psixologiya

tahrir

Psixologiyainson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.

Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qarama-qarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.

Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimgi qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.

Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. XVIII asrga kelib v, A. N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, A. Golbax, D. Didrolar psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdi Nizamovaaylin0335 (munozara) 11:29, 15-Oktabr 2022 (UTC)