Filmi“ (ruscha: Фильмы , yaʼni „Filmlar“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1986-yil eʼlon qilingan „Noch“ studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Albom qoʻshiqlari 1985-yil yozib olingan. Dastlab „AnTrop“ leyblida kassetada eʼlon qilingan. 1988-yil „Melodiya“ leyblida gramplastinkada chiqarilgan.

„Filmi“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Noch“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1986
Yozib olingan 1985
Janr yangi toʻlqin
Davomiyligi 4:54
Leybl AnTrop
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Noch“ xronologiyasi
„Videli noch“ Filmi „Tvoy nomer“
Klipi
„Filmi“ YouTubeda

„Filmi“ qoʻshigʻi matnini ham, kuyini ham guruh solisti Viktor Soy yozgan. Soy qoʻshiq matni hazil ekanligini aytgan. Xususan, 1989-yil „Molodoy leninets“ yoshlar gazetasi muxbiri qoʻshiqdagi „Meni tinch qoʻy, koʻnglimga tegma“ (ruscha: Оставь меня в покое, не тронь мою душу) misrasidan kelib chiqib, xonanda chindan odamovi ekanligi haqida soʻraganda, „Ha, ammo bu qoʻshiq hazil. Umuman olganda, har qanday odamda gaplashish qiziq boʻlgan odamlari boʻladi, buni teskarisi ham boʻladi“, deb javob bergan[1].

„Filmi“ qoʻshigʻi ilk bor 1985-yil Leningrad rok-klubining III festivalida yangragan. Oradan bir necha oy oʻyib, Andrey Tropilloning „AnTrop“ studiyasida yozib olingan.

„Filmi“ qoʻshigʻi uchun amerikalik qoʻshiqchi va aktrisa Joanna Stingray boshchiligida klip suratga olingan. Unda Soy va guruh aʼzolari qoʻshiqni ijro etayotgani aks etgan kadrlar bilan bir qatorda guruh chiqishlari suratlaridan foydalanilgan. Klip 2008-yilning fevral oyida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning sentyabriga qadar 922 million marta koʻrilgan[2].

Jamoa tahrir

Manbalar tahrir

  1. „История песни «Фильмы» Виктор Цой, КИНО“ (ruscha). Song Story (30-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 2-sentyabr 2022-yil.
  2. „Кино - Фильмы“. YouTube (8-fevral 2008-yil). Qaraldi: 2-sentyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir