Frank Richard George Lampard (talaffuzi: Frank Richard Jorj Lampard; 20-sentyabr 1948-yilda tugʻilgan) — nafaqadagi ingliz futbolchisi. Maydonda himoyachi sifatida oʻynaydi.

Frank Lampard, Sr.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Frank Richard George Lampard[1]
Tavallud sanasi 20-sentyabr 1948-yil (1948-09-20) (75 yosh)[1]
Tavallud joyi East Ham, Essex, Angliya

Frank Lampard oʻz faoliyatini 1967-yilda „West Ham United“da boshlagan. „West Ham United“ tarkibida Frank 660 oʻyin oʻtkazgan va 20 gol kiritishga muvaffaq boʻlgan. 1975- va 1980-yillarda ikkita Angliya kubogini qoʻlga kiritgan. 1975/76-yilgi mavsumda Kubok egalari kubogi finalchisiga aylangan. Shuningdek, Lampard 1981-yilda Ikkinchi divizion chempioni boʻlgan[2][3].

Lampard Angliya terma jamoasi safida bor yoʻgʻi ikkita oʻyinda maydonga tushgan. Uning debyuti 1972-yil oktyabr oyida Yugoslaviyaga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan[4].

Faoliyati tahrir

1985-yilda Frank Bobbi Mur boshqaruvidagi „Sautend United“ga oʻtgan. Lampard faoliyatini tugatgunga qadar yangi klubida 38 o‘yin o‘tkazgan[5]. 1994-yildan 2001-yilgacha Lampard „West Ham United“da Garri Rednappning (Rednapp Frankning kuyovi) yordamchisi boʻlgan. Frankning oʻgʻli, kichik Frank Lampard otasi nomi bilan atalgan. Shuningdek, kichik Lampard "Chelsea" va Angliya terma jamoasida oʻynashi bilan mashhur boʻlgan.

Lampard 1948-yilda Esseks shtatining East Xem shahrida Frank Richard Lampard (1920-yilda tugʻilgan) va Xilda D. Stiles (1928-yilda tugʻilgan) oilalarida tugʻilgan. Uning oʻzidan bir yosh kichik Gvendolin ismli singlisi bor. Otasi 1953-yilda 33 yoshida vafot etganida, u atigi besh yoshda boʻlgan.Frankning rafiqasi Pat 2008-yil 24-aprelda pnevmoniyadan vafot etgan. Ularning Natali, Kler va Frank Jr ismli uchta farzandi boʻlgan. Kichkina Frank ham professional futbolchi va menejer boʻlgan. Patning egizak opasi Sandra Rednapp, sobiq „Queens Park Rangers“ menejeri Garri Rednappning rafiqasi boʻlgan. U shuningdek, Angliya terma jamoasi, „Liverpool“, „Tottenxem“, „Bornmut“ va „Sautgempton“ning sobiq futbolchisi Jeymi Rednappning amakisi hisoblanadi. 2019-yilda Lampard Londonning Wansted shahridagi „The Nightingale“ jamoat uyining egasi bo‘ldi.

Statistika tahrir

Jamoa Mamlakat Yillar
West Ham United   Angliya 1967 — 1985
Southend United   Angliya 1985 — 1986

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–2005. Queen Anne Press, 2005 — 358 bet. ISBN 1-85291-665-6. 
  2. „http://www.westhamstats.info/westham.php?west=2&ham=395&united=Frank_Lampard“.
  3. „http://whu-programmes.co.uk/1976-77-friendlies/4552119724“.
  4. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  5. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.