Fethiye — Turkiyaning Egey mintaqasidagi Mugʻla viloyatida joylashgan tuman. Turkiyadagi mashhur sayyohlik markazlaridan biri. 2019-yilda shahardagi aholi soni 162 686 kishi edi[1].

Fethiye Marina

Tarix tahrir

 
Piri Rais tomonidan Fethiye tarixiy xaritasi

Fethiye ilgari Makri (grekcha: Μάκρη) nomi bilan atalgan[2][3]. Zamonaviy Fethiye qadimgi Telmessos shahri oʻrnida joylashgan boʻlib, qadimiy shahar xarobalarini butun Fethiye bo‘ylab joylashganini ko‘rish mumkin, masalan, asosiy qirgʻoq boʻyida ellinistik teatrni koʻrish mumkin.

 
Fethiye muzeyi eksponatlari

Likiya afsonasida shaharning Telmessos deb atalishini quyidagicha tushuntiradi: xudo Apollon Finikiya qirolining kenja qizi Agenorni sevib qoladi. U oʻzini kichkina itga aylantiradi va shu tariqa uyatchan qizning mehrini qozonadi. U yana chiroyli yigit boʻlib asliga qaytganidan soʻng, ularning oʻgʻli tug‘iladi, unga „Telmessos“ (chiroqlar mamlakati) deb nom berishadi. 

Miloddan avvalgi 547-yilda fors generali Harpagos bosqinidan keyin shahar Likiya va Kariya bilan birga Fors imperiyasi tarkibiga kirdi. Keyin Telmessos miloddan avvalgi V asr oʻrtalarida tashkil etilgan Attic-Delos ittifoqiga (Delian ligasi) qoʻshildi. Keyinchalik ittifoq tarkibidan chiqib, mustaqil shaharga aylangan boʻlsa-da, ittifoqdaosh mamlakatlar bilan aloqalarini miloddan avvalgi IV asrgacha davom ettirdi.

 
Fethiye

Vizantiya davrida shahar haqida juda kam narsa maʼlum. Omon qolgan binolar shaharning antik davrning oxirlarida sezilarli darajada gullab-yashnaganidan dalolat beradi, binolarning aksariyati VII VIII asrlarda arab-Vizantiya urushlari tufayli tashlab ketilgan.  Shahar VIII asrda mustahkamlangan. X asrga kelib, shaharning qadimiy nom unutilib, Makre yoki Makri (LĬkrē, „uzun“) deb nomlana boshladi[2]. XII XIIIasrlarda shahar gullab yashnagan. Devorlai kengaytirildi, 1106-nomdagi hisobotda Makre parfyumeriya ishlab chiqarish markazi sifatida qayd etilgan. Bu hudud XII asr oxiri yoki XIII asr boshlarida turklar qoʻliga oʻtgan[3].

Telmessos 1284-yildan boshlab Menteshe Anadolu beyligi tomonidan boshqarilgan.

1424-yilda Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan va 1934-yilgacha Meğri deb atalgan[4].

Shahar XIX asrda sezilarli darajada rivojlandi va oʻsha paytda bu yerda ko‘plab yunonlar istiqomat qilar edi[2]. Gretsiya va Turkiya oʻrtasidagi aholi almashinuvidan soʻng, Makri yunonlari Yunonistonga yuborilgan va u yerda ular Yunonistonning Nea Makri (Yangi Makri) shahriga asos solganlar[2].

Shahar nomi 1934-yilda 1914-yil 27-fevraldagi Al-Samra yaqinida roʻy bergan samolyot halokatida halok bo‘lgan (birinchi leytenant Sodiq Bey bilan birga) Usmonli Havo kuchlarining birinchi uchuvchilaridan biri kapitan Fethi Bey sharafiga Fethiye deb o‘zgartirildi[5].

 
Fethiye koʻrfazi
 
Fethiyedagi Amintas qabri .
 
Fethiye tumanidagi Ölüdeniz plyaji
 
Kelebeklar vodiysi Fethiye tumanidagi mashhur sayyohlik maskanidir

1953-yil 3-avgustda Air France aviakompaniyasining 152 -reysi Rimdan Bayrutga ketayotganda Qizilada yaqinida Fethiye koʻrfaziga qulab tushdi. Bortdagi 8 nafar ekipaj aʼzosi va 34 nafar yoʻlovchidan toʻrt nafari choʻkib ketgan. Omon qolganlar shaharda boʻlgan vaqtlarida aholi tomonidan iliq kutib olingan[6][7][8].

Fethiyeda vaqti-vaqti bilan vayron qiluvchi zilzilalar bo‘lib o‘tgan, ayniqsa 1957-yil 24-25-aprel kunlari boʻlib oʻtgan Fethiye zilzilalarida 67 odam halok bo‘lgan, shahardagi binolarning 90% i yaroqsiz holga kekgan[9]. Oʻsha voqeadan keyin shahar qayta qurildi.

1969-yilning 14-yanvarida Fethiyeda 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi, bu zilzila natijasida hech qanday o‘lim boʻlmadi, ammo baʼzi binolarga jiddiy zarar yetdi[10].

2012-yilning 10-iyunida Fethiyeda 6,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Hech kim halok bo‘lmagan, ammo jarohatlanganlar bo‘lgan, ko‘plab uylar va ish joylari shikastlangan[11].

Turizm tahrir

 
Telmessos teatri — saytdagi belgi bu kech ellinistik davr boʻlganligini aytadi, sahna v qoʻshilgan. 200-yil, shahar bilan birga tashlab ketilgan, 1992-95-yillarda qazilgan va 28 qatorda 6000 tomoshabinga moʻljallangan.


Tashrifga arziydigan tarixiy joylar: Kadyanda (Kadyanda) qadimiy shahar, Kayaköy — tashlandiq yunon qishlogʻi, Afkule, Gemiler va Aya Nikola. Fethiyeda Amyntas qabri ham ham joylashgan. Qabr eramizdan avvalgi 350-yilda Likiyaliklar tomonidan qurilgan[12].

Fethiyaning eng mashhur sayyohlik markazlari: Ölüdeniz, Calis Beach maydoni, Hisarönü va Ovajik[13]. Kelebekler vadisi oludeniz yaqinida joylashgan va sayyohlar uchun faqat kemada mavjud. Kuniga bir necha marta vodiyga yaxtalar chiqib ketadi. Сhipta 2023 yilda 40 TL turadi. Vodiyda siz suzishingiz va quyosh botishingiz mumkin. [14] Fethiye shahri yaqinida Oludeniz kurorti joylashgan. U moviy Laguna plyaji va har qanday sayyoh uchun mavjud bo'lgan paraplan parvozlari bilan mashhur [15].

Fethiye koʻrfazi[16], qayiqdagi sayohatlar uchun mashhur joy. Shu bilan bir qatorda, ajoyib shoʻngʻish joylari mavjud[17]. Oroldagi Qizilada dengiz chirog‘i mehmonxonasi dengiz mahsulotlari restorani va toʻqqiz xonali yotoqxonaga ega[18].

Galereya tahrir

Iqlim tahrir

Fethiyeda Oʻrta er dengizi iqlimiga ega boʻlib yozi issiq, quruq va uzoq vaqt davom etadi.

Transport tahrir

Fethiyeda dalaman aeroporti joylashgan. Fethiye va yaqin atrofdagi eng keng tarqalgan jamoat transporti turi mikroavtobusdir[19].

Manbalar tahrir

  1. „Population of Fethiye district in Muğla Province“. nufusu.com. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Diana Darke, Guide to Aegean and Mediterranean Turkey, M. Haag, 1986, 296 pages.
  3. 3,0 3,1 Foss ", Clive; Kazhdan, Alexander P. (1991). "Makre". in Kazhdan, Alexander P.. Oxford Dictionary of Byzantium. New York; Oxford: Oxford University Press. 1271–1272 b. ISBN 978-0-19-504652-6. 
  4. Tahir Sezen, Osmanlı Yer Adları, Ankara 2017, T. C. Başbakanlık Devlet Arşivleri Genel Müdürlüğü Yayın No: 26 s.v.
  5. Letter from Kibbutz HaʼOn: Fallen Flyers Hadassah Magazine, 17 March 2014
  6. „F-BAZS – Constellation Air France“ (fr). Avio Techno. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  7. "Rapport d'Enquête sur l'accident survenu à Fethiye (Turquie) le 3 aoǜt 1953, à l'avion Lockheed 749 A – F.BAZS, de la Compagnie Air France" (fr). Journal Officiel de la République Française: 149–154. 16 March 1954. http://www.bea.aero/docspa/1953/f-zs530803/pdf/f-zs530803.pdf. Qaraldi: 13 January 2016. Fethiye]]
  8. Selener, Necdet. „Fethiye açıklarında denize inen Fransız yolcu uçağı“ (tr). Milliyet (1953-yil 31-avgust). Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  9. „Significant Earthquakes in Turkey, 1947 – 1970“. Boğaziçi University, Kandilli Observatory and Earthquake Research Center, Istanbul – Turkey. Qaraldi: 2011-yil 25-fevral.
  10. „Fethiye Tours“ (tr). https://fethiyetours.com/.
  11. „Akdeniz'de 6.1 şiddetinde deprem“ (tr). 2019-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-dekabr.
  12. Berens. „Fethiye Tomb in the Mountainside“. Mysendoff.com. mysendoff.com. 2011-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-oktyabr.
  13. „Places to visit in Fethiye“. 2018-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-mart.
  14. https://www.hierapolis-info.ru/dolina-babochek.html
  15. https://www.turk-trip.ru/chem-zanyatsya-v-olyudeniz-v-turczii.html
  16. „Kızıl Ada Yeşile Bürünecek“ (tr). Haberler (2014-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 16-yanvar.
  17. „Fethiye-Ölüdeniz-Kızılada-Fethiye“ (tr). Hürriyet. Qaraldi: 2016-yil 16-yanvar.
  18. „Kızıl Ada'nın feneri, gezgin midelerin yeni gözdesi oldu“ (tr). Sabah (2007-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-yanvar.
  19. Getting around in Fethiye, The advantages and disadvantages of most popular ways of getting around in Fethiye and area nearby.