Elektromagnit mosalashuv markazi
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi - radiochastotalarni tartibga solish va radiomonitoring qilish maqsadida faoliyat yurituvchi korxona hisoblanadi.
Tarixi:
tahrir1988-yil 1-yanvardan boshlab Davlat elektraloqa inspeksiyalari va Samarqand texnik radionazorat stansiyasi negizida “Radioelektron vositalarning elektromagnit moslashuv markazi” tashkil etilgan. Markaz Sobiq Ittiqoq respublikalari ichida birinchi radiochastotalardan foydalanishni nazorat qilish vazifalari yuklangan tashkilot hisoblanadi. Markazning dastlabki yillarida uning texnik bazasi asosan harbiy qabul qilgichlardan hamda Germaniya demokratik Respublikasi tomonidan ishlab chiqarilgan selektiv mikrovoltmetrdan va UAZ 469 rusumli avtomashinalarga asoslangan “LUCH” va “LUCH M” mobil pelengatorlardan iborat bo‘lgan. Shuningdek, radiochastotalar spektrining panoramali ko‘rsatuvchi yagona qurilma ET001 (Germaniya Federativ Respublikasi) Toshkent shahridagi Radionazorat punktlaridan birida joylashgan. Korxona radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi tartibga solish tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri sifatida mutlaqo yangi maqomga ega bo‘lgan. Keyinchalik, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonun ushbu holatni radiochastota organining vazifalari va funksiyalari sifatida belgilab bergan. 1992-yilda radiochastotalardan foydalanish va tarqatish sohasida asosiy regulyatorga aylanadigan Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilgan. 1998-yilda “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, ushbu qonunda O‘zbekistonda Radiochastota spektridan foydalanishni huquqiy tartibga solishning asosiy me’yorlari, tushunchalari va tamoyillari belgilandi. 1998-1999-yillarda O‘zbekiston Respublikasining barcha radioelektron vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirildi va birinchi ma’lumotlar bazasi yaratildi. 1999-yilning ikkinchi yarmida oGermaniyaning “Kurt Mitterfellner GmbH” va “Rohde&Schwarz” kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik boshlangan. 20 yildan ortiq davom etgan hamkorlikning sa’y-harakatlari natijasida, O‘zbekistonda texnik radionazorat va radio signallarni aniqlashni ta’minlaydigan noyob tizimi yaratildi. Bu tizim respublikaning deyarli butun hududini qamrab oldi va barcha zaruriy radiochastota diapazonlarida to‘liq monitoringni ta’minladi. Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida radiomonitoring tizimini qurish jarayonida chastotani tayinlashni hisobga olishning yondashuvlari va usullari, elektromagnit moslashuvni hisoblash dasturlari doimiy ravishda takomillashtirildi. Bu bir-birini to‘ldiruvchi hisoblangan ma’lumotlar va instrumental nazorat natijalari asosida qarorlarni iloji boricha aniq va samarali qabul qilishga imkon berdi. Hozirga kelib, korxonaning radiomonitoring tizimi 28 ta statsionar radionazorat va pelengatsiya stansiyalarini, shu jumladan chegara hududlarida o‘rnatilgan 10 ta so‘nggi modifikatsiyadagi ixcham stansiyalarni o‘z ichiga oladi. Bunda 24 ta mobil radionazorat va pelengatsiya komplekslari, eng zamonaviy spektr analizatorlari va test qabul qilgichlari, shuningdek, so‘nggi paytlarda dolzarb bo‘lgan mobil aloqa signallari bilan qoplash sifatini nazorat qilish raqdioaloqa uskunalari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, korxona negizida raqamli televizion eshittirishning zahira tizimi, shu jumladan, 3 ta ko‘chma avtonom radiotelevizion eshittirish kompleksi yaratildi.
Asosiy vazifalari:
tahrirRadiochastota organi funksiyasini bajarish, O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolar uchun mo‘ljallangan radioelektron vositalarning ishchi radiochastotalari hamda chaqiruv signallarini berish va hisobga olish, O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastotalar spektrining radiomonitoringi, radiochastotalarni taqsimlash va berishda elektromagnit moslashuvni ta’minlash, radioelektron vositalarda bo‘ladigan radioxalaqitlarni bartaraf etish, radiochastotalarni berish va elektromagnit moslashuvning hisob-kitoblari ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan bazasi tizimini yuritish va muntazam takomillashtirib borish, xalqaro hududiy me’yorlarni, xalqaro elektraloqa ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarning radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi ko‘rsatma va tavsiyanomalarini amalga oshirishdir.
Manbalar:
tahrirToshkent axborot texnologiyalari universiteti
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi