Anushteginiylar
Anushteginiylar - kelib chiqishi turkiy xalqlardan boʻlgan Anushtegin asos solgan Xorazmni, Eronni va Kavkazorti davlatlarni boshqargan sulola (1097-1231).
Anushteginiylar sulolasi خوارزمشاهیان | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
Xorazmshohlar imperiyasi hududi | ||||
Poytaxti | Gurganch (1077-1212) (1212-1220) Gʻazna 1220-1221) Tabriz (1225-1230). | |||
Til(lar)i | Fors Turk tili | |||
Dini | sunniy islom | |||
Maydoni | 2,300,000 km 1210-yil 3,600,000 km 1218-yil | |||
Aholisi | 1 000 000 (1300) | |||
Boshqaruv shakli | Monarxiya | |||
- 1077-1096 | Anushtegin (ilk) | |||
- 1220-1231 | Jaloliddin Manguberdi (so'nggi) | |||
Tarix | ||||
- 1077 | Asos solingan | |||
- 1218-1221 | Mo'g'ullarning Xorazmga bosqini | |||
- 1230 | Yassıçemen jangi | |||
- 1231 | Imperiyaning yakuni | |||
Dastlab Saljuqiylar davlatiga qaram bir viloyat sifatida boʻlgan. Saljuqiylar davlati hukmdori Malikshoh oʻz noiblaridan biri Anushteginni Xorazmga hokim qilib tayinlaydi. Keyinchalik Saljuqiylar davlati zaiflashganidan soʻng Xorazm mustaqillikni qoʻlga kiritadi. Davlatga 1077-yilda asos solingan va moʻgullar bosqini tufayli oʻz mustaqilligini yoʻqotib, tarix sahnasidan oʻchirilgan. Taxminlarga koʻra, sulola 2,3 milliondan 3,6 million kvadrat kilometrgacha boʻlgan maydonni egallagan.
Tarixi tahrir
Anushteginiylar sulolasining vakili, Anushteginnnng oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (? -1127) 1097—1127-yillarda Xorazmni boshqardi. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini olgan (1097). Anushteginiylar-xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida utbiddin Muhammaddan boshlanadi. 1100-yil saljuqiylar sultoni Barqiyoruq va ukasi Sanjar Dodbek Habashiy isyonini bostirganlar. Sanjar Xurosonni qoʻlga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan. Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda oʻz qoʻshini bilan qatnashib, xiroj, oʻlponlarni oʻz vaqtida toʻlab turgan. Qutbiddin Muhammad oli-mu fuzalolarga homiylik qilgan adolatli hukmdor boʻlgan. Jurjoniyning tabobatiga oid "Zahirayi xorazmsho-hiy" asari Qutbiddin Muhammadga bagʻishlangan.
Mo'g'ullarning istilosi va Xorazmning qulashi tahrir
Mo'g'ullar Xorazmni bosib olishga juda qiynalishadi, lekin Xorazmshohning urushdagi noto'gri tadbiri, sulton Alouddinni o'z vaqtida taxtga o'tirgizmagani natijasida Mo'g'ullar taxtni egallaydi.
Adabiyot tahrir
- Bartold V.V., Sochineniya, t. 2 (chast 2), M., 1964; Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T, 1998.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |