Esther Denise „Woj“ Hochman Wojcicki (familiyasining talaffuzi: [/wʊˈtʃɪtski/ wuu-CHITS-kee][1]; 1941-yilda tugʻilgan[2]) – amerikalik jurnalist, pedagog va Creative Commons maslahat kengashi raisining oʻrinbosari[3]. Wojcicki taʼlim va texnologiya sohalari boʻyicha taʼlim olgan[4]. U Kaliforniyaning Palo Alto shahrida yoʻlga qoʻyilgan Palo Alto High School Media Arts dasturining asoschisi[5].

Esther Wojcicki

Wojcicki 2014-yilda
Tavalludi
Esther Denise Hochman

1941 (yoshi 82–83)
Nyu-York shahar, Nyu-York shtat, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Berkeleydagi Kaliforniya universiteti (SB, JM)
Parij-Sorbonna universiteti (SM)
San Jose davlat universiteti (MA)
Kasbi Jurnalist, pedagog
Mashhur ishlari Moonshots: The Woj Way Pedagogical Philosophy (Trust Framework)
Turmush oʻrtogʻi Stanley Wojcicki
Bolalari 3 ta: Susan, Janet Anne

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Wojcicki 1941-yilda AQShning Nyu-York shtatida joylashgan Nyu-York shahrida tugʻilgan. U uch farzandning eng kattasi va oilasida birinchi boʻlib kollejga borgan. Uning ota-onasi 1930-yillarda Nyu-York shahriga kelgan rus yahudiy muhojirlari edi. Wojcicki tugʻilgandan keyin uning oilasi Janubiy Kaliforniyaga koʻchib oʻtdi[6][7]. Wojcicki yuqori maktabidagi sinfining eng aʼlochi oʻquvchisi boʻlgan[6]. U keyinchalik Berkeleydagi Kaliforniya universitetida oʻqigan va u yerni ingliz tili va siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. U, shuningdek, Berkeleyda oʻrta maktab oʻqituvchilik guvohnomasini va jurnalistika magistri darajasini oldi. Wojcicki Sorbonnada fransuz tili va fransuz tarixi boʻyicha magistr darajasiga, shuningdek, oʻrta maktab maʼmuriy guvohnomasiga va San Jose davlat universitetida taʼlim texnologiyasi boʻyicha magistr darajasiga ega[4][8].

Faoliyati

tahrir

Wojcicki 1984-yildan 2020-yilgacha Palo Alto yuqori maktabida jurnalistika va ingliz tilidan dars bergan[9]. U yerda Wojcicki keyinchalik Amerikadagi eng yirik dasturga aylangan jurnalistika dasturini boshladi[10]. U shuningdek, The Huffington Postda muntazam ravishda bir nechta nashrlar va bloglar uchun professional jurnalist sifatida ishlagan[4].

Wojcicki 1990-yilda „Shimoliy Kaliforniya jurnalistika sohasi boʻyicha yilning eng yaxshi oʻqituvchisi“ boʻlgan[4] va 2002-yilda Kaliforniyaning oʻqituvchilar malakasini tasdiqlovchi komissiyasi tomonidan Kaliforniyada „Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi“ sifatida tanlangan[10].

U Kaliforniya universitetining Prezident Oʻquv Dasturlari Qoʻmitasi idorasida ishlagan va u yerda Kaliforniya shtati uchun boshlangʻich hamda ilgʻor jurnalistika oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqishda yordam bergan[8]. 2009-yilda Wojcicki Columbia Scholastic Press Association tomonidan maktab matbuoti ishiga beqiyos sadoqati uchun „Oltin kalit“ bilan taqdirlandi[11]. Wojcicki, shuningdek, „Developmental Studies Center“ vasiylik kengashi[12] va „Alliance for Excellent Education“ boshqaruv kengashi aʼzosi[13].

U „Learning Matters“ kengashi raisi boʻlib ishlaydi[14] va THNK ijodiy yetakchilik maktabi maslahat kengashining ham aʼzosidir[15]. Wojcicki Explore Planet3 deb nomlangan oʻrta maktab oʻquvchilari uchun tadqiqotga asoslangan ilmiy platformaning oʻquv masalalari boʻyicha bosh direktori[16]. Wojcicki Vashingtondagi Newseum muzeyi va Freedom Forum tashkiloti boshqaruv kengashi aʼzosi ham hisoblanadi. U Palo Alto universiteti (2013) va Rhode Island dizayn maktabining (2016) faxriy doktori unvoniga ega.

Wojcicki Oregon universiteti Aloqa maktabi va Taʼlim maktabida (2016) Jurnalistik taʼlim tashabbusiga asos solgan. U, shuningdek, Moonshots in Education Movement (MiE; 2017) asoschisi. 2019-yilda Wojcicki ota-onalar uchun uchta qizini tarbiyalashda foydalangan falsafaga oid „How to Raise Successful People“ nomli kitobini nashr etdi[17]. U 2019-yil may oyida BBC Radio 4da efirga uzatiladigan „Womanʼs Hour“ dasturida oʻz hayoti va kitobini muhokama qilgan[18].

Wojcicki Palo Alto yuqori maktabida Steve Jobsning qizi Lisa Brennan-Jobsga oʻqituvchilik qilgan[19].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Wojcickining eri Stanley Wojcicki Stanford universitetida fizika professori boʻlib ishlaydi. Ularning uchta qizi: 2024-yilda vafot etgan Susan (YouTubening sobiq bosh direktori), Fulbright dasturi mukofotiga sazovor boʻlgan antropolog, pediatriya boʻyicha dotsent va tadqiqotchi Janet, Anne (23andMe asoschilaridan biri) va oʻnta nevarasi bor[10].

Mashhur ishlari

tahrir
  • How to raise successful children: simple lessons for radical results, London: Hutchinson, 2019. ISBN 9781786331267, OCLC 1090425189.
  • Moonshots in Education: Launching Blended Learning in the Classroom, Tinch okeani tadqiqot instituti: San-Fransisko, 2015. ISBN 978-1-934276-20-4.

Manbalar

tahrir
  1. "Esther Wojcicki - Empowering Students" YouTubeda
  2. Who's who in the West: A Biographical Dictionary of Noteworthy Men and Women of the Pacific Coast and the Western States. A.N. Marquis Company, 2004. ISBN 9780837909356. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel. 
  3. „Board of Directors - Creative Commons“. Creative Commons. Qaraldi: 2010-yil 5-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Hwang, Tim „Education Innovator Esther Wojcicki Joins Creative Commons Board“. Creative Commons (2008-yil 10-iyul). 2008-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-iyul.
  5. Esther Wojcicki (2013-06-09), Journalism and the Common Core Writing Standards, qaraldi: 2019-04-29
  6. 6,0 6,1 Lorenz, Elizabeth „People: Esther Wojcicki: Carrying the torch for free speech“. Palo Alto Online (1998-yil 29-aprel). Qaraldi: 2008-yil 23-iyul.
  7. Tramiel, Preeva „Esther Wojcicki: A Jewish mother of the tech revolution“. Jewish Woman's Archives (2012-yil 18-aprel).
  8. 8,0 8,1 „Curriki - Wojcicki“. 2015-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-iyul.
  9. Yip, Jaures; Mir; Li, a; Nemerov, Lucy; Rivera, Frida „The Woj Way: Campanile co-adviser Esther Wojcicki announces retirement“ (en-US). The Campanile (2020-yil 2-iyun). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Esther Wojcicki“. HuffingtonPost.com, Inc. Qaraldi: 2008-yil 23-iyul.
  11. „Esther Wojcicki receives Gold Key“. Columbia Scholastic Press Association. 2009-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-may.
  12. „Board of Trustees“. devstu.org. 2012-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-avgust.
  13. „Governing Board | Alliance for Excellent Education“ (2013-yil 29-mart). 2013-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-aprel.
  14. „Education Week Video“. learningmatters.tv.
  15. „Innovation & Creativity Development- THNK School of Creative Leadership“. THNK.
  16. „Home“ (en-US). Planet3. Qaraldi: 2017-yil 18-fevral.
  17. Wojcicki, Esther „How to Raise Successful People“. How to Raise Successful People.
  18. Presenter: Jenni Murray (2 May 2019). „Small Island, Esther Wojcicki, Natalie Haynes“. Woman's Hour. 0:47 daqiqa. BBC. BBC Radio 4. Qaraldi: 7 May 2019.
  19. Bowles, Nellie. „In 'Small Fry,' Steve Jobs Comes Across as a Jerk. His Daughter Forgives Him. Should We?“ (en-US). The New York Times (2018-yil 23-avgust). Qaraldi: 2019-yil 29-aprel.

Havolalar

tahrir