Foydalanuvchi:Bexruzbek Rasuljonov/Sirli orol
Asl nomi | L'Île mystérieuse |
---|---|
Muallif(lar) | Jules Verne |
Tarjimon(lar) |
Agnes Kinloch Kingston and W. H. G. Kingston (1875) Stephen W. White (1876) I. O. Evans (1959) Lowell Bair (1970) Sidney Kravitz (2001) Jordan Stump (2001) |
Bezovchi(lar) | Jules Férat |
Mamlakat | Fransiya |
Til | fransuzcha |
Qismlar |
The Extraordinary Voyages #12 Captain Nemo #2 |
Janr(lar)i | Sarguzasht, ilmiy fantastik[1] |
Nashriyot | Pierre-Jules Hetzel |
Avvalgisi | Dunyo boʻylab 80 kun |
Sirli orol ( fransuzcha: L'Île mystérieuse </link></link> ) Jules Vernening romani boʻlib, 1874-yil avgustidan 1875-yilning sentabriga qadar yozilgan, soʻngra 1875-yil noyabrida kitob holida nashr etilgan. Hetzel tomonidan chop etilgan birinchi nashrda Jules Feratning rasmlari mavjud. Bu roman Vernening mashhur “Suv ostiga 80000 kilometr” (1870) va “In Search of the Castaways” (1867–68) romanlarining davomi boʻlib, lekin asar mavzusi ushbu kitoblardan tubdan farq qiladi. Nashriyot tomonidan rad etilgan. Nashrdan oldin to'liq qayta ko'rib chiqilgan romanning dastlabki holati "Shipwrecked Family: Marooned with Uncle Robinson" deb nomlangan bo'lib, bu "Robinzon Kruzo" romanining ta'siri borligini ko'rsatadi[2][3]. Verne o'zining "Godfrey Morgan" (frantsuz. L'École des Robinsons, 1882) romanida xuddi shunday mavzuga asosiy eʻtiborini qaratadi[4].
"Sirli orol" xronologiyasi 1866-yilda boshlangan "Suv ostiga 80000 kilometr" asari bilan mos kelmaydi. Chunki "Sirli orol" Amerika fuqarolar urushi davrida boshlangan.
Syujet
tahrirAmerika fuqarolar urushi paytida, besh harbiy asir Virginia shtatining Richmond qamalida vodorod bilan to'ldirilgan havo sharida qochib ketishadi. Havo sharida qochganlarCyrus Smith, Ittifoq armiyasida temir yo'l muhandisi; uning sobiq quli va sodiq izdoshi Neb ( Nebuchadnezzarning qisqartmasi); Bonadventure Pencroff, dengizchi (unga faqat familiyasi bilan murojaat qilinadi; Kingston versiyasida u Pencroft deb ataladi); uning asrab olingan o'g'li Harbert Brawn (ba'zi tarjimalarda Gerbert deb ataladi); va jurnalist Gedéon Spilettlar edi. Qochqinlarning soʻnggisi esa Cyrusning "Top" laqabli iti edia.
Havo shari bir necha kun davomida kuchli bo'ronda qolib ketadi. Guuruh jarliklar bilan o'ralgan, vulqonli, noma'lum orolga qulab tushishadi. Ular orolni Abraham Lincoln sharafiga ʻʻ Lincoln oroliʼʼ deb atashadi. Buyuk muhandis Smitning bilimi bilan bu besh kishi orolda olov, kulolchilik buyumlari, g‘isht, nitroglitserin, temir, elektr telegraf, granitli uy deb ataluvchi tosh qoya ichidagi g‘or uyi va hatto o‘zlari "Bonadventura" deb nomlangan kemasiga ham ega boʻlishadi. Endi ular oʻzlarini kelgindi deb emas,balki mustamlakachi deb oʻylay boshlaydilar.
Orolda bo'lgan vaqtlarida "kolonistlar" yomon ob-havoga chidashadi va Jup (yoki Jordan Stump tarjimasida Joop) degan orangutan Yupiterni xonakilashtirishdi. Orolda ko'rinmas sir bor edi, u havo shari qulaganidan soʻng Kirning omon qolishi, Topni dugongdan sirli qutqarilishi, asbob-uskunalar qutisi (qurol va o'q-dorilar, asboblar) paydo bo'lishi uchun javobgar edi.
Bir kuni guruh dengizdan topib olingan shisha ichidan yaqin atrofdagi Tabor orolidagi halokatga uchragan odamni xatini topib olishadi. Ular orolga oʻz kemalarida borib, u insonni qutqarishadi. Ammo, Lincoln oroliga qaytishda ular bo'ronda yo'llarini yo'qotib qoʻyadilar, biroq, sirli olovli mayoq orqali o'z yo'nalishlarini qayta topishadi.
Ayrtonning sobiq hamrohlari Lincoln oroliga tasodifan yetib kelishadi va uni o'z uylariga kiritishga harakat qilishadi. Qahramonlar bilan bir oz jangdan so'ng, qaroqchilar kemasi portlashi natijasida sirli ravishda vayron bo'ladi. Oltita qaroqchi omon qoladi va Ayrtonni o'g'irlab ketishadi. Mustamlakachilar uni qidirishga chiqishganda, qaroqchilar Harbertni otib, uni jiddiy jarohatlaydilar. Lekin Harbert o'limdan qutulib omon qoladi. Mustamlakachilar dastlab Ayrtonni o'ldirilgan deb taxmin qilishadi. Mustamlakachilar Harbert to'liq tuzalib ketgunga qadar shoshilinch ravishda Granit uyiga qaytishga harakat qilganda, Harbert bezgak bilan kasallanadi, ammo Granit uyidagi stolda sirli ravishda paydo bo'ladigan bir quti xinin sulfat bilan uning hayoti yana saqlab qolinadi. Harbert tuzalib ketgach, ular Ayrtonni qutqarib, qaroqchilarni yo'q qilishga harakat qilishadi.
Ingliz tilida nashr tarixi
tahrirAmerika Qo'shma Shtatlarida birinchi ingliz nashriyoti Scribner's Monthly jurnalida 1874-yil aprelidan boshlab qismlarga bo'lingan holda chiqa boshlagan[5].1875-yil sentabrda Sampson Low, Marston Low va Searle “Sirli orol” ning Britaniyadagi birinchi nusxasini “Dropped from the Clouds”, “The Abandoned ” va “The Secret of the Island ” (195 000 so‘z) nomli uch jilddan iborat kitobni nashr qilganlar. 1875 yil noyabr oyida Scribner Sampson Lowning inglizcha tarjimalaridan ushbu kitoblarning Amerika nusxasini nashr etgan. Iddao qilingan tarjimon WHG Kingston 1870-yillarda biznesdagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli og'ir kunlarni boshdan kechirgan bolalarning sarguzashtlari va kema sayohatlari haqida hikoyalarining mashhur muallifi bo'lganligi uchun Sampson Lowni ushbu kitoblarning tarjimoni sifatida yollagan. Biroq, hozir ma'lumki, "Sirli orol" va boshqa Jules Vernening romanlari tarjimoni aslida uning turmush o'rtog'i bo'lgan.Kingston tarjimasida qahramonning ismini "Smith"dan "Harding"ga o'zgartirgan; "Smith" Buyuk Britaniyada juda keng tarqalgan ism bo'lib, o'sha paytda quyi sinflar orasida ko'p foydalanilgan. Bundan tashqari, ko‘plab qismlari qisqartirilgan yoki butunlay olib tashlangan, shuningdek, ingliz kitobxonlarini xafa qilmaslik maqsadida o‘lim to‘shagida yotgan kapitan Nemoning imperializmga qarshi fikrlari ham chiqarib yuborilgan. Bu tarjima bir asrdan ortiq vaqt mobaynida asosiy manba sifatida qo‘llanib kelingan.
1876 yilda Stephen W.White tarjimasi (175.000 so'z) birinchi marta Filadelfiya shahridagi "The Evening Telegraph" gazetasining sahifalarida paydo bo'ldi va keyinchalik "Evening Telegraph Reprint Book" deb nomlandi. Ushbu tarjima asl hikoyaga ko'proq yaqin bo'lib, kapitan Nemoning o'lim sahnasini qayta tiklagan, ammo hali ham Vernening seregehon qanday ishlashini tasvirlashi kabi ba'zi qismlar kondensatsiya va chetda qoldirilgan. XX asrda yana ikkita qisqartirilgan tarjima paydo bo'ldi: Fitzroy Edition (Associated Booksellers, 1959) I. O. Evans tomonidan qisqartirildi (90,000 so'z) va Mysterious Island (Bantam, 1970) Lowell Bair tomonidan qisqartildi (90,000 söz).
1965 yilda nashr etilgan Complete and Unabridged Classics Series CL77 (Airmont Publishing Company, Inc) dan tashqari, 2001 yilgacha Sidney Kravitsning rasmli versiyasi (Wesleyan University Press) "Random House Modern Library" tomonidan nashr etilgan Jordan Stumpning yangi tarjimasi bilan deyarli bir vaqtda paydo bo'lganidan keyin boshqa qisqartirmagan tarjimalar paydo bo'lmagan. Kravits shuningdek, Shitwrecked Family: Marooned With Uncle Robinson-ni 2011 yilda Shimoliy Amerika Jules Verne Jamiyati va BearManor Fiction tomonidan nashr etgan.
- ↑ Canavan, Gerry (2018). The Cambridge History of Science Fiction. Cambridge University Press. ISBN 978-1-31-669437-4
- ↑ Krystek. „Jules Verne: An Author Before His Time?“. The UnMuseum (2002). Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ "Books in Review: New Editions of "Classic" SF". Science Fiction Studies (DePauw University) 29 (2). July 2002. http://www.depauw.edu/sfs/birs/bir87.htm.
- ↑ Nash. „École des Robinsons (L') – 1882“. JulesVerne.ca (2001-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 13-avgust.
- ↑ Verne, Jules (April 1874). „The Mysterious Island“. Scribner's Monthly. 7-jild. 722–734-bet.