FIFA Ayollar Jahon Kubogi mukofotlari
Har bir FIFA Ayollar Jahon Kubogi final turniri yakunida, oʻyinning turli jihatlarida ajralib turadigan oʻyinchilar va jamoalarga bir nechta mukofotlar topshiriladi[1].
Mukofotlar turi
tahrirHozirda FIFA Ayollar Jahon Kubogi finalida 5 ta mukofot topshiriladi. Ular:
- Turnirning eng yaxshi umumiy oʻyinchisi uchun „Oltin toʻp“ (birinchi marta 1991-yilda berilgan);
- Turnirning eng yaxshi toʻpurari uchun „Oltin butsa“ (birinchi marta 1991-yilda berilgan);
- Turnirning eng yaxshi darvozaboni uchun „Oltin qoʻlqop“ (birinchi marta 2003-yilda berilgan);
- Turnir oʻtkaziladigan kalendar yili boshida 21 yoshga toʻlmagan turnirning eng yaxshi oʻyinchisi uchun „FIFA yosh oʻyinchisi“ mukofoti (birinchi marta 2011-yilda berilgan);
- Turnir davomida halol oʻyin boʻyicha eng yaxshi natija qayd etgan jamoa uchun „FIFA Fair Play“ mukofoti (birinchi marta 1991-yilda berilgan).
Hozirda turnir davomida bitta mukofot beriladi:
- Turnirning har bir oʻyinida oʻyinchi tomonidan ajoyib oʻyin koʻrsatgani uchun "Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi" mukofoti (birinchi marta 2003-yilda berilgan).
Hozirda turnir yakunlangandan soʻng muxlislar tomonidan bitta mukofot uchun ovoz beriladi:
- Turnir davomida kiritilgan eng chiroyli gol uchun „Turnir goli“ (birinchi marta 2007-yilda berilgan).
Quyidagi ikkita mukofotni taqdim etish toʻxtatilgan:
- Turnir davomida muxlislarni eng koʻp quvontirgan jamoa uchun "Eng muxlisbop jamoa" (musobaqa yakunlanganidan keyin muxlislar tomonidan ovoz berilgan, 2003 va 2007-yillarda berilgan);
- Turnirning eng yaxshi oʻn bir oʻyinchisidan iborat tarkibiga beriladigan „Fantasy All-Star Team“ mukofoti (musobaqa yakunlanganidan keyin muxlislar tomonidan ovoz berish, faqat 2003-yilda taqdirlangan);
Oltin toʻp
tahrir"Oltin toʻp" mukofoti har bir FIFA FIFA Ayollar jahon chempionati finalida eng yaxshi oʻyinchiga topshiriladi. Bunda FIFA texnik qoʻmitasi tomonidan nomzodlar roʻyxati tuziladi va gʻolib onlayn ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi. Ovoz berishda ikkinchi oʻrinni egallagan futbolchi turnirning Kumush toʻp va uchinchi oʻrinni egallagan futbolchi esa Bronza toʻp mukofotlarini oladi[2].
Oltin butsa
tahrir"Oltin butsa" mukofoti FIFA FIFA Ayollar jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurariga beriladi[3].
Agar bir nechta oʻyinchi turnirni bir xil miqdordagi gollar bilan yakunlasa, mukofot eng koʻp golli uzatmani amalga oshirgan oʻyinchiga tushadi. Agar shunda ham hisoblar durang boʻlsa, mukofot eng kam vaqt oʻynagan oʻyinchiga beriladi[3].
Kumush va bronza butsalar ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan futbolchilarga beriladi[3].
FIFA Ayollar jahon chempionati | Oltin butsa | Gollar | Kumushbutsa | Gollar | Bronzabutsa | Gollar |
---|---|---|---|---|---|---|
1991-yil Xitoy | Michelle Akers | 10 | Heidi Mohr | 7 | Linda MedalenKarin Jennings | 6 |
1995-yil Shvetsiya | Enn Kristin Aarønes | 6 | Hege Riise | 5 | Shi Guixong | 3 |
1999-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Sun WenSissi | 7 | - | - | Enn Kristin Aarønes | 4 |
2003-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Birgit Prinz | 7 | Maren Meinert | 4 | Katya | 4 |
2007-yil Xitoy | Marta | 7 | Abby Wambach | 6 | Ragnhild Gulbrandsen | 6 |
2011-yil Germaniya | Homare Sawa | 5 | Marta | 4 | Abby Wambach | 4 |
2015-yil Kanada | Seliya Shashich | 6 | Carli Lloyd | 6 | Anja Mittag | 5 |
2019 Fransiya | Megan Rapinoe | 6 | Aleks Morgan | 6 | Ellen Uayt | 6 |
Oltin qoʻlqop
tahrir2011-yildan beri „Oltin qoʻlqop“ mukofoti turnirning eng yaxshi darvozaboniga beriladi[4].
FIFA Ayollar jahon chempionati | Darvozabon |
---|---|
1999-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Gao Xong |
2003-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Silke Rottenberg |
2007-yil Xitoy | Nadinee Angerer |
2011-yil Germaniya | Hope Solo |
2015-yil Kanada | Hope Solo |
2019 Fransiya | Sari van Veenendaal |
FIFA yosh oʻyinchisi
tahrirFIFA yosh oʻyinchi mukofoti 21 yoshga toʻlmagan turnirning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi FIFA Ayollar jahon chempionati uchun bu futbolchi 1998-yil 1-yanvarda yoki undan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak edi.
FIFA Ayollar jahon chempionati | Eng yaxshi yosh futbolchi | Yoshi |
---|---|---|
2011-yil Germaniya | Caitlin Foord | 16 |
2015-yil Kanada | Kadeisha Buchanan | 19 |
2019 Fransiya | Giulia Gwinn | 20 |
FIFA Fair Play mukofoti
tahrirFIFA Fair Play kubogi jahon chempionati final turnirida halol oʻyin boʻyicha eng yaxshi natija qayd etgan jamoaga beriladi. BUnda faqat ikkinchi bosqichga yoʻllanma olgan jamoalar hisobga olinadi. Ushbu mukofot gʻoliblari FIFA Fair Play kubogi, diplom, har bir oʻyinchi uchun halol oʻyin medali hamda 50 000 dollarlik futbol jihozlarini qoʻlga kiritadilar.
FIFA Ayollar jahon chempionati | FIFA Fair Play kubogi gʻoliblar jamoasi |
---|---|
1991-yil Xitoy | Germaniya |
1995-yil Shvetsiya | Shvetsiya |
1999-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Xitoy |
2003-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Xitoy |
2007-yil Xitoy | Norvegiya |
2011-yil Germaniya | Yaponiya |
2015-yil Kanada | Fransiya |
2019 Fransiya | Fransiya |
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi
tahrirUchrashuv (faqat bitta oʻyin hisobga olinadi)ning eng yaxshi oʻyinchisi sovrini 2003-yildan beri turnirning har bir oʻyinida eng yaxshi oʻyinchiga beriladi[5][6][7][8][9]. 2003-yildan 2015-yilgacha boʻlgan mukofotlar FIFA texnik tadqiqot guruhi tomonidan tanlangan boʻlsa[10][6][11][8], 2015-yildan boshlab gʻolib FIFA veb-saytidagi onlayn soʻrovnoma orqali aniqlandi[12].
FIFA Ayollar jahon chempionati | Oʻyinchi | Mukofotlar |
---|---|---|
2003-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Birgit PrinzBettina WiegmannDagni MellgrenViktoriya Svensson | 2 |
2007-yil Xitoy | DanielaMartaKelli SmitNadine AngererBirgit PrinzAne Stangeland Horpestad | 2 |
2011-yil Germaniya | Aya Miyama Homare Sawa | 2 |
2015-yil Kanada | Carli Lloyd | 4 |
2019-yil Fransiya | Megan Rapinoe | 3 |
Reyting | Oʻyinchi | Mukofotlar | Oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlgan yillar |
---|---|---|---|
1 | Marta | 5 | 2003, 2007, 2011, 2019 |
Aya Miyama | 5 | 2011, 2015 | |
Carli Lloyd | 5 | 2011, 2015 | |
4 | Birgit Prinz | 4 | 2003, 2007 |
Megan Rapinoe | 4 | 2015, 2019 | |
6 | Daniela | 3 | 2003, 2007 |
Amandine Henrii | 3 | 2015, 2019 | |
Nadine Angerer | 3 | 2007, 2015 | |
Homare Sawa | 3 | 2007, 2011 | |
Lieke Martens | 3 | 2015, 2019 | |
Lotta Shelin | 3 | 2007, 2011 | |
Abby Wambach | 3 | 2007, 2011 |
Final | Oʻyinchi | Raqib |
---|---|---|
2003-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Bettina Wiegmann | Shvetsiya |
2007-yil Xitoy | Nadine Angerer | Braziliya |
2011-yil Germaniya | Ayumi Kayhori | Qoʻshma Shtatlar |
2015-yil Kanada | Carli Lloyd | Yaponiya |
2019 Fransiya | Megan Rapinoe | Niderlandiya |
Boshqa barcha yulduzlar tanlovlari
tahrir= "Fantasy All-Star Team" mukfoti
tahrirMasterCard homiyligidagi „Fantasy All-Star Team“ FIFA.com saytida oʻtkazilgan soʻrovnomada oʻn bir nafar oʻyinchidan iborat edi[13].
FIFA Ayollar jahon chempionati | Darvozabon | Himoyachilar | Yarim himoyachilar | Hujumchilar |
---|---|---|---|---|
2003-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Briana Scurriy | JulianaCharmeyn XuperSharolta NonenSandra Minnert | Bettina WiegmannJulie FoodyKristine Lilly | Maren MeinertBirgit PrinzMia Hamm |
Turnir goli
tahrirFIFA Ayollar jahon chempionati | Oʻyinchi | Raqib jmoa | Hisob | Daqiqa | Natija | Bosqich |
---|---|---|---|---|---|---|
2007-yil Xitoy | Marta[14] | Qoʻshma Shtatlar | 4 — 0 | 79' | 4-0 | Yarim final |
2011-yil Germaniya | Abby Wambach[15] | Braziliya | 2 — 2 | 120+2' | 2-2 (asosiy vaqtda)
5-3 (penaltilar seriyasida) |
Chorak final |
2015-yil Kanada | Carli Lloyd[16] | Yaponiya | 4 — 0 | 16' | 5-2 | Final |
2019 Fransiya | Cristiane[17] | Avstraliya | 2 — 0 | 38' | 2-3 | C guruhi |
Eng muxlisbop jamoa
tahrirFIFA Ayollar jahon chempionati | Eng muxlisbopi jamoa |
---|---|
2003-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari | Germaniya |
2007-yil Xitoy | Braziliya |
Yana qarang
tahrir- Ayollarga beriladigan sport mukofotlari roʻyxati
- FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
- FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
- FIFA FIFA Ayollar jahon chempionati
- FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi
Manbalar
tahrir- ↑ „Tournaments“. FIFA. 2013-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-dekabr.
- ↑ „adidas Golden Ball - FIFA Women's World Cup Final“. FIFA. 2012-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Hulley-Jones, Frank; Clarke, Sean. „Golden Boot“. The Guardian (2019-yil 6-iyun). Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Guardian" defined multiple times with different content - ↑ „Fifa Women's World Cup Canada 2015 Technical Report and Statistics“. FIFA (2015).
- ↑ „Bud Light Player of the Match“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2003). 2006-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 „Report and Statistics – FIFA Women's World Cup China 2007“ (PDF). FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2007). — „The Player of the Match is selected by the FIFA Technical Study Group after each match.“. Qaraldi: 2020-yil 9-yanvar.
- ↑ „FIFA Women's World Cup 2011 – Technical Report“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2011). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
- ↑ 8,0 8,1 „Live Your Goals – Player of the Match“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2015). — „When the whistle blows at the end of each and every game at the FIFA Women's World Cup Canada 2015, the experts in FIFA's Technical Study Group (TSG) will name their Live Your Goals Player of the Match.“. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-yanvar.
- ↑ „FIFA Women’s World Cup France 2019: Technical Report“ (PDF). FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2019-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Bud Light Player of the Match: Shannon Boxx (USA)“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2003-yil 11-oktyabr). 2006-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-yanvar. „"She was the player who made the difference in the American midfield," said TSG member Fran Hilton-Smith, who selected Boxx as the Bud Light Player of the Match.“.
- ↑ „Maribel Dominguez of Mexico poses with her player of the match award“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2011-yil 6-iyul). 2020-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-yanvar.
- ↑ „Your vote counts: 52 matches, two teams, one Player of the Match“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2019-yil 7-iyun). Qaraldi: 2020-yil 9-yanvar. „The Player of the Match vote gives fans across the globe the opportunity to choose the most outstanding footballer in every match at the FIFA Women's World Cup 2019 in real time. The player with the highest number of fan votes receives the award at the end of the game.“.
- ↑ „FANtasy All-Star Team Results“. FIFA (2003). 2006-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
- ↑ „Goal of the Tournament“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2011-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyul.
- ↑ „Goal of the Tournament“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyul.
- ↑ „Lloyd adds Goal of the Tournament to her haul“. FIFA. 2015-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
- ↑ „Cristiane's header voted Hyundai Goal of the Tournament“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2019-yil 18-iyul). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.