Enock Mwepu (talaffuzi: Inok Mvepu; 1998-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — Zambiyalik professional futbolchi, Premier League vakili Brighton & Hove Albion klubida yarim himoyachi va Zambiya terma jamoasi sardori[3].

Enock Mwepu
Mwepu 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Enock Mwepu[1]
Tavallud sanasi 1-yanvar 1998-yil (1998-01-01) (26 yosh)
Tavallud joyi Lusaka, Zambia
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brighton & Hove Albion
Raqami 12
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2017 NAPSA Stars
2017 Kafue Celtic
2017-2021 Red Bull Salzburg 72 (9)
2017-2018Liefering (ijara) 23 (6)
2021- Brighton & Hove Albion 18 (2)
Milliy terma jamoa
Zambiya U17
2017-2018 Zambiya U20 10 (3)
2017- Zambiya[2] 23 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Ilk tahrir

Mwepu faoliyatini 2013-yilda Lusakadagi Kafue Celtic bilan boshladi, keyin Airtel Rising Starsga oʻtdi. 2015-16-yilgi mavsumda Mwepu Copperbeltning Power Dynamos futbol klubi bilan oz vaqt oʻynadi. 2016-yilgi mavsum oxirida NAPSA Starsga oʻtdi.

2017-yil iyun oyida Mwepu Red Bull Salzburgga qoʻshildi va Avstriya Futbol Birinchi Ligasida oʻynaydigan Zalsburgning Liefering klubiga ijaraga berildi[4]. 2019- va 2020-yilgi mavsumda Mwepu oʻzini Salsburgning asosiy tarkibidan joy oldi. UEFA Chempionlar ligasida debyutini Anfieldda Liverpool ga 4:3 hisobida magʻlub boʻlganida oʻtkazdi[5]. 2019-yilning 18-dekabrida Mwepu „Zalsburg“ bilan shartnomasini 2024-yilning yoziga qadar uzaytirdi[6].

Brighton & Hove Albion tahrir

2021-yilning 6-iyulida Enock nomaʼlum to‘lov evaziga to‘rt yillik shartnoma asosida Premer-liganing „Brighton & Hove Albion“ jamoasiga o‘tdi[7]. 31-iyul kuni Luton Townda boʻlib oʻtgan mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvida jamoasi bilan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[8]. 14-avgust kuni 2021-22-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida Albiondagi debyutini oʻtkazdi va Enock „Turf Moor“da 2:1 hisobidagi gʻalabali oʻyinning 2-boʻlimida Adam Lallanaga almashtirildi[9].

Mwepu 21-avgust kuni oʻz uyidagi debyutini mavsumning ikkinchi oʻyinida Watford ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxiradan oʻtkazdi[10]. Mwepu Brentfordga qarshi oʻyinda Leandro Trossardning goliga assistentlik qildi[11].

Mwepu 2022-yilni va umuman Sussexdagi vaqtini jarohat va kasallik tufayli kam oʻynadi[12]. Jarohatdan qaytganidan keyingi ilk startida Mwepu 9-aprel kuni Arsenalga safarda 2:1 hisobida gʻalabali oʻyinda Trossardning goliga golli uzatmani amalga oshirdi va bu Brightonning yettita uchrashuvini gʻalabasiz yakunlashiga yordam berdi[13].

Mwepu aprel oyida sonidan yengil jarohat oldi va shu bilan mavsumning soʻnggi oʻyinida maydonga tushishga muvaffaq boʻldi, jamoasi oʻz uyida West Ham ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi, toʻqqizinchi oʻrinda mavsumni yakunladi[14].

Terma jamoalardagi faoliyati tahrir

2014-yilda Mwepu 2015-yilgi Afrika U-17 chempionatida mamlakatni himoya qilgan. 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoa tarkibida boʻlgan, u yerda Zambiya A guruhidan Niger, Nigeriya va Gvineya bilan oʻynagan[15]. Mwepu oʻzining koʻp qirraliligi bilan mashhur[16].

Mwepu Zambiya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro golini AFCON saralash bosqichida 2017-yil 2-sentyabrda Lusakada Jazoirga qarshi o‘yinda kiritdi, o‘yinda Zambiya 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Mwepuning ukasi Fransisko Mwepu ham professional futbolchi[17].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klublarda tahrir

2021–22-yilgi mavsum oxiri[18]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Red Bull Zalsburg 2017-18 Avstriya Bundesligasi 8 1 2 0 0 0 10 1
2018-19 Avstriya Bundesligasi 19 1 3 1 6[lower-alpha 1] 0 28 2
2019-20 Avstriya Bundesligasi 25 4 4 1 7[lower-alpha 2] 0 36 5
2020-21 Avstriya Bundesligasi 29 5 6 5 10[lower-alpha 3] 0 45 10
Jami 81 11 15 7 0 0 23 0 119 18
Brighton & Hove Albion 2021-22 Premer-liga 18 2 1 0 2 1 21 3
Jami faoliyati 99 13 16 7 2 1 23 0 140 21
  1. One appearance in UEFA Champions League, five in UEFA Europa League
  2. Five appearances in UEFA Champions League, two in UEFA Europa League
  3. Eight appearances in UEFA Champions League, two in UEFA Europa League

Xalqaro gollar tahrir

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Zambiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Mwepu golidan keyin ochkoni koʻrsatadi[19].
Enock Mwepu tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2017-yil 2-sentyabr Milliy qahramonlar stadioni, Lusaka, Zambiya   Jazoir 3-1 3-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2019-yil 16-iyun Stade de Marrakech, Marrakesh, Marokash   Marokash 3-2 3-2 Doʻstona
3 2020-yil 12-noyabr Milliy qahramonlar stadioni, Lusaka, Zambiya Botsvana 1-1 2-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi saralashi
4 2021-yil 3-sentyabr Stade Olympique, Nuakchott, Mavritaniya Mavritaniya 1-0 2-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2022-yil 25-mart Kervansaray sport markazi — Field 1, Antaliya, Turkiya   Kongo 1-0 3-1 Doʻstona
6 2022-yil 7-iyun Milliy qahramonlar stadioni, Lusaka, Zambiya Komor orollari 1-1 2-1 2023 Afrika Millatlar Kubogi saralashi

Yutuqlari tahrir

Red Bull Salzburg[20]

  • Avstriya Bundesligasi : 2017-18, 2018-19, 2019-20, 2020-21
  • Avstriya kubogi : 2018-19, 2019-20, 2020-21

Zambiya U20[21]

  • Afrika U-20 Millatlar Kubogi : 2017
  • COSAFA U-20 kubogi : 2016[22]

Individual

  • Brighton & Hove Albionning mavsum goli: 2021-22[23]

Manbalar tahrir

  1. „2021/22 Premier League squads confirmed“. Premier League (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  2. „Enock Mwepu“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
  3. „Zambia U20 star Mwepu joins Austria's Salzburg“. BBC Sport (2017-yil 22-iyun).
  4. „Zambia U20 star Mwepu joins Austria's Salzburg“. BBC Sport (2017-yil 22-iyun).
  5. Salzburg, Andy Hunter at the Stadion. „Liverpool reach last 16 after Naby Keïta and Mo Salah douse Salzburg's fire“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  6. „DAKA, MWEPU AND KOITA EXTEND UNTIL 2024“. redbullsalzburg.at. FC Red Bull Salzburg (2019-yil 18-dekabr). 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  7. „Mwepu joins Albion from Red Bull Salzburg“ (en). www.brightonandhovealbion.com (2021-yil 6-iyul). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  8. „Albion claim first win of pre-season at Luton - Brighton & Hove Albion“. Brighton & Hove Albion. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  9. „Burnley 1-2 Brighton & Hove Albion: Substitute Alexis Mac Allister seals comeback win - BBC Sport“. BBC Sport (2021-yil 14-avgust). Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  10. „Brighton & Hove Albion: 2-0 Watford: Brighton make best start to a top-flight campaign - BBC Sport“. BBC Sport (2021-yil 21-avgust). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  11. „Brighton & Hove Albion 2-0 Brentford: Trossard lob helps Seagulls end winless run - BBC Sport“. BBC Sport (2021-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  12. „'I feel for him' - Graham Potter lifts lid on Enock Mwepu's injury woes and talks return goals - SussexLive“. SussexLive (2022-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  13. „Arsenal 1-2 Brighton: Gunners boss Mikel Arteta 'concerned' by performance in home defeat - BBC Sport“. BBC Sport (2022-yil 9-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  14. „Brighton 3-1 West Ham: David Moyes' side must settle for Europa Conference League“. BBC Sport Sport (2022-yil 22-may). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  15. „Under-17 coach unveils provisional squad“. 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  16. „Player Enock Mwepu“. Zedsoccer. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  17. „Im Geburtstalk: Francisco Mwepu“. sksturm.at. SK Sturm Graz (2021-yil 1-mart). 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  18. Enock Mwepu Soccerway saytida. Qaralgan sana: 27 August 2021.
  19. „E. Mwepu“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  20. „E. Mwepu“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  21. „E. Mwepu“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  22. „FULLTIME – COSAFA U20: South Africa 1 Zambia 2 – Final“ (en-GB). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  23. „Cucurella at the double at Players' Awards“. Brighton & Hove Albion (2022-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 10-may.