Fatih Tekke (1977-yil 9-sentyabrda tugʻilgan), Sultan taxallusi bilan tanilgan[1][2] turkiyalik futbol murabbiyi va oxirgi marta „Denizlispor“ni boshqargan.

Fatih Tekke
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fatih Tekke
Tavallud sanasi 9-sentyabr 1977-yil (1977-09-09) (46 yosh)
Tavallud joyi Köprübaşı, Trabzon, Turkiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—2000 Trabzonspor 83 (12)
1997—1998Altay (Ijara) 24 (8)
2000—2002 Gaziantepspor 57 (28)
2002—2006 Trabzonspor 114 (77)
2006—2010 Zenit Saint Petersburg 73 (24)
2010 Rubin Kazan 5 (0)
2010—2011 Beşiktaş 2 (0)
2011 Ankaragücü 9 (3)
2011—2012 Orduspor 15 (3)
Milliy terma jamoa
1998—2007 Turkiya 25 (9)
Boshqargan klublari
2015 Turkiya U17 (Murabbiy)
2015 Kayseri Erciyesspor
2016 Boluspor
2017—2018 Manisaspor
2018 Denizlispor
2018—2019 İstanbulspor
2020—2021 İstanbulspor
2021 Bursaspor
2021—2022 Denizlispor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati tahrir

Turkiya tahrir

Tekke Trabzon viloyatidagi Köprübaşı kichik shaharchasida tugʻilgan. U mintaqaning asosiy jamoasi Trabzonsporga qoʻshilgan. Tekke asosiy tarkibda maydonga tusha boshlaganida hali 20 yoshga ham kirmagan edi. U 1994—1997-yillar oraligʻida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 1997—1998-yilgi mavsum boshida u Izmirning „Altay SK“ jamoasiga ijaraga berilgan va u yerda 24 oʻyinda 8 ta gol urgan. „Galatasaroy“dan 5:4 hisobida magʻlub boʻlganida u xet-trik qayd etgan. Ammo bir necha hafta oʻtgach, u oyogʻini sindirib olgan va olti oygacha maydonga tusha olmasligi maʼlum boʻlgan. „Trabzonspor“ga qaytib kelgach, Tekke 2000-yilning yozida „Gaziantepspor“ klubiga oʻtgunga qadar 38 ta oʻyin oʻtkazgan va 6 ta gol urgan. Bu davrda u Turkiya terma jamoasida ilk bor maydonga tushgan.

2002-yilda Tekke „Trabzonspor“ga qaytgan va unga sardorlik bogʻichi berilgan. Bu vaqt Tekke oʻz faoliyatining choʻqqisiga chiqqan paytga toʻgʻri kelgan. 2004-05-yilgi mavsumda u 31 ta gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlishga muvaffaq boʻlgan. „Trabzonspor“ safidagi faoliyati davomida u ketma-ket mavsumlarda Turkiya kubogini qoʻlga kiritgan.

Rossiya tahrir

2006-yil iyul oyida u Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2006-yil 6-avgustda Tekke klubdagi debyutida gol urgan, u „Shinnik Yaroslavl“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan va jamoasining 1:0 hisobida gʻalaba qozonishida yordam bergan. Tekke UEFA kubogi guruh bosqichida AE Larissa ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ham golga mualliflik qilgan. U 2008-yilgi UEFA kubogi finalida Rangers ustidan gʻalaba qozonishda yordam bergan. 2008-yil 21-oktyabrda Tekke Chempionlar ligasida BATE Borisov bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda gol urib jamoasiga 1 ochko taqdim etgan. 2010-yilning 3-fevralida Tekke Qozonning „Rubin“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. U Turkiyaga qaytib, Beshiktoshga oʻtishga qaror qilgunga qadar Qozonliklar safida faqat beshta oʻyin oʻtkazgan.

Turkiyaga qaytish tahrir

2010-yil 1-sentabrda Tekke Beshiktosh JK bilan ikki yillik shartnoma imzolagan, ammo u 2010-11-yilgi transfer oynasida Anqaragücüga yuborilgunga qadar jami ikkita oʻyinda maydonga tushgan. Anqaragücü safida oʻynagan beshta oʻyinda uchta gol urgan. 2011-yil yozgi transfer mavsumida yangi koʻtarilgan „Orduspor“ jamoasi Tekkeni Ankaragücüdan sotib olganini eʼlon qilgan. Tekkega 23 raqami va jamoa sardorligi berilgan. Koʻp oʻtmay Tekke futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Tekke Turkiya yoshlar toifasida U15, U16, U17, U18, U21 va Turkiya terma jamoasida ishtirok etgan. U-15 terma jamoasida u oltita oʻyin oʻtkazgan va birorta ham gol urmagan. U 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar uchun 18 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan, shu bilan birga Irlandiyada boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqgan. U17 terma jamoasi safida u oʻnta oʻyin oʻtkazgan va birorta ham gol urmagan. U18 terma jamoasi safida 13ta oʻyin oʻtkazib, 5ta gol urgan. U21 uchun u faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan.

1998—2007-yillar oraligʻida Tekke Turkiya terma jamoasi safida 25 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Trabzonspor 1994-95 4 0 2 0 0 0 6 0
1995-96 20 3 2 1 4 0 26 4
1996-97 19 3 3 1 3 0 25 4
1997-98 2 0 0 0 0 0 2 0
1998-99 16 4 0 0 0 0 16 4
1999-00 22 2 3 0 0 0 25 2
Jami 83 12 10 2 7 0 59 8
Altay (Ijara) 1997-98 24 8 2 1 0 0 26 9
Gaziantepspor 2000-01 31 15 2 0 2 0 35 15
2001-02 24 12 3 2 3 1 30 15
2002-03 2 1 0 0 0 0 2 1
Jami 57 28 5 2 5 1 67 31
Trabzonspor 2002-03 28 13 5 4 0 0 33 17
2003-04 24 11 4 1 2 1 30 13
2004-05 34 31 4 2 6 1 44 34
2005-06 28 22 3 3 2 2 33 27
Jami 114 77 16 10 10 4 140 91
Zenit Saint Petersburg 2006 15 4 0 0 0 0 15 4
2007 16 4 5 1 2 1 23 6
2008 22 8 1 0 5 1 28 9
2009 20 8 0 0 5 2 23 10
Jami 73 24 6 1 12 4 91 29
Rubin Kazan 2010 5 0 0 0 0 0 5 0
Beşiktaş 2010-11 2 0 1 0 0 0 3 0
Ankaragücü 2010-11 9 3 1 0 0 0 10 3
Orduspor 2011-12 15 3 0 0 0 0 15 3
Karyerada jami 382 155 41 16 34 9 457 180

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

No. Sana Joy Raqib Natija Hisob Musobaqa
1 4.09.2004 Hüseyin Avni Aker Stadium, Trabzon, Turkiya   Gruziya 1-0 1-1 2006 FIFA

Jahon kubogi saralash

2 9.10.2004 Şükrü Saracoğlu Stadium, İstanbul, Turkiya   Qozogʻiston 3-0 4-0 2006 FIFA

Jahon kubogi saralash

3 4-0
4 30.03.2005 Mikheil Meskhi Stadium, Tbilisi, Gruziya   Gruziya 2-1 5-2 2006 FIFA

Jahon kubogi saralash

5 3-1
6 8.06.2005 Almaty Central Stadium, Almaty, Qozogʻiston   Qozogʻiston 1-0 6-0 2006 FIFA

Jahon kubogi saralash

7 4-0
8 17.08.2005 Vasil Levski National Stadium, Sofia, Bolgariya   Bolgariya 1-0 1-3 Oʻrtoqlik
9 16.08.2006 Stade Josy Barthel, Luxembourg City, Lyuksemburg   Lyuksemburg 1-0 1-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlar tahrir

Turkiya

  • 16 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 1994-yil

Trabzonspor

  • Turkiya kubogi : 2002-03, 2003-04

Zenit Sankt-Peterburg

Rubin Qozon

  • Rossiya Superkubogi : 2010-yil

Manbalar tahrir

  1. „Fatih Sultan Tekke“ (Tr). Fanatik (13-may 2011-yil). 4-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
  2. Emir Kolaylı. „Fatih Sultan Tekke“ (Tr). FourFourTwo Turkish Edition (25-dekabr 2013-yil). 4-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.