Qoʻzichoqlar sukunati – 1991-yilda Jonathan Demme tomonidan rejissyorlik qilingan boʻlib,Thomas Harrisning 1988-yildagi xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan amerika psixologik dahshatli triller filmi. Unda Jodie Foster „Buffalo Bill“ (Ted Levine) ismli seriyali qotilni qoʻlga olishga harakat qilayotgan yosh FQB stajori Clarise Starling rolini oʻynagan. Uni qoʻlga olish uchun Clarise qamoqqa olingan Hannibal Lecterdan (Anhtony Hopkins) maslahat soʻraydi. Filmda Scott Glenn, Anthony Heald va Kasi Lemmons kabi aktyorlar rol ijro etishgan[3].

Qoʻzichoqlar sukunati
Rejissyor(lar) Jonathan Demme
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Ted Tally
Qaysi asarga
asoslangan
Qoʻzichoqlar sukunati
Thomas Harris
Rollarda
Bastakor(lar) Howard Shore
Kinematografiya Tak Fujimoto
Muharrir(lar) Craig McKay
Studiya(lar) Strong Heart Productions
Distribyutor Orion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 30-yanvar, 1991-yil(1991-01-30) (New York )
  • 14-fevral, 1991-yil(1991-02-14) (AQSH)
Davomiyligi 118 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $19 million[2]
Daromadi $272.7 million[2]

1991-yilning 14-fevralida „Qoʻzichoqlar sukunati“ filmi premyera qilingan hamda 272,7 million dollar daromad keltirgan.19 milllion dollar budjet bilan 1991-yilda dunyo boʻylab eng koʻp daromad keltirgan beshinchi film boʻlgan. Filmning premyerasi 41-Berlin xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtgan va u yerda „Oltin ayiq“ mukofoti uchun kurashgan. Demme esa „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyasida „Kumush ayiq“ mukofotiga loyiq koʻrilgan. Bu barcha mukofotlarni olgan uchinchi va eng soʻnggi film boʻlgan. Bu filmgacha 1934-yildagi It Happened One Night va 1975-yilgi Kakku uyasi uzra parvoz filmlari bunday natijaga erishgan edi. Bu eng yaxshi film nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan birinchi va hozirgacha yagona dahshatli film.

Qoʻzichoqlar sukunati“ muntazam ravishda tanqidchilar, rejissyorlar va tomoshabinlar tomonidan eng buyuk va eng taʼsirli filmlardan biri sifatida tilga olinadi. 2018-yilda Empireda u barcha davrlarning 500 ta eng zoʻr filmlari roʻyxatida 48-oʻrinni egallagan[4]. American Film Institute bu filmni Amerika kinosidagi oltmish beshinchi eng buyuk film, shuningdek, beshinchi eng buyuk va eng taʼsirli triller filmi deb topgan. Starling va Lecter esa eng buyuk kino qahramonlari qatoridan joy olgan. Film AQSh Kongressi kutubxonasi tomonidan „madaniy, tarixiy yoki estetik jihatdan ahamiyatli“ deb topilgan[5]. 2001-yilda „Hannibal“ ning davomi chiqqan, undan keyin ikkita prekvel film „Qizil ajdaho“ (2002) va „Hannibal Rising“ (2007) dunyo yuzini koʻrgan.

Syujet

tahrir

FQB stajyori Clarise Starling oʻzining boshligʻi Jack Crawford tomonidan qamoqqa olingan Hannibal Lecter, oʻta aqlli sobiq psixiatr va kannibalistik seriyali qotil bilan intervyu olish uchun topshiriq oladi. Crawford bu intervyudan yashirincha „Buffalo Bill“ nomi bilan mashhur boʻlgan, ayollarni oʻldiradigan va terisini shiladigan psixopatik seriyali qotil haqida maʼlumot olishga umid qiladi.

Starling Baltimore shtati ruhiy kasallar shifoxonasida oʻz kamerasida Lecter bilan uchrashadi. Dastlab xushmuomala boʻlsa-da, Lecter uni rad etib, Crawfordning asl maqsadini tezda anglaydi. U ketayotganda, boshqa mahbus Miggs unga yomon gap gapirib, Lecterni gʻazablantiradi. Bu voqea Hannibal oʻz fikrini oʻzgartirishiga sabab boʻladi, va u Starlingga bir qancha maslahatlar beradi. Bu maslahatlarga amal qilgan Starling yoʻlning oxirida bir odamning kesilgan boshi solingan bankani topib oladi. Bu odam Buffalo Bill bilan bogʻliq ekanligi oydinlashadi. Lecter esa qotilning shaxsiyatini ochish uchun kelishuv taklif qiladi. Unga koʻra, oʻzi yomon koʻradigan doktor Frederick Chilton kasalxonasidan boshqa joyga koʻchirilishi sharti bilan qotilning shaxsiyatini aytishi kerak edi. Shu bilan birga, Lecter Miggsga oʻz tilini yutib yuborishi va oʻz joniga qasd qilishga majbur qiladi. Taxminan bir vaqtning oʻzida tomogʻida deathʻs head moth boʻlgan yana bir qurbon topiladi.

Tennessee shtatida Buffalo Bill AQSh senatorining qizi Catherine Martinni oʻgʻirlab ketadi. Crawford Starlingga Lecterga soxta shartnoma taklif qilish huquqini beradi va agar u Buffalo Billni qoʻlga olishga yordam bersa, boshqa qamoqxonaga oʻtishini vaʼda qiladi. Lekin Lekter buning oʻrniga Starling haqidagi shaxsiy maʼlumotlar evaziga yordam berishini taklif qiladi. Chilton esa Starlingning hiylasini fosh qiladi va Lecterga yangi shartnoma taklif qiladi. Lekter bu taklifga rozi boʻladi va Memphisga uchib ketadi, u yerda senator Martinga Buffalo Billning tashqi koʻrinishi haqida aniq maʼlumot beradi.

Starling hozirda Tennessee shtatida qamoqqa olingan Lecterni oldiga boradi va bolalik davridagi ogʻriqli voqeani aytib beradi. Starling oʻzi yaxshi koʻrgan qoʻzichoqlarni omborda soʻyilganda qichqirganini eshitgan, lekin ularni qutqara olmagan. Lecter, u Catherineni qutqarib, bu voqeadan keyin paydo boʻlgan dahshatli tushlardan qutulishini atadi. Starling mamnun boʻlib, ish materiallarini unga qaytaradi. Oʻsha kuni kechqurun Lecter oʻzining ikki qoʻriqchisini shafqatsizlarcha oʻldiradi va kamerasidan qochib ketadi.

Lekter tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar bilan Starling Buffalo Bill oʻzining birinchi qurboni Frederika Bimmelni boʻlganini aniqlaydi. U Bimmelning uyiga Ogayo shtatiga sayohat qiladi va Bimmel ham, Buffalo Bill ham tikuvchi boʻlganini bilib oladi. Bimmelning xonasida u Buffalo Bill inson terisidan kostyum tikayotganini koʻrsatadigan dalillarni topadi. Jinoyatchi Jame Gumb ismli erkak boʻlib, u oʻzini transsexual deb hisoblaydi, lekin jinsini oʻzgartirish operatsiyasi boʻyicha shifoxonalarga murojaat qilganda rad javobini oladi. Crawford va FQB garovga olinganlarni qutqarish guruhi Illinoys shtatidagi Gumbning uyiga bostirib kirishadi, ammo uy boʻsh boʻladi. Ayni paytda, Starling uni Bimmelning sobiq mijozlaridan birining uyiga olib boradigan yetakchiga ergashadi. U yerda haqiqiy Jame Gumb bilan uchrashadi va uning Buffalo Bill ekanligini tushunadi. Uning uyida esa deathʻs head mothni koʻradi. Starling Catherineni yertoʻladagi quduqdan topadi. Catherineni qutqarib boʻlgach, u Gumbni otib oʻldiradi.

FQB Akademiyasi bitiruv kechasida Starlingga Bimini aeroportida Bagama orollarida boʻlgan Lecterdan qoʻngʻiroq boʻladi. Lecter uni taʼqib qilish niyati yoʻqligiga ishontiradi. U kechki ovqatga eski doʻsti borligini aytib, yangi kelgan Chiltonni olomon orasidan kuzata turib, goʻshakni qoʻyadi.

Rollarda

tahrir

Kasting

tahrir

Jodie Foster romanni oʻqib chiqqandan soʻng darhol FQB agenti Clarice Starling rolini oʻynashga qiziqqan[8]. Biroq, „The Accused“ (1988) filmidagi ijrosi uchun hozirgina Oskar mukofotini qoʻlga kiritganiga qaramay, Demme dastlab bu akrisa rolga toʻgʻri kelishiga ishonch hosil qilmagan[9][10]. „Married to the Mob“ (1988) filmida hamkorlik qilgan Demmening Starling roli uchun birinchi tanlovi Michella Pfeiffer boʻlgan. Lekin aktrisa rad javobini bergan va keyinchalik: „Bu qiyin qaror edi, lekin men film mavzudan uni menga toʻgʻri kelmasligini his qildim“, - degan[11]. Keyin rejissiyor Meg Ryanga murojaat qilgan, ammo bu aktrisa ham bu filmda rol oʻynashdan bosh tortgan. Oxir-oqibat aktrisan Fosterga bu rolga loyiq topilgan[12][13].

Lester roli uchun Demme dastlab Sean Conneryga murojaat qilgan. Connery rad javobini berganidan soʻng, Anthony HopkinsgaThe Elephant Man“ (1980) filmidagi ijrosi asosida bu rol taklif qilingan[14]. Hopkinsning agenti aktyorga „Qoʻzichoqlar sukunati“ nomli ssenariy tayyorlanayotganini aytganida, Hopkins: „Bu bolalar hikoyasi-mi?“, – deydi. Hopkins ssenariyning dastlabki 10 sahifani oʻqib boʻlgach, agentiga qoʻngʻiroq qilgan va „Bu men oʻqigan eng yaxshi film“, - degan[15].

Manbalar

tahrir
  1. „The Silence of the Lambs“. British Board of Film Classification. 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „The Silence of the Lambs (1991)“. Box Office Mojo. 2014-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
  3. „The Silence of the Lambs“. Turner Classic Movies. 2016-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
  4. „The 500 Greatest Movies of All Time – #400–301“. Empire Online. 2011-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-iyun.
  5. „Silence of the Lambs added to U.S. film archive“. London: BBC News (2011-yil 28-dekabr). 2011-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-dekabr.
  6. Kennedy, Michael „Silence Of The Lambs: George Romero's Cameo Role Explained“. Screen Rant (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  7. Saperstein, Pat (July 16, 2017). „George A. Romero, 'Night of the Living Dead' Director, Dies at 77“. Variety. Qaraldi: June 24, 2021.
  8. Mishra, Anubhuti. „20 Best suspense movies as per IMDb that will keep you hooked“. Pinkvilla (2023-yil 14-iyun). 2022-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  9. „The Total Film Interview – Jodie Foster“. Total Film (2005-yil 1-dekabr). 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
  10. Davis. „Mindhole Blowers: 20 Facts About The Silence of the Lambs That Might Make You Crave a Nice Chianti“. Pajiba (2012-yil 27-fevral). 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
  11. The Barbara Walters Special, American Broadcasting Company, 1992
  12. Davis. „'Silence of the Lambs' director admits he didn't want to cast Jodie Foster“. NME (2015-yil 2-aprel). 2018-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-mart.
  13. Maslin. „How to Film a Gory Story With Restraint“. The New York Times (1991-yil 19-fevral). 2015-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
  14. Odam. „AFF panel wrap: Jonathan Demme in conversation with Paul Thomas Anderson“. Austin American-Statesman (2013-yil 26-oktyabr). 2014-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-mart.
  15. Setoodeh, Ramin. „Jodie Foster and Anthony Hopkins Reunite for 'Silence of the Lambs' 30th Anniversary“. Variety (2021-yil 20-yanvar). 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.