Falastin geografiyasi
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Falastin tarixan 4 ta geografik hududga boʻlingan:
- Sohil (Oʻrta yer dengizigacha) tekisligi,
- Jalila (shimoliy qismi),
- Samariya (markaziy qismi, Quddus shimoli),
- Yahudiya (janubiy qismi, Quddus bilan birga).
Hozirgi vaqtda Samariya va Yahudiya hududi boshqa tillardagi manbalarda odatda " Iordan daryosining Gʻarbiy qirgʻogʻi " deb ataladi.
Jalila, Samariya va Yahudiya bir qancha togʻ tizmalari, vodiylar va choʻllardan iborat geografik hudud hisoblanadi. Janubdagi togʻlar — Iudeya platosi, oʻrtasida Samariya (Grizim, Ebal), soʻngra Tobor (dengiz sathidan 562 m), Kichik Xermon (515 m), Karmel (551 m), Hermon (2224 m) kabi togʻlar shimolda joylashgan. Chuqur pastliklarda (dengiz sathidan ancha pastda) Tiberiya koʻli (dengiz sathidan 212 m past hisoblanandi) va Oʻlik dengiz (yer yuzidagi eng chuqur botiq hisoblanib, dengiz sathidan 400 metr pastda) joylashgan.
Hozirgi Falastin davlati ikki qismga boʻlingan — Gʻarbiy Sohil va G'azo sektori hududlariga boʻlingan.
Gʻarbiy Sohil
tahrirIordan daryosining Gʻarbiy sohilining maydoni 5,8 ming km kvadratni tashkil etadi. Chegaralarning umumiy uzunligi 404 km boʻlib, iqlimi asosan yumshoq qish va issiq yoz xarekteriga ega. Eng baland joyi Tall-Asur (1022 m), eng pasti Oʻlik dengiz (-408 m) hisoblanadi. Bu yerdagi tabiiy resurslardan faqat sugʻorish hisobiga qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlargina mavjud.
Iordan daryosining gʻarbiy qirgʻogʻi tepaliklardan tashkil topgan turli xil landshaft hududlarini tashkil etadi. Tekislik hududi asosan choʻl hududlarini tashkil etadi. Gʻarbiy Sohil hududi dengizga chiqish imkoniga ega emas. Bu hududda oʻrmonlar umumiy maydonning atigi 1 % ni tashkil etadi.
Oʻrta yer dengizining bu qismining iqlimi qirgʻoqdan havo oqimlari bilan bir oz soviydi. Sharqda havo massalarini quritadigan va yoʻgin miqdorini pasaytiradigan Ludiya choʻli joylashgan boʻlib bu hududning iqlimi va yogʻingarchiligiga katta taʼsir koʻrsatadi
1993-yildagi Oslo kelishuviga koʻra, hudud ulardagi aholining koʻp qismini kim tashkil etishiga qarab uch toifaga (A, B va C) boʻlingan.
2007-yilda hudud aholisi 2,5 million kishini tashkil etdi. Biroq, doimiy migratsiya oqimi, roʻyxatga olish muammolari va arablarning oʻzlarini bosib olingan hududlar aholisi sifatida tan olishni istamasligi sababli bunday aholi hisob-kitoblari notoʻgʻri hisoblanib kelinmoqda
Eng yirik shaharlari Quddus, Nablus, Ramallah, Jenin, Xevron hisoblanadi. Diniy jihatdan Gʻarbiy Sohil aholisining 75 %ni musulmonlar tashkil etadi, yana 17 % ni esayahudiylar, 8 foizi xristianlar va boshqa din vakillari tashkil etadi. Hududdagi yagona aeroport Ramallah yaqinidagi Atarof aeroporti edi, biroq u 2001-yilda yopilgan.
Gʻazo sektori
tahrirG'azo sektori atigi 360 km² maydonga ega hudud hisoblanadi. Chegaralarning umumiy uzunligi 62 kmni tashkil etadi. Bu yerning iqlimi qishi yumshoq, yozi quruq va issiq hisoblanadi. Hududi tekislik va qumtepalardan iborat boʻlib nisbatan choʻl landshaftini eslatadi. Eng past joyi Oʻrta yer dengizi — 0 m, eng baland joyi Abu Avgad (105 m) hududi hisoblanadi.
Gʻazo sektorida choʻlning quruq iqlimi mavjud. Tekislik asosan tepaliklardan iborat boʻlib, qirgʻogʻida qumtepalar bor mavjud. Tabiiy resurslarga sugʻoriladigan yerlar va yangi ochilgan tabiiy gaz konlari kiradi. Atrof-muhit muammolariga qurgʻoqchilik, ichimlik suvining shoʻrlanishi, tuproqning degradatsiyasi kiradi. Gʻazo sektori deyarli butunlay Gʻazo Vodi suviga bogʻliq boʻlib, u ham Isroil uchun resurs bazasi hisoblanadi va nisbatan tortishuv kelishmovchiliklar sabab qishloq xoʻjaligida chuchuk suv va mineral oʻgʻitlar yetishmasligi kabi hodisalar uchraydi.
2010-yilda Gʻazo sektori aholisi taxminan 1,6 million kishini tashkil etgan boʻlib, ulardan bir millionga yaqini Birlashgan Millatlar Tashkiloti roʻyxatidan oʻtgan qochqinlari hisoblanadi. Aksariyat falastinliklar Isroil davlati tashkil topganidan keyin oʻz yurtlarini tark etgan qochqinlarning avlodlaridir. Aholining aksariyati sunniy islomga eʼtiqod qiladi, biroq bir necha ming nasroniylar ham mavjud.
Gʻazo sektori barcha kommunikatsiyalari uchun Isroil oʻz aholi punktlari bilan aloqa qilish uchun oʻrnatgan infratuzilmaga bogʻliq boʻlib qolgan.
Falastin hududidagi iqtisodiy faollik doimiy ravishda ishgʻol tomonidan bostiriladi. 2000-yildan beri ishsizlik darajasi doimiy ravishda 20 % dan oshgan.
Manbalar
tahrir- Falastin / Britannica entsiklopediyasi
- Falastin axborot markazi (ingliz tilida) (Wayback Machine saytida 2012-04-16 sanasida arxivlangan)