Fijiliklar
Fijiliklar (inglizcha: Fijians Fijiliklar, fij fij. I-Taukei) — Fiji orollarining tub aholisi, mamlakatning ikkita asosiy xalqidan biri. Uning umumiy soni 700 mingga yaqin, 475 739 tasi Fiji orolida yashaydi (2007). Fijiliklar Yangi Zelandiya, Avstraliya, Kanadada ham iqtiqomat qiladilar. Antropologik turi va madaniyati boʻyicha melaneziyaliklar hisoblanadi.
Aholi vakillari ikki xil fiji tilida: Gʻarbiy Fiji va Sharqiy Fiji tillarida muloqot qilishadi. Sharqiy Fiji tiliPolineziya tillariga juda yaqin, Gʻarbiy Fiji tili esa rotuma tili bilan oʻxshash, oʻta yaqin boʻlmasa-da sharqiy fiji-polineziya tillari bilan ham bogʻliqligi bor. Ular birgalikda Okeaniya tillari tarkibida Markaziy Tinch okeani tarmogʻini tashkil qiladi. Adabiy Fidji tili mbau shevasi asosida shakllangan. 19-asrdan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan.
Fijiliklarning aksariyati eʼtiqodiga koʻra, protestantlardir (metodist va boshqalar)[1].
Kelib chiqishi
tahrirFijiliklarning kelib chiqishi birinchi navbatda melaneziyaliklar bilan bogʻlanadi. Orollarga joylashgan birinchi odamlar ham aynan ular boʻlgan. Togʻli hududlarda yashovchi aholi vakillari orasida melaneziyaliklarga xos xususiyatlar koʻproq saqlanib qolgan. Fijiliklar etnogenezida tonganlar va samoaliklar ham ishtirok etganlar.
19-asrda fijiliklar Buyuk Britaniyaning mustamlaka hukmronligi ostida yagona etnik guruhga aylanganlar.
Xoʻjalik va madaniyat
tahrirFijiliklarning asosiy mashgʻulotlari qoʻl mehnati asosidagi dehqonchilik (taro, yams, manok, banan, kokos palmasi), baliqchilik va chorvachilik hisoblanadi. Hunarmandchilik sohalaridan katamaranlar yasash, kulolchilik, boʻyra toʻqish rivojlangan. Aholining bir qismi sanoat yoʻnalishlari bilan band qilingan.
Turarjoylar — odatda reja asosida kvadrat yoki oval holatda ustunlar bilan quriladi.
Liboslar — yubkalar, fartuklar, belbogʻlar. Ayni vaqtda Yevropaga xos liboslar ham keng tarqalgan.
Oziq-ovqat — asosan sabzavot va baliqli taomlar. Goʻsht noyob va tansiq mahsulot hisoblanadi.
Anʼanaviy eʼtiqod — ajdodlar, rahmanolarga sigʻinish, totemizm sarqitlari.
Eng ommabop sport turi - regbi va uning regbi-7 turidir (bu yoʻnalishda Fidji jamoasi 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan).
Manbalar
tahrir- ↑ „London Lives: The Fijian soldier“. 2012-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.
Adabiyotlar
tahrir- Dunyo xalqlari va dinlari, ed. V. A. Tishkova, M. — 1998-yil.
- Dunyo xalqlari, tarixiy va etnografik maʼlumotnoma, M. — 1988.
- Dunyo tillari va dialektlari, ed. V. N. Yartseva, M. — 1982-yil.