Firdeusiy nomidagi Eron va forsshunoslik instituti Marin Barleti universiteti va Saʼdiy Sheroziy madaniyat fondi tomonidan 2010-yil 6-oktabrda tashkil etilgan Albaniya notijorat va nodavlat tashkilotidir[1]. Ochilish marosimi 2010-yil 29-oktyabrda boʻlib oʻtgan. Bu universitet Albaniyadagi ilk forsshunoslik tadqiqot institutidir.

Institut forslik mashhur yozuvchi Abul-Qosim Hasan Pur-Ali Tusiy Firdavsiy (yoki Firdevsiy) nomi bilan mashhur. Yana shuningdek, 2010-yilda YUNESKO tomonidan eʼlon qilingan „Fardavsiy Shohnomasi Mingyilligi“ga ehtirom edi. Ochiq kitobni ifodalovchi institut logotipi shoir nomidan ilhomlanib, fors tilidagi xattotlik namunalari bilan bezatilgan.

Albaniyada forsshunoslik

tahrir

Fors adabiyoti va madaniyatining Albaniyada tarqalishi Usmonli imperiyasining[2] mavjudligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan, sababi Fors madaniyati Usmonli maʼmuriyati va davrning turk madaniyatiga taʼsir qilgan edi. Fors madaniyatini albanlar orasida ommalashtirishning yana bir muhim omili XVI-XVII asrlarda albanlar yashagan hududlarda islom dinining kengayishidir. XIX asrda fors tili alban ziyolilari orasida keng qoʻllangan.

Naim va Sami Frasheri Albaniyadagi eng koʻzga koʻringan sharqshunoslik va eronshunos olimlardan boʻlgan. Naim Frasherining fors tilida ikkita kitobi nashr etilgan boʻlin ular: "Fors tili grammatikasi" 1871-yilda va "Tehajjulat„ fors tilidagi sheʼrlar toʻplami esa 1885-yilda chop etilgan. Bular Albaniyada fors adabiyoti va madaniyati fanining asosini tashkil etgan.

Albaniyadagi boshqa eronlik olimlar qatoriga quyidagilar ham kiradi: Vexhi Buxoraja, koʻplab fors kitoblarini alban tiliga tarjima qilgan, masalan, Gjylistani dhe Bostani, “Shohnoma"dan 3500 misra va yana boshqalar; Tohir Dizdoriy, alban tilidagi forscha soʻzlar muallifi hisoblanadi; Hafiz Ali Korcha; Fan Noli, Umar Xojamning mashhur toʻrtliklari tarjimasi bilan; Dalan Shapllo, olim, yozuvchi va Hofiz Sheroziyning tasavvufiy sheʼrlari tarjimonidir; va yana boshqa koʻplab zamonaviy alban tilshunoslari, olimlari va yozuvchilari mavjud.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Official website of the Saadi Shirazi Cultural Foundation“. iranalbania.ir. 2011-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-mart.
  2. „Usmonlilar imperiyasi“, Vikipediya, 2023-08-26, qaraldi: 2023-09-20

Havolalar

tahrir