Foydalanuvchi:Khafiza2007/qumloq
Mamlakat boshqaruv shakli — turlarga hamda boshqaruv metodlariga ega. Boshqarish jarayonida uning tarkibiy qismlari — maqsad va vazifalar, mazmun va shakl hamda metodlar oʻzaro bogʻliklikda boʻladi. Ammo ular ichida eng oʻzgaruvchan va murakkab pedagogik jamoaga taʼsir koʻrsatish metodlari boʻlib hisoblanadi. Ular boshqaruvchi va boshqariluvchilar faoliyatlarini oʻzaro birligini taʼminlaydi. Boshqarish metodlari boshqariladigan ob’ektga maqsadga qaratilgan taʼsir koʻrsatish uchun shakllaridan iborat boʻlib, ular yordamida boshqarish sub’ekti va ob’ektining oʻzaro uygʻunligi taʼminlanadi. Metodlar boshqarish tizimining xususiyatlari, vazifasi mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, boshqaruv faoliyatini taʼsir koʻrsatish mazmunini belgilaydi.
Turlari
tahrirRespublika
tahrirRespublika (lotincha: respublica, res — ish va publicus — umumxalq, ijtimoiy) — davlat boshqaruv shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Respublika shakli Qadimgi Rim davridan maʼlum boʻlsa ham, uning keng tarqalishi XX asrning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi. 2018-yil holatiga koʻra, jahonning siyosiy xaritasida 150 ta respublika davlatlari mavjud. Respublikalar asosan 3 ta turga boʻlinadi:
- Prezidentlik — bu respublikalarda hokimiyatning asosiy vakolatlari prezidentga tegishli boʻlib, hukumat(vazirlar mahkamasi) tarkibi davlat rahbari tomonidan shakllantiriladi. Prezidentlik respublikalariga AQSH, Meksika, Braziliya, Argentina, Afg'oniston, Qozog'iston, O'zbekiston kabi mamlakatlar misol boʻla oladi.
- Parlamentar — bu respublikalarda hukumat tarkibini parlament saylovlari natijalari asosida siyosiy partiyalar tomonidan shakllantiriladi va prezident funksiyalari chaklangan boʻladi. Germaniya, Hindiston, Italiya va boshqalar ana shunday davlatlar sirasiga kiradi.
- Aralash — bu respublikalarda esa prezident va parlament birgalikda hukumat tarkibini shakllantiradi va uning faoliyatini nazorat qiladi. Bunday respublikalar qatoriga Rossiya, Ukraina, Misr va boshqa mamlakatlar mansub.
Monarxiya
tahrirMonarxiya (yunoncha: monarchia — yakka hokimlik) — davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshligi monarx hisoblanadi. Monarxiyaning 2 turi mavjud:
- Mutlaq (absolyut) monarxiya, bunda monarxning toʻla hokimiyatini cheklaydigan bironbir davlat organi boʻlmaydi;
- Konstitutsiyaviy monarxiya, bunda monarx hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan boʻladi, yaʼni qonunchilikni parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Ayrim mamlakatlarda davlat boshligʻi ayni vaqtda liniy rahbar ham hisoblanadi[1].