François Affolter (talaffuzi: Fransua Affolter; 1991-yil 13-martda tugʻilgan) — Shveysariyalik professional futbolchi, Shveysariya promo-ligasi vakili FC Biel-Bienne himoyachisi. 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Shveysariya terma jamoasi tarkibida boʻlgan[1].

François Affolter
Affolter 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi François Jacques Affolter
Tavallud sanasi 13-mart 1991-yil (1991-03-13) (33 yosh)
Tavallud joyi Biel/Bienne, Bern, Shveysariya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Biel-Bienne
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2001 Etoile Biel
2001—2007 Biel-Bienne
2007—2008 Young Boys
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008 Young Boys II 2 (0)
2008—2014 Young Boys 100 (2)
2012Werder Bremen (ijara) 13 (0)
2012Werder Bremen II (ijara) 5 (1)
2014—2017 FC Luzern 101 (4)
2017—2019 San Jose Earthquakes 16 (0)
2020 FC Aarau 12 (0)
2020—2021 Chiasso 45 (1)
2022— Biel-Bienne 14 (0)
Milliy terma jamoa
2008 Shveysariya U18 2 (0)
2009 Shveysariya U19 3 (0)
2009—2012 Shveysariya U21 17 (2)
2012 Shveysariya U23 1 (0)
2010—2012 Shveysariya 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 2-oktyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Young Boys tahrir

Bernning Bil shahrida tugʻilgan Affolter 2008-yilning 14-sentyabrida AC Bellinzona qarshi oʻyinda diskvalifikasiya tufayli Marc Schneiderning oʻrniga 17 yoshida maydonga tushib debyut qilgan. Oʻyin 2:1 hisobida BSC Young Boys foydasiga hal boʻlgan[2]. Oʻsha oʻyindan beri Saif Ghezal va Miguel Alfredo Portillo bilan birga uch kishilik himoyada asosiy oʻyinchi boʻlib qoldi[3].

„Yung Boys“ bilan ilk professional shartnomasini 2008-yilning noyabrida imzolagan. „Yung Boys“dagi uch mavsumdan so‘ng Germaniyaning Werder klubiga ijaraga berildi[4].

„Young Boys“dagi muvaffaqiyatsiz yarim yildan soʻng nomaʼlum toʻlov evaziga Shveysariyaning Luzern jamoasiga oʻtishga qaror qildi. Shartnomasi 2018-yilning iyunida yakuniga yetishi kerak edi[5].

San Jose Earthquakes tahrir

2017-yil 21-iyul kuni San Jose Earthquakes Affolter bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[6]. 9-avgust kuni „San Jose“ safida ilk bor AQSh Ochiq kubogi yarim finalida Sporting Kansas Cityga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Uchrashuvning 107-daqiqasida zaxiraga olindi[7]. MLS musobaqasidagi oʻyinini 12-avgust kuni BBVA Compass stadionida Houston Dynamoga qarshi (3:0) oʻtkazdi[8].

FC Aarau tahrir

2020-yil fevral oyida Affolter 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha Shveysariyaning Challenge ligasi vakili FC Aarau jamoasiga qoʻshildi[9].

Chiasso tahrir

2020-yil sentyabr oyida erkin agent Affolter Shveysariya Challenge Ligasining Chiasso klubi bilan shartnoma imzoladi[10].

Biel-Biennega qaytish tahrir

2021-yil 29-dekabrda Affolter 2,5 yillik shartnoma asosida Biel-Bienne yoshlar klubiga qaytdi[11].

Shaxsiy hayoti tahrir

Affolter 2018-yil iyul oyida AQSh Grin kartasini yutib olgan[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

15-sentyabr, 2020-yil[13][14][15]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Young Boys II 2008—2009 2 0 - - - 2 0
Young Boys 2008—2009 Shveysariya Superligasi 22 0 3 0 - 1 0 26 0
2009—2010 34 1 2 0 - 1 0 37 1
2010—2011 33 0 4 0 - 12 0 49 0
2011—2012 5 0 2 1 - 2 0 9 1
2012—2013 4 0 - - - 4 0
2013—2014 2 1 1 1 - - 3 2
Jami 100 2 12 2 0 0 16 0 128 4
Werder Bremen (ijara) 2011—2012 Bundesliga 13 0 - - - 13 0
Werder Bremen II (ijara) 2012—2013 Regionalliga Nord 5 1 - - - 5 1
FC Luzern 2013—2014 Shveysariya Superligasi 10 0 1 0 - - 11 0
2014—2015 31 1 3 0 - 2 0 36 1
2015—2016 32 1 4 0 - - 36 1
2016—2017 11 0 3 0 - - 14 0
Jami 84 2 11 0 0 0 2 0 97 2
FC Luzern 2014—2015 1 0 - - - 1 0
San Jose Earthquakes 2017 MLS 6 0 1 0 - - 2 0
2018 9 0 1 0 0 0 0 0 10 0
2019 1 0 2 0 0 0 0 0 3 0
Jami 16 0 4 0 0 0 0 0 20 0
FC Aarau 2019—2020 Shveysariya Challenge Ligasi 12 0 0 0 - - 12 0
Jami faoliyati 233 5 27 2 0 0 18 0 278 7

Manbalar tahrir

  1. „François Affolter Bio, Stats, and Results | Olympics at Sports-Reference.com“ (2020-yil 14-yanvar). 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
  2. „BELLINZONA VS. YOUNG BOYS 1 - 2“. Soccerway.com (2008-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
  3. „Stats Centre: François Affolter Facts“. Guardian.co.uk. 2012-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-aprel.
  4. „Werder verstärkt sich mit Affolter“ (de). DFL (2012-yil 25-yanvar). 2012-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-yanvar.
  5. „François Affolter verlässt YB für Luzern“ (de). Neue Zürcher Zeitung (2013-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
  6. „NEWS: Earthquakes Sign Swiss Defender Francois Affolter“. San Jose Earthquakes. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  7. „Sporting Kansas City vs San Jose Earthquakes 9 August 2017“. Major League Soccer. Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.
  8. „Houston Dynamo vs San Jose Earthquakes Aug 12 2017“. Major League Soccer. Qaraldi: 2017-yil 13-avgust.
  9. Wendel, Sebastian. „Eine Wundertüte für den FC Aarau: François Affolter soll die löchrige Abwehr stabilisieren“ (de). Aargauer Zeitung (2020-yil 19-fevral). 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-sentyabr.
  10. Mantegazzi. „Rinforzo in difesa: il Chiasso ingaggia Affolter“ (it). tio.ch (2020-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 15-sentyabr.
  11. „François Affolter verstärkt den FC Biel-Bienne 1896“ (de). Biel-Bienne (2021-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  12. „NEWS: Francois Affolter Obtains Green Card, No Longer Occupies International Spot“. San Jose Earthquakes.
  13. „François Affolter » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2018-yil 18-fevral.
  14. François Affolter Soccerway saytida. Qaralgan sana: 18 February 2018.
  15. „Francois Affolter“. MLSsoccer.com. Qaraldi: 2018-yil 18-fevral.