Abdurahimovakmaljon
2024-yil 20-yanvarda qoʻshildi
Jaloliddin Manguberdi (arabcha: جلال الدين منكبرتي— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq ismi – Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) – Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli, kelib chiqishi turkmanlarning Begdili urugʻiga borib taqaladi. Jaloliddin 33 yil umr koʻrgan boʻlib, shundan 11 yili turli janglar ichida oʻtgan. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi – Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun ham Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „Manguberdi“ nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
Jaloliddin Manguberdi | |
---|---|
Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan 25 so‘mlik tanga. 1999-yil. | |
Davlat nomi | Xorazmshohlar |
Tugʻilishi | Mankburni
Manguberdi 1198-yil |
Vafoti | 1231-yilning avgust oyida
Diyorbakir viloyati Silvan tumani Ayn Dar qishlogʻi |
Dafn etilgan joy | Silvan yoki Tuncelida ekani taxmin qilinadi |
Sulola | Anushteginiylar |
Otasi | Muhammad Xorazmshoh |
Onasi | Oychechak |
Dini | Islom |