Feruza Najmiddinova

oʻzbek jurnalisti va inson huquqlari himoyachisi

Najmiddinova Feruzaxon Murodulla qizi (1992-yil 24-iyulda tugʻilgan) — oʻzbek jurnalisti. Inson huquqlari himoyachisi. Hozirda u Qalampir.uz internet nashrida bosh direktor oʻrinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Feruza Najmiddinova
Tavalludi 24-iyul 1992-yil (1992-07-24) (32 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Jurnalist
Mukofotlari „Inson huquqlari himoyasi“ uchun koʻkrak nishoni, “Yilning eng faol jurnalisti”

Tarjimai holi

tahrir

Feruza Najmiddinova 1992-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U Toshkentdagi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining teatrshunoslik yoʻnalishini tugatgan. Inson huquqlarini taʼminlash, bolalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining huquq va erkinliklarini himoya qilish, ayollarga qarshi zoʻravonlikka qarshi kurash, gender tengligini taʼminlash kabi masalalar Najmiddinova tayyorlagan maqola, lavha, intervyu va reportajlarning bosh mavzusi boʻlib kelmoqda.

#Men_Feruzaman

tahrir

Najmiddinova 2019-yildan buyon „Qalampir.uz“ internet-nashrida ishlaydi, hozirda bosh muharrir oʻrinbosari. 2021-yili „Yilning eng faol jurnalisti“ tanlovida gʻolib boʻlgan. Uning 2020—2021-yillardagi jurnalistlik faoliyati tanqidiy va tahliliy materiallar bilan bogʻliq. Najmiddinova dolzarb mavzulardagi reportaj va intervyulari bilan tanilgan. U shunday reportajlaridan birini 6-avgust kuni eʼlon qilgan. Unda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 20-iyuldan eʼtiboran Oʻzbekistonda umumiy ovqatlanish obyektlari — restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning soat 8:00 dan 20:00 gacha faqat ochiq havoda ishlashiga ruxsat berilganiga qaramay, Tashkent City’dagi aksariyat kafe va restoranlar 22:00 gacha gavjum ekani, xoʻrandalarga ichkarida ham, tashqarida ham xizmat koʻrsatayotgani bayon etilgan. Ushbu reportaj eʼlon qilinganining ertasiga, 7-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Feruza Najmiddinovani obroʻsizlantiruvchi[1] mediamaterial eʼlon qilingan. Unda Najmiddinova xonimning alohida (portret) suratlari, taxminlarga koʻra, Olmazor City turar joy majmuasidagi koʻp qavatli uy balkonida jinsiy aloqa bilan shugʻullanayotgan juftlikning qarama-qarshi uydagi shaxs tomonidan yashirincha olingan videosi (maʼlumotlarga koʻra, ushbu videorolik joriy voqeadan bir necha kun avval TikTok tarmogʻida eʼlon qilingan) bilan ketma-ket qoʻyilgan holda montaj qilinib, „Balkondagi mashhur qiz ʻQalampir.uz’ jurnalisti Feruza Najmiddinova ekan“ degan yozuv bilan tarqatilgan. Shundan soʻng „Qalampir.uz“ internet-nashri alohida bayonot[2] bergan. „Qalampir.uz“ning bayonoti ortidan ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, jurnalistlar, deputatlar va boshqa bir qator taniqli shaxslar internet-nashr va uning jurnalisti Feruza Najmiddinovani qoʻllab-quvvatlab chiqdi[3]. Ularning aksariyati oʻz xabarlariga #men_feruzaman heshtegini ilova qilgan. „Feruza, biz siz bilan birgamiz! Biz siz tarafdamiz!“, deb munosabat bildirdi[4] Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva. „Yuksalish“ umummilliy harakati yuz bergan holat „huquq va axloq normalariga, davlat rahbarining soʻz erkinligini taʼminlashga va ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy faoliyatini himoya qilishga qaratilgan siyosatiga zid“ ekanini koʻrsatib oʻtgan[5]. Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov, internetdagi uyushgan tazyiq "jurnalistlarga bosim oʻtkazishning[6] eng jirkanch usullaridan biri boʻlib qolayotganini taʼkidladi.[7] Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva esa jurnalist va bloger xotin-qizlarga alohida videomurojaat yoʻllab, ularni „shashtni soʻndirmaslik“ka chaqirdi. Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan postiga #men_feruzaman heshtegini ilova qildi.[8] Feruza Najmiddinovaga nisbatan uyushtirilgan tuhmat, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videoga AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Daniel N. Rosenblum[9] va Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Tim Torlot Twitterʼdagi[10] sahifasi orqali munosabat bildirdi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir