Felix Bloch (talaffuzi: Feliks Bloch) (23-oktabr 1905, Syurix, Shveysariya — 10-sentyabr 1983, Syurix) — amerikalik fizik, qattiq jismlarning kvant nazariyasi asoschilaridan biri. 1934-yildan AQShda. Kristallarning energetik spektri nazariyasini, ferromagnetiklar magnitlanganligining mutlaq nol yaqinidagi temperaturaviy boglanishligini ishlab chikdi. Yadro magnit rezonansini kashf qildi (1946). Nobel mukofoti laureati (1952; E. Pyorsell bilan hamkorlikda)[1][2].

Felix Bloch

Manbalar tahrir

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil