Foydalanuvchi munozarasi:O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi/qumloq

Eng oxirgi fikr: 1 yil oldin (O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi tomonidan)

Bahodir Jalolov

Bahodir Jalolov Isomiddin oʻgʻli (Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 1994-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ogʻir vazn toifasida professional bokschi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, Olimpiya oʻyinlarining chorak finalchisi (2016-yil), jahon chempioni (2019-yil), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2015-yil), uch karra Osiyo chempioni (2017-yil, 2019-yil, 2021-yil). 2019-yilda "Oʻzbekiston iftixori" unvoni bilan taqdirlangan.

Professionallar orasida ogʻir vazn toifasida NABF Junior boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Shimoliy Amerika chempioni (2019-yildan hozirgacha). 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiyani — 73-oʻrinni qayd etgan va ogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik bokschilar orasida 1-oʻrinda. 2019-yil sentabr oyida asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytinglariga koʻra, u WBC reytingida 40-oʻrinni egalladi va dunyoning eng yaxshi ogʻir vazn toifasidagi TOP-75 ga kirdi.

Boshlangʻich karyerasi

U boksni Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 7-sinfida Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan boshladi. 2009-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

2013-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻldi va 2014 va 2015-yillarda u ushbu muvaffaqiyatini takrorladi.

2015-yilda Jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari 2016-yil avgust oyida u Olimpiadada ishtirok etdi, ochilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Olimpiadada u chorak finalga chiqdi: nimchorak finald u venesuelalik tajribali bokschi — Edgar Munozni nokautga uchratdi. Biroq chorak finalda hakamlar qarori bilan 0:3 hisobda britaniyalik Jozef Joysga yutqazdi.

2017-yil 2017-yil may oyida u Toshkentda 91 kg dan yuqori vazn toifasida Osiyo chempioni boʻldi va finalda qozogʻistonlik bokschi Kamshibek Kunkaboyevni magʻlub etdi.

2017-yil avgust oyida Gamburg (Germaniya)da boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, nimchorak finalda Jalolov tajribali Deyn Kem Yungkvistni 1-raundda nokaut qilib, gʻalaba qozondi[2]. Biroq chorak finalda juda 2:3 hisob bilan qozogʻistonlik Kamshybek Konkaboevga yutqazdi.

2019-yil 2019-yil aprel oyida u Bangkokda (Tailand) 91 kg dan yuqori vazn toifasida qozogʻistonlik Kamshybek Kunkabayevni finalda magʻlub etib yana Osiyo chempioni boʻldi.

2019-yil sentabr oyida u Yekaterinburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida, chorak finalda 20 yoshli amerikalik bokschi Richard Torrezni nokaut bilan yengib[4], yarim finalda rossiyalik tajribali Maksim Babaninni magʻlub etdi (5:0)[5] va finalda qozogʻistonlik tajribali bokschi Kamshybek Konkabayev bilan jangga tushib, 5:0 hisobda jahon chempioni boʻldi.

2021-yil 2021-yil fevral oyida u Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan „Strandzha Cup“ xalqaro turnirining u 91 kg dan yuqori vazn toifasida ukrainalik Tsotne Rogavani magʻlub etib, gʻolib boʻldi.

2021-yil aprel oyida u „Sankt-Peterburg gubernatori kubogi“ xalqaro turnirining finalida tajribali rossiyalik Ivan Veryasovni magʻlub etib, gʻolibi boʻldi.

2021-yil may oyida u Dubayda (BAA) 91 kg dan yuqori vazn toifasida yana finalda qozogʻistonlik Kamshybek Kunkaboevni magʻlub etib Osiyo chempioni boʻldi.

2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari

2020-yil mart oyida Amman shahrida (Iordaniya) u 1-oʻrinni egalladi va 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga Osiyo Okeaniyadan saralash turniriga yoʻllanma oldi. 2021-yil iyul-avgust oylarida Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida u ketma-ket ikkinchi marta Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bayroqdori boʻldi. Olimpiada oʻyinlarida qatnashib, musobaqaning nimchorak finalida tajribali ozarbayjonlik Muhammad Abdullaevni 5:0 hisobida yengdi. Finalda amerikalik richard Torres bilan jang qildi. 3 raund davom etgan jangda raqibini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu Oʻzbekiston delegasiyasining Tokio-2020 dagi 5-medali hisoblanadi. Olimpiada chempioni boʻlgan Bahodir Jalolovga Prezident sovgʻasi — „Chevrolet Tahoe“ avtomobili sovgʻa qilindi. Shuningdek, xonadon kaliti va 200 ming dollar miqdordagi pul mukofoti topshiriladi.

Professional karyera

2018-yil fevral oyida u Amerikaning Fight Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil 5-may kuni AQShda magʻlub boʻlmagan meksikalik bokschi Ugo Truxiloni 3-raundda texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratib (4-0-1), professional ringda muvaffaqiyatli debyut qildi.

2019-yil 10-aprelda Nyu-Yorkda (AQSh) oʻtkazilgan 6-jangida u amerikalik Brendan Barretni 1-raundda nokaut bilan magʻlub etdi (7-2-2) va oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir vazn toifasidagi NABF Junior Shimoliy Amerika chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

2022-yil 11-iyunda Nyu-Yorkda (AQSh) ogʻir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10−0, 10KO) belgiyalik bokschi Jek Mulovaiga (11−2-1, 7KO) 8-jangida nokaut bilan magʻlub etdi. O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi (munozara) 07:20, 18-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

„O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi/qumloq“ foydalanuvchi sahifasiga qaytish.