Farida Abdurahimova
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. (2024-07) |
Farida Yoʻldoshevna Abdurahimova — (1950-yil, 11-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Pedagogika fanlari nomzodi(?), dotsent(?).
Farida Abdurahimova | |
---|---|
Tavalludi |
11.08.1950 Toshkent, O'zbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | pedagogika |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirFarida Abdurahimova 1950-yil 11-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1974-yilda Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan. U dastlabki mehnat faoliyatini 1968-yil respublika "Yoshlar" gazetasining tahririyat kengashida kichik muharrir, keyinchalik muxbir sifatida boshlagan. U 1973—1992-yillar O’zbekiston Jurnalistlar ittifoqida assistent, boʻlim boshligʻi, maslahatchi va Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirAbdurahimova Farida tomonidan nashr etilgan kitob va maqolalari asosan oila va farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. U „Oila — maʼnaviyat va qadriyat beshigi“, „Ayol o‘zi bir dunyo“, „Oila qo‘rg‘onini mustahkamlash — jamiyat farovonligi“, „Faxriya ayollar — yurt tayanchi“ nomli koʻplab kitoblar muallifi. Abdurahimova Farida mohir jurnalist va zukko ijodkor. Uning koʻplab asarlari Toshkent teatrlarida sahnalashtirilgan.
Siyosiy faoliyati
tahrirFarida Abdurahimova 1992—1995-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi madaniyat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy masalalar boʻlimi rahbari, 1995—1997-yillar Toshkent shahar Xotin-qizlar qo’mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan. Farida Abdurahimova 2004 va 2009-yillarda davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylangan[2]. U shuningdek, 2009-yil dekabrda Toshkent shahar xalq deputatlari shahar kengashi deputatligiga saylangan.
Mukofotlari
tahrirFarida Abdurahimova koʻp yillik siyosiy faoliyati davomida koʻrsatgan xizmatlari uchun 1999-yil „Doʻstlik“, 2009-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“, ordenlari, Oʻzbekiston mustaqilligiga bagʻishlangan estalik nishonlari, 2019-yil „Nuroniy“ jamgʻarmasining „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.
- ↑ Abdurahimova Farida