Nasriddinovazilola
AQSh iqtisodiyoti – oʻta yuqori darajada rivojlangan aralash iqtisodiyot. Amerika Qoʻshma Shtatlari dunyodagi eng katta nominal YIMga hamda juda katta iqtisodiy boyliklarga egalik qilib, hozirda dunyo mamlakatlarining xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha hisoblangan yalpi ichki mahsuloti boʻyicha Xitoydan keyingi ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Mamlakat yaqin vaqtlarga qadar aholi jon boshiga hisoblangan YIM (nominal) boʻyicha dunyoda sakkizinchi oʻrinni egallab turgan, ammo 2022-yil holatiga koʻra, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YIM boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinni qayd etdi. AQShning 2022-yildagi nominal YIM hajmi jahon iqtisodiyotining 25,4 foizini, XQP boʻyicha YIM hajmi esa taxminan 15,6 foizini tashkil etdi. Qoʻshma Shtatlar dunyodagi eng taraqqiy etgan texnologik va innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlardan biri sanaladi. AQSh firmalari texnologik yutuqlarda, ayniqsa, sunʼiy intellekt, kompyuter, farmatsevtika, tibbiyot, aerokosmika va harbiy texnika sohalarida yetakchi oʻrinlarni band etib turibdi. AQSh dollari xalqaro savdoda eng keng qoʻllaniladigan yetakchi valyuta boʻlib, u mamlakat iqtisodiyoti, barqaror hukumati, armiyasi hamda neft-dollar tizimiga mos standart valyuta sifatida qoʻllanilishi sabab dunyo boʻylab keng tarqalgan. (Davomi...)