Foydalanuvchi:Tahrirchiqiz/William Golding
William Golding | |
---|---|
Golding 1983-yil | |
Tavalludi |
William Gerald Golding 19-sentyabr 1911-yil Kornuoll, Buyuk Britaniya |
Vafoti |
19-iyun 1993-yil (81 yoshda) Kornuoll, Buyuk Britaniya |
Alma mater | Brasenose kolleji, Oksford |
Janr |
|
Mukofotlari | Kitobxon mukofoti (1980) Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1983) 1988-yilgi tugʻilgan kun sharafiga |
Imzosi | |
Fayl:William Golding signature.jpg |
Sir William Gerald Golding (1911-yil 19-sentyabr – 1993-yil 19-iyun) ingliz yozuvchisi, dramaturg va shoiri. U oʻzining debyut romani „ Lord of the Flies“ (1954) bilan mashhur boʻlib, hayoti davomida yana oʻn ikki jildli badiiy adabiyotni nashr etgan. 1980-yilda u "Rites of Passage" dengiz trilogiyasining „To the Ends of the Earth“ nomli birinchi romani uchun Kitobxon mukofotiga sazovor boʻldi. U 1983-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Adabiyotga qoʻshgan hissasi natijasida Golding 1988-yilda ritsar unvoniga sazovor boʻladi[1]. Shuningdek, u Qirollik Adabiyot Jamiyatining aʼzosi ham edi. 2008-yilda The Times jurnalida Golding "1945-yildan beri 50 ta eng buyuk britaniyalik yozuvchilar " roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallaydi[2].
Biografiyasi
tahrirWilliam Golding onasi tomonidan buvisining uyida, 47 Mount Wise,Kornuollda tugʻilgan[3]. Uy Karenza nomi bilan mashhur boʻlib, Kornishcha sevgi degan maʼnoni bildirgan boʻlib, bolaliligidagi koʻp bayramlarini oʻsha yerda oʻtkazgan[4]. Golding va uning katta akasi Joseph otalari dars bergan maktabga borishgan[5]. Goldingning onasi ayollar saylov huquqi uchun kurashuvchi ayol edi. Onasi Kornish boʻlgani uchun unga bolaligidan eski Kornish arvohlari haqidagi ertaklarni aytib berardi[6]. 1930-yilda Golding Oksforddagi Brasenose kollejiga boradi va u yerda ikki yil tabiiy fanlardan tahsil oladi, ammo oʻqishing soʻnggi ikki yili qolganda u ingliz tili fakultetiga koʻchadi[7]. Uning haqiqiy oʻqituvchisi kimyogar Tomas Teylor boʻlgan[8].
Nikohi va oilasi
tahrirGolding ota-onasiga maʼqul boʻlgan uchun ham Marlborough Molly Evans bilan unashtirilgan edi[9]. Biroq, u nikohdan voz kechadi va 1939-yilning 30-sentabrida analitik kimyogar Ann Brookfield [10] bilan turmush quradi. Ularning ikki farzandi bor edi: David (1940-yil sentyabrda tugʻilgan) va Judith (1945-yil iyulda tugʻilgan)[3][11].
Harbiy xizmati
tahrirGolding Ikkinchi jahon urushi payti 1940-yilda Qirollik dengiz floti safiga qoʻshildi[12]. U Bismark nemis jangovar kemasini taʼqib qilish va choʻktirishda qisqa vaqt ichida qatnashib hujumchi sifatida xizmat qilgan. Golding D-Day kuni Normandiya bosqinida qatnashib, plyajlarga raketa otgan qoʻmondon kemasiga qoʻmondonlik qilgan. U shuningdek, 1944-yil oktyabr va noyabr oylarida Valcherenda xizmat qilgan. Shu vaqt ichida hujumga uchragan 27 ta hujum kemasidan 10 tasi choʻkib ketgan[13][14]. Golding shu xizmatlari uchun leytenant darajasiga koʻtariladi[15].
Vafoti
tahrir1985-yilda Golding va uning rafiqasi Kornuoll shtatining Truro shahri yaqinidagi Perranarvortaldagi Tullimaar nomli uyga koʻchib oʻtadi. Sakkiz yil oʻtgach, u 1993-yil 19-iyunda yurak kasalligidan vafot etadi. Uning jasadi sobiq uyi va Xempshir va Dorset bilan chegaradosh Wiltshire okrugi yaqinidagi Bowerchalke cherkov hovlisiga dafn qilinadi.
Oʻlimidan soʻng u 1995-yilda vafotidan keyin nashr etilgan qadimgi Delfida boʻlgan „The Double Tongue“ romanining qoralamasini qoldirdi[16][17].
Asarlari
tahrirSheʼrlari
tahrir- Poems (1934)
Dramasi
tahrir- The Brass Butterfly (1958)
Romanlari
tahrir- Lord of the Flies (1954)
- The Inheritors (1955)
- Pincher Martin (1956)
- Free Fall (1959)
- The Spire (1964)
- The Pyramid (1967)
- Darkness Visible (1979) (James Tait Black yodgorligi mukofoti)
- To the Ends of the Earth (trilogy)
- Rites of Passage (1980) (Kitobxon mukofoti)
- Close Quarters (1987)
- Fire Down Below (1989)
- The Paper Men (1984)
- The Double Tongue (vafotidan soʻng nashrdan chiqqan 1995)[18]
Toʻplamlari
tahrir- The Scorpion God (1971)
- „The Scorpion God“
- „Clonk Clonk“
- „Envoy Extraordinary“
Ilmiy asarlari
tahrir- The Hot Gates (1965)
- A Moving Target (1982)
- An Egyptian Journal (1985)
Manbalar
tahrir- ↑ Bruce Lambert. „William Golding Is Dead at 81; The Author of 'Lord of the Flies'“. The New York Times (1993-yil 20-iyun). Qaraldi: 2007-yil 6-sentyabr.
- ↑ The 50 greatest British writers since 1945. The Times (5 January 2008). Retrieved on 1 February 2010.
- ↑ 3,0 3,1 Kevin McCarron, 'Golding, Sir William Gerald (1911–1993)', accessed 13 November 2007
- ↑ Carey, Chap 5 ('Childhood'), pg. 18.
- ↑ (Which should not be confused with Marlborough College, the nearby „public“ boarding school).
- ↑ Carey, Chap. 4 ('The Houseʼ), pg. 15.
- ↑ Carey, pp. 41, 49
- ↑ Carey, p. 15
- ↑ Presley, Nicola. 'William Goldingʻs Early Life.'William Golding Official Website, Published 19 September 2018, https://william-golding.co.uk/william-goldings-early-life. Accessed 29 November 2020.
- ↑ Harold Bloom. William Golding's Lord of the Flies; Bloom's modern critical interpretations. Infobase Publishing, 2008 — 161–165-bet. ISBN 978-0-7910-9826-4.
- ↑ Golding. „The Inheritors: the intimate secrets in William Golding's Neanderthal tale“ (en). The Guardian (2015-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
- ↑ Raychel Haugrud Reiff, William Golding: Lord of the Flies, page 58 (Marshall Cavendish, 2010). ISBN 978-0-7614-4276-9
- ↑ Mortimer, John. Character Parts. London: Penguin, 1986. ISBN 978-0-14-008959-2.
- ↑ Carey, p. 94
- ↑ William Golding: Life and Background Springer Link. Retrieved 20 August 2023.
- ↑ Bruce Lambert. „William Golding Is Dead at 81; The Author of 'Lord of the Flies'“. The New York Times (1993-yil 20-iyun). Qaraldi: 2007-yil 6-sentyabr.Bruce Lambert (20 June 1993). „William Golding Is Dead at 81; The Author of 'Lord of the Flies'“. The New York Times. Retrieved 6 September 2007.
- ↑ Golding, William. The Double Tongue. London: Faber, 1996. ISBN 978-0-571-17803-2.
- ↑ The Double Tongue 1996 Faber reprint ISBN 978-0-571-17720-2
Havolalar
tahrir- 1959 yildagi BBC televideniyesiga intervyu
- William Golding
- Meri Lin Skottning intervyusi – universal pessimist, kosmik optimist
- William Golding Ltd rasmiy veb-sayti.
- Soʻnggi soʻzlar DM Tomas – Guardian tomonidan Goldingning soʻnggi oqshomining hisobi – 2006-yil 10-iyun, shanba (Koʻrib chiqish boʻlimi)
- Rasmiy Facebook sahifasi
- Nobel mukofoti maʼruzasi
- „William Golding inqirozi“
- Tahrirchiqiz/William Golding IMDbda
- William Golding Exeter universitetidagi maxsus toʻplamlari