgan boʻlgan va ikki olim alohida yechim topgan.