Farhod — Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Farhod qadimgi mifologiya va folklorda togʻ qahramoni sifatida tasvirlangan. Rivoyatlarda Farhod. afsonaviy kuchlardan ham yuqori qoʻyilgan. Badiiy adabiyotda dastlab forstojik shoiri Ogʻochiy (10—11-asrlar) sheʼrlarida tilga olingan. Balʼamiy ("Tarixi Tabariy"), Abu Dulaf ("Risolai soniya") asarlarida Farhod. Shirin bilan bogʻliq qahramon sifatida eslangan. Sharq adabiyotida birinchi boʻlib’ Nizomiy F. obrazini keng epik planda tasvirlagan. 14-asrda Nizomiy dostonini Qutb turkiyga tarjima qilgan. Xusrav Dehlaviy "Shirin va Xusrav"ida Nizomiy izidan borgan. F. obraziga ayrim anikliklar kiritgan. Nizomiyda F.ning kelib chiqishi haqida maʼlumot yoʻq. Xusrav Dehlaviyda u Chin xoqonining oʻgʻli. Lekin ularda F. qahramon darajasiga koʻtarilmagan. Orif Ardabiliyning "Farhodnoma" dostoni (1369) dan boshlab F. markaziy qahramon sifatida tasvirlana boshlagan. F.ning mukammal epik obrazini Navoiy yaratgan. Navoiy F. obrazi orqali ideal inson xaqidagi gumanistik qarashlarini ifodalab, eng yuksak insoniy fazilatlarni madh etgan. Navoiy dostonda Farhod. va Shirinning chin sevgisi haqida hikoya qiladi va shu muhabbat fonida ijtimoiy hayot muammolarini yoritadi. Keyinroq F. haqida Kavsariy, Nizoriy va boshqa dostonlar yaratdilar. Soʻnggi davr dostonlari va sahna asarlarida ham F. obrazi yaratilgan (Xurshid, "Farhod va Shirin"; Samad Vurgʻun, "Farhod va Shirin"; Skosirev, "Farxod" va boshqalar)..

AdabiyotSharq adabiyotida Farhod qissasi, T., 1985. tahrir