Foydalanuvchi:TheFrenchTraductor/Xalqaro Shodiev Fondi

Xalqaro Shodiev Fondi
Qisqartma XShF
Joylashuvi Lixtenshteyn
Hududiy xizmati Ukraina Rossiya Qozogʻiston Oʻzbekiston Yaponiya
Asoschi(lar)i Fattoh Shodiyev

1996-yilda oʻzbek milliarderi Fattoh Shodiyev tomonidan asos solingan, Xalqaro Shodiyev Fondi yoki XShF (ingliz tilida — International Chodiev Foundation (ICF)), nodavlat xayriya tashkiloti boʻlib, uning bosh qarorgohi Lixtenshteynda joylashgan[1][2][3].

Fond Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar Instituti (MDXMI) talabalariga yordam berish uchun grantlar va stipendiya dasturlarini taqdim etish maqsadida tashkil etilgan. Xalqaro Shodiyev Fondi o'shandan buyon akademik tadqiqotlar, san'at va bolalarni himoya qilish bo’yicha[2][4]. xalqaro hamjamiyat uchun hayriya markaziga aylandi. XShF zamonaviy Rossiyadagi eng qadimiy xayriya jamg'armalaridan biridir [5] . Fond Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Yaponiyada faoliyat yuritadi[6].

2020-yilda Fattoh Shodiyev taʼlim, madaniyatlararo aloqalar va sanʼatga koʻrsatgan homiyligi uchun Doʻstlik ordeni (Rossiya)[7], shuningdek, Yaponiya va Rossiya davlatlari o'rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgani uchun « Quyosh chiqar » (I-darajali ) ordeni (Yaponiya) bilan taqdirlandi[8].

2020 yilda yozuvchi Olga Monaxova o‘zining “Rossiyadagi xayriya ishlarining kelajagi : Xalqaro Shodiyev Fondi tajribasi” kitobida “MDHdagi eng yirik xayriya jamg‘armalaridan biri” modelini tahlil qiladi[9].

Faoliyat

tahrir

Bolalar

tahrir

Fond o'z yordami bilan maktablarga, mehribonlik uylariga va nogiron bolalar[7][9]. uchun tibbiy muassasalarga homiylik qilib, bolalarni himoya qilish bilan bog'liq turli tadbirlarni qo'llab-quvvatlaydi. XShFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mehribonlik uylariga insonparvarlik va tibbiy yordam ko’rsatadi[3].

2002 yilda fond Moskvadagi bolalar uyini qayta tiklashga yordam berdi ; u o’zining yordami bilan 1996 yilda ukrainalik murabbiy, Odessa shahar kengashi deputati Litvak Boris Davidovich tomonidan tashkil etilgan Odessa bolalar reabilitatsiya markazini qo'llab-quvvatladi. Xalqaro  Shodiyev  fondi  mazkur  markazning  asosiy  moliyaviy  homiylaridan  biri  hisoblanadi [10][11][12] .

XShF bir necha yildan beri « SMIrotvorets » jurnalistika tanlovini qo'llab-quvvatlab keladi. Uning maqsadi sifatli jurnalistika ishlari va Rossiya bo'ylab turli millatlar va etnik guruhlar o'rtasidagi madaniyatlararo munosabatlarga bag'ishlangan loyihalarni aniqlashdir. XShF o'zining yordami bilan "Bolalar va o'smirlar uchun asosiy ommaviy axborot vositalari" maxsus nominatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi[13].

Sog’liqni saqlash tizimi

tahrir

Koronavirus pandemiyasi davrida Fond O‘zbekistondagi keksalar va kam ta’minlangan oilalarni oziq-ovqat, mahsulotlar va dezinfektsiyalash vositalari bilan ta’minladi. Shuningdek, Toshkent shahridagi xayriya tashkilotlarini muvofiqlashtirish markaziga insonparvarlik yordami ko’rsatadi. Yana, Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti shifokorlari uchun tibbiy asbob-uskunalar va shaxsiy himoya vositalarini xarid qiladi[14][15].

Maorif

tahrir

1996-yilda, XShF bir necha o‘qituvchilarni ish haqi va uy-joy bilan ta’minlash orqali MDXMIga yordamga keldi. Shundan so’ng, bugungi kunga qadar Fond har yili talabalar va nomzodlarga stipendiyalar taklif qilish, talabalar va o'qituvchilar uchun stajirovka (malaka oshirish) xarajatlarini to'lash, tadbirlar, tadqiqot va nashriyot faoliyatini moliyalashtirish orqali o’quv dargohini qo'llab-quvvatlashni davom etmoqda[11][16].

2007 yilda Fattoh Shodiyev hamda yana ikki MDXMI bitiruvchisi « MDXMI Fondi » ni yaratdilar. Ularning har biri 125 million rubldan jamg’armaga o’z hissalarini qo’shdilar va shu orqali birinchi Rossiya Xayriya Fondini tashkil qilishdi. Bu universitet uchun barqarorlik va uning o'sishi uchun kafolat bo'ldi. MDXMI fondining uchta ta'sischisi endilikda Oliy Dargoh direktorlar kengashi a'zolari hisoblanadi[11][17][18] .

2020 yilda Fond o'qishni davom ettirish uchun moliyaviy resurslarga ega bo'lmagan eng yaxshi MDXMI Oliy O’quv Yurti talabalarini qo'llab-quvvatlab, stipendiya va mukofot dasturini davom ettirmoqda [10][19][2].

XShF va MDXMIning Toshkentdagi filiali 2025 yilgacha hamkorlik memorandumini imzoladilar. Unga ko'ra Fond texnik va transport uskunalarini sotib olish uchun allaqachon mablag' ajratgan, shuningdek 2021 yil yozidan buyon, MDXMI bakalavriatida o'qishni moliyalashtirish va talabalarga stipendiyalar berish majburiyatini o’z zimmasiga olgan [20][21][22] .

Yapon san'ati

tahrir

Bir necha yil Yaponiyada yashab, u yerda sovet-yapon munosabatlari bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlab kelgan Fattoh Shodiyev yapon san’atiga qiziqib qoladi va unga o‘z Fondi orqali hissa qo‘shishga qaror qiladi. Uning maqsadi madaniy merosni saqlashdir [23][24][23] .

Fond Rossiya Federatsiyasining yaponshunoslar uyushmasi bilan hamkorlik qiladi va ilmiy hamda nashriyot faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi (24). 2009 yildan beri u Rossiyaning Yaponiya madaniyatiga bag'ishlangan eng yirik tadbiri : « Festival J-Fest »ning [10][25][26]. bosh homiysi bo’lib kelmoqda. Fond, shuningdek, Yaponiyadagi rus madaniyati festivali va “Rossiya bolalari - 2021” fototanloviga homiylik qiladi. Festival Yaponiyaning 92 shahrida yashovchi 18 million yapon aholisiga rus madaniyatini namoyish qiladi[27][28].

 
Fudzi tog'i Kavaguchi ko'lidan ko'rinadi.

2011 yilda Kavagutidagi Ittiko Kubota muzeyi inqiroz yoqasida edi. Fond yapon mato dizayneridan 104 dona san’at durdonasi bo’lmish kimono rasmlari  kolleksiyasini 3 million dollarga qayta sotib oladi. Xususan, kollektsiyaning estetik yaxlitligini saqlab qolish uchun : bir xil tasvirni ifodalovchi ketma-ket bir nechta kimonolar to’plami [29][30][24][31].

2013 yildan 2020 yilgacha XShF 8 ta davlatda, jumladan, Rossiya, Qozog'iston, Niderlandiya, Frantsiya, Belgiyada, Antverpen moda muzeyida, AQSh va Kanadada 15 ta kimono ko'rgazmalarini tashkil qiladi[24][32]. 2015 yilda to'plam Parijdagi Guimet muzeyida namoyish etildi[33][34], 2020 yil mart oyida Londondagi Viktoriya va Albert muzeylarida « Kimono : Kiotodan podiumgacha" ko’rgazmasida, 2020 yil iyun oyida dizayner kimonolari Tokiodagi Milliy muzeyda « Kimono: Fashion Identity » ko‘rgazmasida namoyish etiladi[10][35].

2019-yilda XShF ning kimonolar kolleksiyasini va muzeyni saqlashda ishtirok etishi hamda yapon tasviriy san’at durdonalarini butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish natijasida Ittiko Kubota san’at muzeyi The Guardian nashri tomonidan Yaponiyada tashrif buyurish uchun eng yaxshi 10 ta joydan biri deb topildi[36][37][38].

2019-yilda Shodiyev Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan Sakkizinchi xalqaro madaniyat forumi doirasida anʼanaviy yapon Kabuki teatrining Rossiya gastrollarini moliyalashtirgani uchun Rossiya Madaniyat vazirligi tomonidan “Yil homiysi” unvonini oladi. [29] . Oʻsha yili Fond “Koʻp yuzli Yaponiya” va “Ishonch yoʻlida : ruslar Yaponiyada” nomli ikkita hujjatli filmni suratga olishni qoʻllab-quvvatlab keladi. Hujjatli Filmlar "Katta Osiyo" telekanalida efirga uzatiladi. Telekanal shuningdek, ikki mavsumli « Ittiku Kubota Kimono Collection Foundation » filmini ham efirga uzatadi[39].

XShF yaponshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi[8].

O'zbekiston taraqqiyoti

tahrir

2017-yilda O’zbekistonda[3], Xalqaro Shodiyev Fondi vakolatxonasi ochilishi munosabati bilan XNNT « Buyuk Kelajak » tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston 2035” forumining asosiy homiylaridan biridir. XNNT (Xalqaro nohukumat notijorat tashkiloti) yaqinda Oʻzbekiston taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlash va uning 2035-yilgacha  boʻlgan strategiyasini belgilashga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan[40].

Ma'lumotnomalar

tahrir

Ishlatilgan asarlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Еще один узбекский миллиардер решил открыть бизнес на исторической родине“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 redaction „Chodiev Patokh: International Chodiev Foundation – Le chemin vers l’organisation caritative -“ (fr-FR) (2020-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Фонд Фаттаха Шодиева открыл представительство в Узбекистане“ (ru) (2017-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  4. „Mission and values“ (en-US). Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  5. „Самые известные филантропы современности: Уоррен Баффет, Марк Цукерберг, Фаттах Шодиев и другие“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  6. „Our geography“ (en-US). Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  7. 7,0 7,1 Matters, Business „ICF Founder Dr Patokh Chodiev is awarded Order of Friendship of the Russian Federation“ (en-GB) (2020-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
  8. 8,0 8,1 „Международный фонд Шодиева (ICF)“ (ru).
  9. 9,0 9,1 „Патох Шодиев: каждый ребенок — наш не только в День защиты детей“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 Teissier, Romain „Patokh Chodiev : sa contribution à la charité“ (fr-FR) (2020-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  11. 11,0 11,1 11,2 „Кейс-стади международного фонда Шодиева: Благотворительность по-евразийски и почему эту модель должны принять благотворительные организации региона“ (ru) (2021-yil 12-iyul). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
  12. „Патох Шодиев: каждый ребенок — наш не только в День защиты детей | ExpO“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  13. „Международный фонд Шодиева (ICF) и Благотворительный Фонд Ивана Саввиди: сотрудничество для филантропии“ (ru) (29/12/2021). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  14. „Aquatherm-Tashkent“ (en-EN). Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  15. „Фаттах Шодиев: коронавирус создал эффект домино в благотворительности“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
  16. „Международный фонд Шодиева (ICF) финансирует целевые программы поддержки и развития МГИМО“ (ru) (2021-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  17. „МГИМО в условиях современных реалий: самые известные выпускники — о конкурентоспособности вуза“ (ru) (2021-yil 25-iyun). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  18. „Эндаумент-фонды России: что это такое и как они защищают от кризиса“ (ru) (2021-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  19. Newsroom „Patokh Chodiev: Facts From The Life Of A Billionaire“ (en-US) (2020-yil 11-iyul). Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  20. UzDaily „International Chodiev Foundation and MGIMO-Tashkent sign a long-term memorandum of cooperation“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  21. birzhaman, Автор „Ташкент – новый образовательный хаб Центральной Азии? — Газета «Биржа»“ (ru-RU). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  22. „Ташкент – новый образовательный хаб Центральной Азии?“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  23. 23,0 23,1 VL „Patron de l’année 2020 : Patokh Chodiev“ (fr-FR) (2021-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  24. 24,0 24,1 24,2 „Патох Шодиев: кимоно как произведение искусства в работах Итику Куботы“ (ru) (2020-yil 6-aprel). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  25. „Официальный сайт крупнейшего фестиваля Японской культуры в России“ (RU). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
  26. „Меценатство Патоха Шодиева, или Что общего между полотнами Моне и кимоно“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  27. „Международный Фонд Шодиева стал генеральным спонсором двух масштабных фотопроектов в России и Японии | Bigasia.ru“ (RU). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
  28. „Меценатство Патоха Шодиева, или Что общего между полотнами Моне и кимоно“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  29. 29,0 29,1 „Patokh Chodiev: projets du mécène“ (fr) (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
  30. „ТОП-5 музеев Японии, которые стоит посетить хоть раз в жизни“ (ru) (23/10/2021).
  31. „Патох Шодиев: кимоно как произведение искусства в работах Итику Куботы“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  32. Alain Lallemand. „Chodiev est aussi mécène, révèle Knack“ (fr) (30/11/2016). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  33. „Le musée Guimet dévoile l’Asie majeure - De Du Nô à Mata Hari“ (fr). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  34. "« Du Nô à Mata Hari, 2000 ans de théâtre en Asie » au Musée Guimet" (fr-FR). La Croix. 2015-07-03. ISSN 0242-6056. https://www.la-croix.com/Culture/Expositions/Du-No-a-Mata-Hari-2000-ans-de-theatre-en-Asie-au-Musee-Guimet-2015-07-03-1330931. Qaraldi: 2023-03-10. Foydalanuvchi TheFrenchTraductor/Xalqaro Shodiev Fondi]]
  35. „Синтез кимоно, как культурного наследия, в современные реалии при поддержке Фаттаха Шодиева“ (ru) (2021-yil 28-avgust).
  36. „Патох Шодиев: кимоно как произведение искусства в работах Итику Куботы“ (ru) (6 avril 2020). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  37. Boyd, Oscar (2019-09-20). "10 of the best art museums in Japan" (en-GB). The Guardian. ISSN 0261-3077. https://www.theguardian.com/travel/2019/sep/20/art-museums-galleries-japan-top-ten. Qaraldi: 2023-03-10. Foydalanuvchi TheFrenchTraductor/Xalqaro Shodiev Fondi]]
  38. Gallerix „Шодиев Патох Каюмович: главные музеи Японии – музей Итику Куботы“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  39. „Телеканал «Большая Азия» и Международный Фонд Шодиева представляют фильмы о Японии, восхитившие и молодое поколение, и опытных востоковедов | Bigasia.ru“ (RU). Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
  40. Foundation (ICF), International Chodiev „The International Chodiev Foundation Welcomes Nafissa Chodieva and Asal Chodieva to its Management Team“ (en). Qaraldi: 2023-yil 7-mart.

Shuningdek qarang

tahrir