Esanbay Rajabov
Esanbay Rajabov – oʻzbek siyosatchisi va davlat arbobi[1]. Turli yillarda Qashqadaryo viloyatidagi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021-yilgacha Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi boʻlgan[2][3]. 1995-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan. „Fidokorona xizmatlari uchun“ hamda „El-yurt hurmati“ ordenlari sohibi. 2017-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan.
Rajabov Esanbay Rajabovich | |
---|---|
Tavalludi |
1940-yil |
Vafoti |
2024-yil 18-sentyabr Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Dini | Islom |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirEsanbay Rajabov Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugʻilgan. 1985-yil Toshkent oliy partiya maktabini, 1988-yili Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.
Faoliyati
tahrirFaoliyatini 1965-yilda Qarshi shahridagi universitetda oʻqituvchilikdan boshladi. 1966-yilda Qarshi politexnikumda yoshlar qoʻmitasi kotibi sifatida ishga kirdi. 1969-yildan 1971-yilgacha Qashqadaryo viloyati yoshlar qoʻmitasi targʻibot va madaniy-ommaviy ishlar boʻlimi mudiri lavozimda, 1971-yildan 1973-yilgacha „Qarshi qurilish“ boshqarmasiga tegishli „Qoʻriq qurilish“ trestining 16-mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonnasi boshligʻi, 1974-yildan 1978-yilgacha „Qarshi qurilish“ boshqarmasi xodimlar kasaba uyushmasining birlashgan qoʻmitasi raisi, 1978-yildan 1980-yilgacha Muborak tumani ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 1980-yildan 1982-yilgacha Qarshi shahri xalq nazorati qoʻmitasi raisi, 1982-yildan 1985-yilgacha Qarshi shahar partiya qoʻmitasining ikkinchi kotibi, 1985-yildan 1989-yilgacha Kasaba uyushmalari Qashqadaryo viloyati Kengashi kotibi, agrosanoat majmuyi xodimlari kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasining raisi sifatida faoliyat olib bordi. 1989-yildan 2005-yilgacha Kasaba uyushmalari Qashqadaryo viloyati kengashi raisi sifatida ishlagan. 2005-yilda esa Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.
Esanbay Rajabov haqida oʻsha yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi boʻlib ishlagan, ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva shunday iliq fikrlar bildirgan:
Esanbay Rajabov birgina Qashqadaryo viloyatining faxri, g'ururi, kayvonisi emas, balki mamlakatimizda koʻz-koʻz qilishga arziydigan fidoyi, yoshi ulugʻ, tajribali, bilimdon rahbarlardan biri desam, aslo mubolagʻa emas. Uning mehnatlari yurtboshimiz tomonidan bir necha bor taqdirlangan. 1995-yilda „Shuhrat“ medali bilan, 2008-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“ xamda 2014-yili „El-yurt hurmati“ ordenlarini olish baxtiga musharraf boʻlgan kasaba uyushmalari tashkilotlari ichida eng koʻp eʼtirof etilgani ham E.Rajabovdir, umumiy mehnat faoliyatiga 57 yil bo'lgan...
Mukofotlari
tahrirEsanbay Rajabovning koʻp yillik mehnati hukumat tomonidan mukofotlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yildagi farmoniga binoan, „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan. 2008-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“, 2014-yili El-yurt hurmati ordenlari bilan mukofotlangan. 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan[4].
Vafoti
tahrirEsanbay Rajabov 2024-yil 18-sentyabr kuni 80 yoshida vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Qashqadaryo Qalbi Daryo. Toshkent: MERIYUS, 2015 — 13-bet. ISBN 978-9943-988-14-9.
- ↑ „Qonunchilik palatasi Markaziy saylov komissiyasining 8 nafar yangi a'zolar nomzodini ma'qulladi“. UzReport.News (2021-yil 3-fevral).
- ↑ „Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatiladi“. Gazeta.uz (2021-yil 3-fevral).
- ↑ „Mirziyoyev ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi“. Kun.uz (2017-yil 26-avgust).